Toshkentning Shayxontohur tumanida Nexia-3 mashinasining motor qismida yong‘in kelib chiqdi. Holat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi. Jarohatlanganlar yo‘q.
Instagram orqali Toshkentga kelgan viloyatliklarni haqoratlagan 21 yoshli qiz 15 sutkaga qamaldi. U “jahl ustida ortiqcha gapirib yuborganini” aytib, uzr so‘radi. Video.
Bosh prokuratura Muna Mug kompaniyasi Toshkentdagi sobiq MXX majmuasi hududidan 53 tup sog‘lom daraxtni noqonuniy ravishda ko‘chirib o‘tkazganini ma’lum qildi. Daraxtlarni ko‘chirishga ruxsat bergan kompaniya vakillari va mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentdagi “Ashxobod” ko‘ngilochar bog‘i direktori, uning o‘rinbosari va reklama bo‘limi boshlig‘i ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzgani va boshqa huquqbuzarliklar uchun 15 sutkaga qamaldi. Ularning “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari bog‘da 40 mingga yaqin odam to‘planishi va xavf tug‘dirishga sabab bo‘ldi.
Toshkentda Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida tashkil etilishi rejalashtirilgan “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari to‘xtatildi, deb xabar berdi IIV. O‘yinchoqlar, muzqaymoq va boshqalarning tekin tarqatilishi transport harakatidagi 10 balli tirbandlikka va bog‘larda odamlarning to‘planib qolishiga olib keldi.
Toshkent shahri Sergeli tumanida King Long avtobusi teplovoz bilan to‘qnashdi. Hodisada jarohatlanganlar yo‘q. YTHga temiryo‘l kesishmasining nazoratchi xodimi voqea joyida bo‘lmagani sabab qilib ko‘rsatildi.
26−27-may kunlari Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklanadi. Haydovchilarga shu kunlarda poytaxtga kelmaslik tavsiya etilmoqda. Avtomobillar harakati cheklanishi rejalashtirilgan ko‘chalar ro‘yxati keltirilmadi.
Yarim tunda Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy xonadonlarini poylab, ko‘z tirqishidan qaragan 24 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. U sudda uy yaqinidan o‘tib ketayotganida kimdir yordam so‘rab chaqirgani, shuning uchun o‘sha qavatga chiqib, eshiklarni poylaganini aytgan.
Juma kuni bir necha soat davom etgan yomg‘irlar Toshkent ko‘chalarini yana suv bosishiga olib keldi. Oqibatda yo‘llarda, ko‘p qavatli uylar hovlilarida harakat qiyinlashdi, piyodalar va bekatlardagi yo‘lovchilar suv ustidan yurishga majbur bo‘ldi. Hodisa oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Video.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida fuqarolarni Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlarni qo‘lga oldi.
Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining, shuningdek, Qorasaroy ko‘chasining bir qismi 21−22-may kechasi ta’mirlash ishlari tufayli yopiladi. Xarita.
Aprel oyida Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari martga nisbatan o‘rtacha 0,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa o‘rtacha 1,12 foizga pasaydi. O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli va Olmazor tumanlarida bo‘lib turibdi.
Kunning birinchi yarmida Toshkent shahrida yog‘ib o‘tgan qisqa va shiddatli yomg‘ir ko‘chalarni suvga to‘ldirdi. Tarqalgan videolarda mahallalar, avtomobil yo‘llari va bozorlarni suv bosganini ko‘rish mumkin. Video.
Chilonzor tumanida BYD Han avtomashinasini guvohnomasiz boshqargan 22 yoshli haydovchi YPX inspektorini qasddan urib yubordi. Xodim ikkala son suyagi sinishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.
O‘zbekiston hududlarida uy-joylarni sinov tariqasida renovatsiya qilish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Misol tariqasida Toshkentning Oqtepa massividagi loyiha keltirilgan. Renovatsiya to‘g‘risidagi qonunni iyun oxirigacha ishlab chiqish belgilandi.
Fransiyaning Suez kompaniyasi yetti yilda Toshkent suv ta’minoti tizimidagi 30 mingga yaqin suv sizib chiqishini bartaraf etishni rejalashtirmoqda, dedi kompaniya bosh direktori Pol Burdiyon. Kompaniya oqova suvlarni qayta ishlash va sanoat, qishloq xo‘jaligi, bog‘ va parklarni sug‘orishda foydalanishni taklif etmoqda.
Toshkent shahri Temur Malik ko‘chasidagi burilish joyi yopilgani munosabati bilan 9-maydan 30, 95, 110 va 129-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishi o‘zgaradi. Shuningdek, 72-avtobusning ish vaqti 5:00 dan boshlanadi.
O‘zDJTUning 19 yoshli talabasi Isroilning Toshkentdagi elchixonasi binosiga kerosin shishasini uloqtirib, o‘t qo‘ymoqchi bo‘ldi. Sud uni 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Fransiyaning Alstom kompaniyasi vitse-prezidenti Sasha Parne “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida Toshkentda tramvay liniyalarini qurish bo‘yicha loyiha haqida gapirdi. Uning aytishicha, rasmiylar 2030-yilgacha davlat organlari ham ko‘chib o‘tishi reja qilingan Yangi Toshkentni ustuvor yo‘nalish sifatida tanlagan.
Vazirlar Mahkamasining mart oyidagi qarori bilan O‘zbekiston hududidagi 157 ta binodagi mozaika va pannolar madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritildi va davlat muhofazasi olindi. “Gazeta.uz” ularning ro‘yxati va manzillarini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting