«toshkent» tegli maqolalar


Toshkentda 3 ta mashina va miniven to‘qnashdi
11 iyun 2024, 20:44

Toshkentda 3 ta mashina va miniven to‘qnashdi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 4 ta transport vositasi ishtirokida YTH yuz berdi. To‘qnashuvda hech kim jarohatlanmadi.

Toshkent shahri Transport bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi
10 iyun 2024, 18:04

Toshkent shahri Transport bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Fazliddin Baxromov Toshkent shahri Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Toshkent aholisi Do‘stlik bog‘ini ijaraga berish qarorlarini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi
6 iyun 2024, 21:08

Toshkent aholisi Do‘stlik bog‘ini ijaraga berish qarorlarini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi

Toshkent aholisi Do‘stlik (Bobur) bog‘ini tadbirkorga ijaraga berish to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qilishni talab qilib, sudga ariza bilan murojaat qildi. Ariza beruvchilar jamoatchilikka ochiq bo‘lmagan hujjatlarda “aholining huquq va manfaatlarini buzuvchi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin”ligidan xavotirda.

Toshkentda motordagi nosozlik sabab Nexia-3 yonib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q
4 iyun 2024, 22:06

Toshkentda motordagi nosozlik sabab Nexia-3 yonib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q

Toshkentning Shayxontohur tumanida Nexia-3 mashinasining motor qismida yong‘in kelib chiqdi. Holat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi. Jarohatlanganlar yo‘q.

Toshkentda viloyatliklarni haqoratlagan qiz 15 sutkaga qamaldi
3 iyun 2024, 23:04

Toshkentda viloyatliklarni haqoratlagan qiz 15 sutkaga qamaldi

Instagram orqali Toshkentga kelgan viloyatliklarni haqoratlagan 21 yoshli qiz 15 sutkaga qamaldi. U “jahl ustida ortiqcha gapirib yuborganini” aytib, uzr so‘radi. Video.

Toshkentda sobiq MXX binosi yaqinidagi daraxtlar noqonuniy ko‘chirilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3 iyun 2024, 21:25

Toshkentda sobiq MXX binosi yaqinidagi daraxtlar noqonuniy ko‘chirilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura Muna Mug kompaniyasi Toshkentdagi sobiq MXX majmuasi hududidan 53 tup sog‘lom daraxtni noqonuniy ravishda ko‘chirib o‘tkazganini ma’lum qildi. Daraxtlarni ko‘chirishga ruxsat bergan kompaniya vakillari va mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentdagi “Ashxobod” bog‘i rahbarlari 15 sutkaga qamaldi
2 iyun 2024, 16:24

Toshkentdagi “Ashxobod” bog‘i rahbarlari 15 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi “Ashxobod” ko‘ngilochar bog‘i direktori, uning o‘rinbosari va reklama bo‘limi boshlig‘i ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzgani va boshqa huquqbuzarliklar uchun 15 sutkaga qamaldi. Ularning “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari bog‘da 40 mingga yaqin odam to‘planishi va xavf tug‘dirishga sabab bo‘ldi.

Tartibsizlik va tirbandliklar tufayli Toshkentdagi “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari to‘xtatildi
1 iyun 2024, 15:20

Tartibsizlik va tirbandliklar tufayli Toshkentdagi “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari to‘xtatildi

Toshkentda Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida tashkil etilishi rejalashtirilgan “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari to‘xtatildi, deb xabar berdi IIV. O‘yinchoqlar, muzqaymoq va boshqalarning tekin tarqatilishi transport harakatidagi 10 balli tirbandlikka va bog‘larda odamlarning to‘planib qolishiga olib keldi.

Toshkentda avtobus va teplovoz to‘qnashdi
29 may 2024, 22:22

Toshkentda avtobus va teplovoz to‘qnashdi

Toshkent shahri Sergeli tumanida King Long avtobusi teplovoz bilan to‘qnashdi. Hodisada jarohatlanganlar yo‘q. YTHga temiryo‘l kesishmasining nazoratchi xodimi voqea joyida bo‘lmagani sabab qilib ko‘rsatildi.

Haydovchilarga 26−27-may kunlari Toshkentga kelmaslik tavsiya etiladi — YHXX
25 may 2024, 17:57

Haydovchilarga 26−27-may kunlari Toshkentga kelmaslik tavsiya etiladi — YHXX

26−27-may kunlari Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklanadi. Haydovchilarga shu kunlarda poytaxtga kelmaslik tavsiya etilmoqda. Avtomobillar harakati cheklanishi rejalashtirilgan ko‘chalar ro‘yxati keltirilmadi.

Toshkentda uy eshiklarini poylagan yigit 5 sutkaga qamaldi
24 may 2024, 16:20

Toshkentda uy eshiklarini poylagan yigit 5 sutkaga qamaldi

Yarim tunda Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy xonadonlarini poylab, ko‘z tirqishidan qaragan 24 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. U sudda uy yaqinidan o‘tib ketayotganida kimdir yordam so‘rab chaqirgani, shuning uchun o‘sha qavatga chiqib, eshiklarni poylaganini aytgan.

Toshkent ko‘chalarini yana suv bosdi — video
24 may 2024, 16:03

Toshkent ko‘chalarini yana suv bosdi — video

Juma kuni bir necha soat davom etgan yomg‘irlar Toshkent ko‘chalarini yana suv bosishiga olib keldi. Oqibatda yo‘llarda, ko‘p qavatli uylar hovlilarida harakat qiyinlashdi, piyodalar va bekatlardagi yo‘lovchilar suv ustidan yurishga majbur bo‘ldi. Hodisa oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Video.

DXX fuqarolarni Hajga noqonuniy yuborishga uringanlarni qo‘lga oldi
22 may 2024, 12:31

DXX fuqarolarni Hajga noqonuniy yuborishga uringanlarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida fuqarolarni Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlarni qo‘lga oldi.

Toshkentdagi KHAY va Qorasaroy ko‘chasining bir qismi ketma-ket ikki kecha yopiladi
20 may 2024, 21:14

Toshkentdagi KHAY va Qorasaroy ko‘chasining bir qismi ketma-ket ikki kecha yopiladi

Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining, shuningdek, Qorasaroy ko‘chasining bir qismi 21−22-may kechasi ta’mirlash ishlari tufayli yopiladi. Xarita.

Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — MHTI
16 may 2024, 19:16

Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — MHTI

Aprel oyida Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari martga nisbatan o‘rtacha 0,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa o‘rtacha 1,12 foizga pasaydi. O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli va Olmazor tumanlarida bo‘lib turibdi.

Qisqa yomg‘irdan so‘ng Toshkent ko‘chalarini suv bosdi (video)
16 may 2024, 12:11

Qisqa yomg‘irdan so‘ng Toshkent ko‘chalarini suv bosdi (video)

Kunning birinchi yarmida Toshkent shahrida yog‘ib o‘tgan qisqa va shiddatli yomg‘ir ko‘chalarni suvga to‘ldirdi. Tarqalgan videolarda mahallalar, avtomobil yo‘llari va bozorlarni suv bosganini ko‘rish mumkin. Video.

Toshkentda BYD Han haydovchisi qasddan urib yuborgan YPX inspektorining oyoqlari sindi
13 may 2024, 14:36

Toshkentda BYD Han haydovchisi qasddan urib yuborgan YPX inspektorining oyoqlari sindi

Chilonzor tumanida BYD Han avtomashinasini guvohnomasiz boshqargan 22 yoshli haydovchi YPX inspektorini qasddan urib yubordi. Xodim ikkala son suyagi sinishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.

Har bir hududda uy-joylarni renovatsiya qilish loyihasi amalga oshiriladi
10 may 2024, 11:47

Har bir hududda uy-joylarni renovatsiya qilish loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekiston hududlarida uy-joylarni sinov tariqasida renovatsiya qilish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Misol tariqasida Toshkentning Oqtepa massividagi loyiha keltirilgan. Renovatsiya to‘g‘risidagi qonunni iyun oxirigacha ishlab chiqish belgilandi.

Suez bosh direktori — Toshkent suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va O‘zbekistondagi loyihalar haqida
9 may 2024, 04:27

Suez bosh direktori — Toshkent suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va O‘zbekistondagi loyihalar haqida

Fransiyaning Suez kompaniyasi yetti yilda Toshkent suv ta’minoti tizimidagi 30 mingga yaqin suv sizib chiqishini bartaraf etishni rejalashtirmoqda, dedi kompaniya bosh direktori Pol Burdiyon. Kompaniya oqova suvlarni qayta ishlash va sanoat, qishloq xo‘jaligi, bog‘ va parklarni sug‘orishda foydalanishni taklif etmoqda.

Toshkentda 4 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi
8 may 2024, 23:44

Toshkentda 4 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Toshkent shahri Temur Malik ko‘chasidagi burilish joyi yopilgani munosabati bilan 9-maydan 30, 95, 110 va 129-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishi o‘zgaradi. Shuningdek, 72-avtobusning ish vaqti 5:00 dan boshlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting