Qozog‘iston birinchi prezidentining katta qizi Dariga Nazarbayeva respublika parlamenti yuqori palatasi raisi lavozimiga qayta saylandi.
Buyuk Britaniyaning uchta yirik shahrida parlament faoliyati 14 oktyabrga qadar to‘xtatilgani uchun ommaviy namoyishlar boshlandi.
«Katta yettilik» Liviyadagi inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal etishni qo‘llab-quvvatladi va Gonkong hukumatini ko‘cha namoyishchilariga qarshi kuch ishlatishdan qochishga chaqirdi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning hisob raqami muzlatildi. Uning turmush o‘rtog‘i Raisa Atambeva unga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini xabar qildi.
«Ural havo yo‘llari» aviakompaniyasining A321 samolyoti Moskva viloyatida dvigateliga qush kirib qolgani sababli makkajo‘xori dalasiga qo‘ndirildi. Havo kemasida 234 kishi bor edi, 23 yo‘lovchi jarohatlandi.
Qirg‘izistonning sobiq prezideti Almazbek Atambayev qotillik, ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish va boshqa qator og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.
Moskvada 2011 yil dekabridan keyingi eng yirik ommaviy norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 26 avgustga qadar qamoqqa olindi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev hukumatga taslim bo‘ldi, uni qo‘lga olish operatsiyasi ikki kun davom etdi.
Suriyada yarim yil ichida ISHID safiga tushib qolgan 2000 nafarga yaqin MDH fuqarolari qo‘lga olindi. Ularning 764 nafari, qariyb barchasi — ayollar va bolalar O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonga repatriatsiya qilindi, deya xabar berdi BMT bosh kotibi.
AQSH federal hukumati qariyb 20 yillik tanaffusdan so‘ng besh nafar qotilga nisbatan o‘lim jazosini amalga oshiradi.
Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi bolalar oromgohida sodir bo‘lgan yong‘inda to‘rt bola vafot etdi.
Rossiyada 2022-yilda qog‘oz ko‘rinishidagi pasportlarni berish to‘xtatiladi, ular o‘rniga elektron pasportlar taqdim etiladi.
Donald Tramp Kim Chen In taklifi bilan AQSH prezidentlari ichida birinchi bo‘lib KXDR hududiga qadam bosdi.
Xitoy vakili Syuy Dun’yuy BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori lavozimiga saylandi.
Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahridagi harbiy qism hududida portlash sodir bo‘ldi. Shahar aholisi evakuatsiya qilinmoqda.
Muxolifatdan nomzod Akram Imamo‘g‘li Istanbul hokimligiga takrory saylovda 54 foiz ovoz to‘plagan holda yana g‘alaba qozondi.
Rossiya prezidenti Rossiya aviakompaniyalariga 8 iyuldan Rossiya hududidan Gruziyaga parvozlarni taqiqlovchi farmonni imzoladi.
Tbilisida minglab namoyishchilar «Rossiya bosqiniga qarshi» norozilik aksiyasiga chiqdi. Aksiyaga rossiyalik deputatning Gruziya parlamentidani nutqi sabab bo‘ldi.
Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy Qohirada sud majlisi vaqtida vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting