Moskvadagi “Krokus siti holl” konsert zalida qurollangan shaxslar odamlarga qarata o‘t ochdi, kamida 40 kishi halok bo‘lgani, 100 dan ortiq kishi jarohatlangani xabar qilindi. Shuningdek, binoda bir necha portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari, sobiq prezident Nazarboyevning jiyani Samat Abish 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha sakkiz yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uning bolalari borligi va pushanmonligini yengillashtiruvchi holatlar sifatida tan oldi.
AQSh hukumati saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi asbest mineralidan foydalanish to‘liq taqiqlanishini e’lon qildi. Har yili mamlakatda 40 mingga yaqin odam asbest bilan bog‘liq kasalliklardan vafot etadi.
BMT G‘azo sektorining shimoliy hududlarida yaqin ikki oy ichida ommaviy ocharchilik boshlanishini bashorat qilmoqda. BMT rahbari buni “mutlaq texnogen falokat” deb atadi va Isroil hukumatini anklav aholisiga insonparvarlik yordamidan to‘liq foydalanish imkoniyatini berishga chaqirdi.
Qozog‘istonda neft mahsulotlarini avtomobil transportida olib chiqishga qo‘yilgan taqiq yana olti oyga uzaytiriladi. So‘nggi cheklov 2022-yil iyul oyida joriy qilingandi.
Rossiyada 3 kunlik prezident saylovi yakunlandi. Vladimir Putin unda beshinchi bor g‘alaba qozonmoqda. Ovoz berishning ilk kunlarida saylov uchastkalarida vandalizm holatlari qayd etilgan bo‘lsa, oxirgi kuni Rossiya va xorijda “Putinga qarshi peshin” aksiyasi bo‘lib o‘tdi. “Gazeta.uz”da saylovning qisqacha sharhi.
Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov energiya resurslarining eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri sifatida Turkmaniston ularni qardosh mamlakatlarga yetkazib berishga va yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Qozog‘iston dunyoviy maqomini mustahkamlashi kerak, lekin u G‘arb tendensiyalariga ergashmaydi, dedi prezident Toqayev. U tarixiy obidalarni himoya qilishni kuchaytirishni buyurdi, “sovet davri belgilari” borligi sabab mamlakat gerbini o‘zgartirishni taklif qildi, jamiyatda shafqatsizlik kuchayayotganiga ishora qildi.
O‘zbekiston BMTning yangi Inson taraqqiyoti indeksida bir pog‘ona pastlab, 193 ta mamlakat ichida 106-o‘rinni oldi. Mamlakat inson taraqqiyoti indeksi yuqori bo‘lgan mamlakatlar toifasida qolmoqda.
Rossiyada prezidentlik saylovi uchun ovoz berish boshlandi, u 15−17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Mamlakatni 2000-yildan buyon boshqarib kelayotgan amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin beshinchi marta prezidentlikka nomzodlik qilmoqda.
Daniya hukumati majburiy harbiy xizmat muddatini uzaytirish va ayollar uchun muddatli harbiy xizmatni joriy etish niyatida. Hukumat shu yo‘l bilan “jinslar o‘rtasida to‘liq tenglikka” erishmoqchi.
Butun dunyo bo‘ylab elektromobillar atrofidagi ajiotaj asta-sekin susaymoqda — eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘z ishlab chiqarish rejalarini qisqartirmoqda yoki keyinga qoldirmoqda, deb yozdi CNBC. Ko‘pgina kompaniyalar gibrid modellarni ishlab chiqarishga intilmoqda.
Qirg‘iziston parlamenti Rossiyaning xorijiy agentlar haqidagi qonuniga o‘xshash “xorijiy vakillar to‘g‘risida"gi rezonansli qonun loyihasini muhokamasiz ma’qulladi. Loyiha xalqaro tashkilotlar, huquq himoyachilari va jurnalistlar tomonidan tanqid qilindi.
BMT hisobotida aytilishicha, 2022-yilda dunyoda besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi soni tarixiy eng past darajaga yetgan, biroq o‘sish, ayniqsa, qashshoq mamlakatlarda sekinligicha qolmoqda.
Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonunni ma’qulladi. Bu dunyodagi bunday miqyosdagi birinchi qoidalar to‘plami hisoblanadi. Hujjat fuqarolarning huquqlariga tahdid soluvchi SI tizimlaridan foydalanishni taqiqlaydi, shuningdek, SI tarkibini aniq belgilashni talab qiladi.
Jo Bayden va Donald Tramp Demokratlar va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida rasman ko‘rsatilishi uchun yetarlicha ovoz oldi. Bu AQSh prezidentlik saylovlarida qariyb 70 yil ichidagi birinchi revansh uchrashuvi bo‘ladi.
Hindistonda fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi, bu esa, huquq himoyachilari fikriga ko‘ra, musulmonlar huquqlarini cheklaydi. O‘zgartirishlar 2019-yilda qabul qilingandi, biroq mamlakatda boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari tufayli keyinga qoldirilgan.
12-martga o‘tar kechasi Rossiyaning kamida to‘qqizta hududiga dron hujumlari uyushtirildi. Nijegorod viloyatidagi “Lukoyl” NQIZda yong‘in sodir bo‘ldi, Belgorodda esa dron shahar ma’muriyati binosiga urildi. Ukraina hududidan kelgan diversantlar Kursk va Belgorod viloyatlariga bostirib kirishga urindi.
Yevroparlament Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tganlik uchun jinoiy jazoni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Sanksiyani buzgan shaxslar besh yilgacha qamoq jazosiga, kompaniyalar esa jarimaga tortiladi.
Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik erkak xotinini pichoqladi. U politsiyaning pichoqni tashlash to‘g‘risidagi talabiga bo‘ysunmagach, otib o‘ldirildi. Ayol hozirda shifoxonada va u erining vafotidan xabardor emas.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting