Olmazor tumanida harakatlanib ketayotgan Matiz yonib ketdi. Mashinadagi qisqa tutashuv o‘t chiqishiga sabab bo‘ldi.
Andijon tumanida yashash xonadonlarining birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 63 yoshli fuqaro vafot etdi. Farzandi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Yong‘in isitish pechidan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqani aytilmoqda.
Dushanba kuni erta tongda Shayxontohur tumanidagi «Ilhom» teatrining 1-qavatidagi ko‘rgazmalar zalida yong‘in chiqdi. Spektakllar kamida ikki haftaga qoldirildi.
Namanganda xonadonlardan biri yarim tunda yonib ketdi. Oqibatda 2-guruh nogironi 95 foizlik kuyish jarohatini oldi. Yong‘in qo‘lbola tunika pechga «gaz so‘rg‘ich» o‘rnatilgani sababli kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 12 ta xonadondan iborat bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Uydan 9 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi, biroq 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati Urganch shahrida er-xotinga tegishli bo‘lgan Malibu va Hongqi T55 mashinalari yonib ketdi. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Chorshanba kuni poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilishi tugallanmagan IT-park binosining 21-qavatida penoplast qoldiqlari yonib ketib, 5 kv.m maydonni zararladi. FVB yong‘inni 10 daqiqada o‘chirdi. Voqeadan hech kim jarohat olmadi. Hozir uning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanyapti.
Andijon shahar 3-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inni bartaraf etish uchun 12 ta ekipaj va 3 ta avtonarvon jalb etildi. Voqea joyiga viloyat hokimi bordi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilmoqda.
Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘lida Volvo yuk avtomobilida yong‘in yuzaga keldi. Hodisa oqibatida jarohat olgan fuqarolar yo‘q.
Toshkent viloyatidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida Nexia-2 «KamAZ» bilan to‘qnashdi. Zarb oqibatida Nexia-2 yonib ketdi.
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida bir nechta do‘konlar yonib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida do‘konlarning 120 kv.m maydoni zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida Lada bilan to‘qnashgan yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi. Hodisa oqibatida yengil avtomobil haydovchisi shifoxonaga olib ketildi.
Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasida joylashgan do‘konlardan biri yonib ketdi. Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar yo‘q, deb xabar berdi FVV.
Sharof Rashidov tumanida joylashgan Paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 2 ta g‘aramning ustki qismi yonib ketdi. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida «Moskovich» va unga ulangan pritsep 300 dona press somoni bilan yonib ketdi. Hodisa oqibatida avtomashina egasi kuyish jarohati oldi.
Qo‘qon shahridagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi. Uni bartaraf etish uchun 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, taxminan 300 kv.m maydonning tom qismi zararlangan.
Mirzo Ulug‘bek va Do‘rmon yo‘li ko‘chalari chorrahasida ketayotgan avtobusda ertalab yong‘in chiqdi. Uni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib keldi va 3 daqiqada vaziyatni bartaraf etdi. Avtobusning, asosan, motor qismi yonib zararlangan.
Toshkentning Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in kelib chiqdi. Oqibat uy jihozlari va uyning ichki qismining 30 kv. metr maydoniga zarar yetdi hamda bir nafar fuqaro halok bo‘ldi.
Toshkent xalqaro aeroportidagi uchib ketish terminali yerto‘lasida kichik yong‘in chiqdi. Bunga transformator podstansiyasida joylashgan uzluksiz elektr ta’minoti manbasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Terminal vaqtincha chiroqsiz qoldi. Uchta reys kechiktirildi.
Toshkent markazidagi Brasserie restoranida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oshxona qismidan boshlangan. Alanga tezda o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting