Toshkentda “tanishib, keyin turmush qurish” maqsadidagi erkak 17 yoshli qizga teginib, qarshilik ko‘rsatganida, yuziga urdi. Jabrlanuvchi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun unga eng qattiq jazoni berishni so‘radi. Sud uni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Toshkentda o‘tgan gimnastika bo‘yicha Jahon kubogida o‘zbekistonlik qizlar jami 7 ta: 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Medallarning 5 tasiga jamoa yetakchisi Taxmina Ikromova egalik qildi.
Chilonzor tumani sudi 40 yoshli ayolni firibgarlik bilan 80 dan ortiq kishining nomiga kredit evaziga texnika mahsulotlarini xarid qilib kelgani uchun 5 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etdi. U bungacha ham 12 marta sudlangan. Shuningdek, bu ishda ayolga yordam bergan ikki yigit 5,5 yilga qamaldi.
Taniqli ortoped-jarroh, Sent-Luis (AQSh) universiteti klinikasi professori Jo‘ldas Quljanov qanday qilib 18 yoshida 1966-yilgi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Toshkentga kelgani va bir yarim yil qurilishda ishlagani haqida “Gazeta.uz"ga so‘zlab berdi.
Tarmoqlarda Toshkent shahrida yosh bolalar orasida isitma va tomoq og‘rig‘i ortib, shifoxonalarga murojaatlar ko‘paygani haqida video tarqaldi. SSBB bu xabarlar asossiz ekani, bemorlar soni tunda birmuncha ko‘p bo‘lishi va ular boshqa kasalliklar bo‘yicha ham murojaat qilayotganini ma’lum qildi.
Sud Toshkentdagi Atlas Party tadbirida qatnashgan ayollar va ularning liboslarini haqorat qilgan erkakni 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi.
So‘nggi yillarda maydoni 5 gektarga qisqargan Abdulla Qodiriy parki BPM Smart Decision’ga kamida 10 mln dollar investitsiya kiritish va rekonstruksiya qilish majburiyati bilan 49 yilga berilyapti. Investor parkni “qisman attraksionli, ammo asosan yashil hududdan iborat” qiladigan loyiha haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahri hokimi tomonidan gul ko‘chatlari xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 7,92 mlrd so‘m ajratish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.
Shanba kuni Mudofaa vazirligi harbiy qismlari vakillari orkestr sadolari ostida Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yurish qildi. Maydonda harbiylar va orkestrning ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi. PressPhoto.uz suratlari va vazirlik videosi.
Toshkent shahrida 21-aprel kuni ikkita marafon o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalarda transportlar harakati cheklanadi.
Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanali qirg‘oqbo‘yi hududida sayilgoh tashkil etish va obodonlashtirish ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda. Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov daraxtlar kesilishining oldini olish maqsadida loyihaga tuzatishlar kiritish topshirig‘ini berdi.
Qirg‘izistonda soat 20:15 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahri, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2 ball).
O‘tgan yili Toshkent shahridagi 99-maktabda o‘quvchining elektr toki urishi oqibatida vafot etgani ortidan maktab ma’muriyatiga sud hukmi chiqarildi. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 4 yilga qamaldi, direktorga esa 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi berildi.
Toshkentning o‘sish sur’atlari transport va ekologiya bilan bog‘liq muammolarni yanada kuchaytirmoqda. Denis Sokolov “Gazeta.uz” bilan suhbatda davlat uchun xatarlarni yumshatish, aholi uchun ularning oldini olish yo‘llari hamda toshkentliklarni jamoat transportiga o‘tkazish nega qiyin kechishi haqida so‘z yuritdi.
DXX Toshkent viloyatining Toshkent, O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumanlari hamda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida yer maydonlarini noqonuniy sotishga urinishlarni aniqladi. Bunda fuqarolardan 50 mingdan 100 ming dollargacha pul so‘ralgan.
Toshkentning Chilonzor tumanida svetoforning qizil chirog‘i yongan vaqtda qoidani buzib, “Tez yordam” mashinasiga yo‘l bergan Cobalt haydovchisining uyiga jarima xati bordi. Holat o‘rganilib, fuqaroga yozilgan jarima bekor qilindi. Haydovchi shahar IIBB tomonidan taqdirlandi.
Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev Akbarobod mahallasidagi 2007-yilda kimyo-texnologiya litseyi tasarrufiga o‘tkazilgan maktabni qaytarishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda binoning atigi 30 foizidan foydalanilmoqda.
Toshkentdagi mahalla va ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari Avstraliyaning Sidney shahri tajribasidan kelib chiqqan holda yagona me’yorlar bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan, dedi hokim Shavkat Umurzoqov. U “nafaqat shahar markazida, balki chekka mahallalarda ham ideal sharoit bo‘lishi kerak”ligini aytdi.
Cho‘ponotadan kelayotganda Shofayzi ko‘prigiga yetmay, Ko‘kchadan kelayotganda esa Shofayzi ko‘prigidan o‘tgach, chap qo‘lda “Paxtakor” mahallasi keladi. Bu yerda nomi kosmonavtikaga aloqador ikki ko‘cha bor. Birinchisi — Quyosh nuri; shunisi sizni Marsga ham olib boradi. “Gazeta.uz” 12-aprel kuni shu ko‘chalarni aylandi.
Yangihayot tumanida Bestune, Cobalt va Damas avtomashinalari to‘qnashdi. Oqibatda uchala haydovchi ham olgan jarohati sababli shifoxonaga olib ketildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting