Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi. Uning koronavirus infeksiyasiga topshirgan testi manfiy natija bergani haqida ma’lum qilindi.
Qozog‘istonda COVID-19 holatlari ko‘payishi sababli 5 iyuldan boshlab karantin ikki haftaga kuchaytiriladi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish va yopiq bozorlar, go‘zallik salonlari, bolalar bog‘chalari va boshqa ob’ektlar ish faoliyati taqiqlanadi.
Hindistonning janubidagi Karnataka shtatida COVID-19 qurboni bo‘lganlarning jasadlari chuqurga uloqtirilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Rasmiylar uzr so‘radi.
Yilning ikkinchi choragida ish vaqti hajmi 14 foizga kamaydi, bu — 400 mln ish joyining yo‘qolishiga tengdir. XMT ekspertlari ish o‘rinlari yana 11,9 foizga, ya’ni 340 million ish joyiga qisqarishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Microsoft Googleni eng qimmat brendlar uchligidan chiqarib tashladi. Microsoft 326 mlrd dollarga, Google esa 323 mlrd dollarga baholandi. Amazon yana birinchi o‘rinda. TikTok brendi deyarli 17 mlrd dollarga baholanib, Uber va Adidas kabi kompaniyalardan qimmatroq bo‘ldi.
Hindiston rasmiylari TikTok, WeChat, Weibo va Helo kabi bir qator dasturlarni «Hindistonning suvereniteti va yaxlitligiga putur yetkazadi» deb topdi. Ushbu taqiq oqibatida Xitoy mobil ilovalari hidistonlik 300 million foydalanuvchisini yo‘qotishi bildirilmoqda.
Dunyodagi bir qator yirik kompaniyalar Facebook ijtimoiy tarmog‘iga qarshi uyushtirgan boykotdan so‘ng kompaniya aksiyalari 8,3 foizga tushib ketdi. Mark Sukerberg esa 7,2 mlrd dollar yo‘qotdi.
Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 10 mlndan oshdi. Bunda, 5 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 500 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, AQSH, Braziliya va Rossiyada eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.
Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton Oq uyda ishlagan davri haqida kitob chop etdi. AQSH prezidenti va administratsiyasining qattiq e’tiroziga sabab bo‘lgan memuarda Trampning Rossiya va Putinga bo‘lgan munosabatlari, Shimoliy Koreya bilan muzokaralar, Ukrainadagi vaziyat va boshqa masalalar to‘g‘risida Boltonning xotiralari berilgan. «Gazeta.uz» ushbu kitobda keltirilgan asosiy fikrlarni taqdim etadi.
Liverpul muddatdan avval Angliya chempioni bo‘ldi. Chempionatning 31-turidan o‘rin olgan Chelsi-Manchester Siti o‘yinida londonliklar 2−1 hisobida g‘alaba qozonganligi sababli, Liverpul 23 ochkoga o‘zib ketdi. Mersisaydliklar uchun chempionatdagi g‘alaba 1990 yildan birinchisi bo‘ldi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi dunyo YAIM pasayishi avval prognoz qilingan 3 foizdan 4,9 foizigacha pasayishini ma’lum qildi. Koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyotiga kutilganidan ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatgani bildirildi.
Barselonada karantindan so‘ng opera teatrida ilk konsert bo‘lib o‘tdi. Konsert tinglovchilari sifatida 2292 ta xona o‘simliklari bo‘ldi. Konsertdan keyin o‘simliklar shifokorlarga sovg‘a qilindi.
Darknetdagi forumlardan birida bir necha million Telegram foydalanuvchilari haqida ma’lumotlar bazasi joylashtirilgan. Bazadagi ma’lumotlar telefon raqamlar va nikneymlar ko‘rinishida bo‘lgan. “Gazeta.uz” ushbu ma’lumotlar bazasini tekshirganda, unda 50 mingdan ortiq O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan telefon raqamlari mavjudligini aniqladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan Rossiyaga uchib kelgan delegatsiyasining ikki nafar a’zosida koronavirus infeksiyasi aniqlanigani sababli prezident Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etmadi.
9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 1994 yildan beri mamlakat prezidenti bo‘lgan Aleksandr Lukashenko bu safar ham prezidentlikka o‘z nomzodini ko‘rsatgan. Bu yilgi saylovoldi jarayoni namoyishlar hamda Lukashenko raqobatchilarining qamoqqa olinishi bilan o‘tmoqda.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatda jinoiy avtoritet hisoblanadigan Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilganligi uchun korrupsiyada ayblanib, 11 yil va 2 oy qamoq jazosiga hukm qilindi.
Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 9 mlndan oshdi. Bunda, 4,5 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 472 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, AQSH, Braziliya va Rossiyada eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.
AQSH prezidenti Donald Tramp yil oxirigacha chet ellik mutaxassislar va mavsumiy ishchilar uchun ish vizalarini berishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Tramp pandemiya davrida ustuvor o‘rinda amerikaliklarni ish bilan ta’minlash maqsadida ushbu qarorni qabul qilgan.
AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyda uyg‘urlar va boshqa musulmon ozchilik guruhlarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan mansabdor shaxslarga nisbatan sanksiya qo‘llash borasidagi qonunni imzoladi.
Qozog‘istonning birinchi prezidenti va mamlakatning xavfsizlik kengashi raisi Nursulton Nazarbayevda koronavirus kasalligi aniqlandi. U masofadan turib ishlashni davom ettirayotganligi aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting