Germaniya hukumati Eronning Frankfurt, Gamburg va Myunxendagi konsulliklarini yopishga qaror qildi. Bu Eron va Germaniya fuqaroligiga ega Jamshid Sharmahdning Eronda qatl etilishiga javoban amalga oshirilmoqda.
Tunda Rossiya qo‘shinlari Xarkovga aviabomba tashladi. To‘qqiz qavatli binoning ikki qavati vayron bo‘ldi. Hozirgacha 34 kishi yaralangani, ikki kishi, jumladan, 12 yoshli bola halok bo‘lgani ma’lum.
Ispaniyaning Valensiya provinsiyasida kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari 60 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Hukumat uch kunlik motam e’lon qildi.
Ukraina va Rossiya bir-birining energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatish bo‘yicha “dastlabki muzokaralar”ni boshladi. Qatar mamlakatlar o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi, deb yozmoqda Financial Times.
YI va Buyuk Britaniyada deyarli 40 mingta erta o‘lim holati gaz plitalarini yopiq joylarda ishlatganda ajralib chiqadigan azot dioksidi ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deyiladi Ispaniyaning Xayme I universiteti tadqiqotida. Avval AQShda ham shu mavzuda tadqiqotlar o‘tkazilgandi.
Naim Qosim “Hizbulloh” guruhining yangi bosh kotibi etib saylandi. 71 yoshli rahbar 30 yildan ortiq harakat yetakchisining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Gruziyada parlament saylovi natijalariga qarshi bir necha yuzlab kishilar norozilik namoyishini o‘tkazdi. Unda prezident ham qatnashib, xalqaro yetakchilar bilan gaplashgani va suhbatdoshlari ham natijalarni tan olmaganini aytdi. Aksiyada asosiy talab xalqaro tashkilotlar kuzatuvida yangi saylov o‘tkazish bo‘ldi.
Isroil parlamenti 90 kun ichida mamlakatda BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Agentlik hamda xalqaro tashkilotlar bu harakat “xavfli pretsedent yaratishi” va “BMT nizomiga zidligi”ni bildirmoqda.
2025-yildan Moskvada xorijiy fuqarolarga tajriba tariqasida elektron guvohnomalar berila boshlaydi. Unda fuqaro haqidagi barcha dolzarb ma’lumotlar aks etgan bo‘ladi. Bu, jumladan, jinoyatlarni ochishning yangi bosqichiga chiqishga imkon beradi, deydi poytaxt meri.
“Turkmangaz” va “Gazprom” Turkmaniston gazini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani uzaytirmadi, chunki tomonlar narx masalasida kelisha olmagan. “Gazprom” 2019-yilda “Turkmangaz” bilan besh yil muddatga — 2024-yil 30-iyungacha shartnoma tuzgandi.
AQSh va Yevropa Ittifoqi Gruziyada o‘tgan parlament saylovlarida yo‘l qo‘yilgan barcha qoidabuzarliklarni tekshirishga chaqirmoqda. Gruziya prezidenti esa saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi va fuqarolarni norozilik namoyishlari o‘tkazishga chorladi.
Isroilning Tel-Aviv shahri yaqinidagi harbiy baza oldida yuk mashinasi avtobus bekatiga urildi. Oqibatda o‘nlab odamlar yaralandi. Politsiya buni terakt deb taxmin qilmoqda. Haydovchi otib tashlandi.
Hukmron “Gruzin orzusi” Gruziyadagi parlament saylovlarida 52,2 foiz ovoz oldi, to‘rtta muxolifat bloki jami 37,3 foiz ovozni qo‘lga kiritdi. Muxolifat saylov natijalarini tan olmasligini va norozilik namoyishlarini boshlash niyatida ekanini ma’lum qilib ulgurdi.
Ekzit-pol natijalariga ko‘ra, hukmron “Gruzin orzusi” partiyasi Gruziyadagi parlament saylovlarida shartli ravishda 56,1% ovoz oldi. Ammo hukmron partiya ham, muxolifat ham o‘z g‘alabasini e’lon qildi. MSK yaqin soatlarda natijalar bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni taqdim etadi.
Rossiyaning Lipetsk viloyatidagi axloq tuzatish koloniyasidan 6 nafar mahbus yer ostida 65 metrlik lahim kovlab, qochib ketdi. Mahalliy Telegram kanallari mahbuslar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligini aytmoqda.
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Erondagi raketa ishlab chiqaruvchi korxonalarga havo hujumlarini uyushtirdi. Zarbalar 3,5 soat davom etdi, 100 dan ortiq samolyot uchirilgani aytilmoqda. Eron qurbonlar yo‘qligi, zarar ko‘lami aniqlanayotganini ma’lum qildi.
2025-yildan Moskvada eksperiment doirasida migrantlarga ular haqidagi “barcha ma’lumotlar” mavjud bo‘lgan elektron guvohnomalar berish boshlanadi. Shuningdek, Moskva aeroportlarida barcha xorijliklar uchun biometrik nazorat joriy etiladi.
Qatarda ikki oylik tanaffusdan so‘ng G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar tiklanadi.
Tadqiqotchilar guruhi bir paytlar Ipak yo‘li o‘tgan O‘zbekiston tog‘larida ikkita o‘rta asr shahrining qoldiqlarini aniqladi. Ular dengiz sathidan 2000 metrdan ham balandroq joyda joylashgan bo‘lib, olimlarning taxminiga ko‘ra, temir rudasi qazib olish maqsadida bunyod etilgan.
Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev davlat madhiyasi eskirganini aytib, u qayta yozilishini bildirdi. “Madhiyamizni 5 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolar oson kuylashi uchun qayta yozamiz”, — dedi spiker.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting