Jahon

JARda 11 yil ichida birinchi marta qor yog‘di (foto)
12 iyul 2023, 12:21

JARda 11 yil ichida birinchi marta qor yog‘di (foto)

Janubiy Afrika Respublikasining Yohannesburg shahrida 2012-yildan beri birinchi marta qor yog‘di. Hodisa namlikning ko‘tarilishi va sovuq harorat tufayli kuzatilgan. Olimlar bunga global isishning hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

Qozog‘istonda blogerlarga reklamadan soliq to‘lash majburiyati yuklanib, soxta xabarlar uchun jarima joriy qilinmoqda
11 iyul 2023, 21:38

Qozog‘istonda blogerlarga reklamadan soliq to‘lash majburiyati yuklanib, soxta xabarlar uchun jarima joriy qilinmoqda

Qozog‘iston prezidenti blogerlarni reklama yorlig‘ini qo‘yish va daromadlaridan soliq to‘lash majburiyatini yuklovchi qonunni imzoladi. Shuningdek, ular soxta xabarlar tarqatgani uchun jarimaga tortiladi.

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi
11 iyul 2023, 11:10

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya rahbari, Shvetsiya bosh vaziri va Yevropa kengashi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng buni tasdiqladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari hosilidagi yo‘qotishlar tufayli Rossiyada piyoz narxi rekord darajagacha oshdi
10 iyul 2023, 17:47

Markaziy Osiyo mamlakatlari hosilidagi yo‘qotishlar tufayli Rossiyada piyoz narxi rekord darajagacha oshdi

Qishdagi anomal sovuqda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi piyoz hosilining yo‘qotilishi Rossiyada bu sabzavot narxining keskin oshishiga olib keldi. May oyida Rossiyada piyozning o‘rtacha narxi kilogrammiga 73,3 rublga yetdi. Mamlakatga eng ko‘p piyoz yetkazib beruvchi davlatlardan biri O‘zbekiston hisoblanadi.

NATO mamlakatlari Ukrainaning alyansga kirish bo‘yicha arizasini tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishga kelishdi
10 iyul 2023, 16:51

NATO mamlakatlari Ukrainaning alyansga kirish bo‘yicha arizasini tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishga kelishdi

NATO davlatlari Ukrainaning harbiy blokka a’zo bo‘lish bo‘yicha arizasini tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishga kelishdi. “Bu bizning NATO`ga yo‘limizni qisqartiradi”, — dedi Ukraina Tashqi ishlar vaziri.

Qirg‘izistonda prezident Sadir Japarovning jiyani korrupsiyada gumonlanib hibsga olindi
8 iyul 2023, 10:05

Qirg‘izistonda prezident Sadir Japarovning jiyani korrupsiyada gumonlanib hibsga olindi

Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarovning jiyani Bishkekda bojxonadagi jinoiy sxemalarda ishtirok etganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Japarovning matbuot xizmati hibsga olingan shaxs prezident bilan qarindosh ekanini tasdiqlab, “korrupsiyaga qarshi kurashda istisno yo‘qligini” ta’kidladi.

Yaqin oylarda qator ekstremal ob-havo hodisalari kutilmoqda — JSST
7 iyul 2023, 18:07

Yaqin oylarda qator ekstremal ob-havo hodisalari kutilmoqda — JSST

JSST yaqin oylarda butun dunyo bo‘ylab ekstremal ob-havo hodisalari, jumladan, qurg‘oqchilik, suv toshqini va anomal issiq kutilayotgani va ular inson salomatligiga tahdid solishini bildirdi. Avvalroq Butunjahon meteorologiya tashkiloti ham anomal issiqdan ogohlantirgandi.

O‘zbekiston may oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi
7 iyul 2023, 15:18

O‘zbekiston may oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi

May oyida O‘zbekiston xorijga 11 tonna oltin sotib, dunyoda oltin sotish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi. Turkiya 63 tonna ko‘rsatkich bilan qimmatbaho metall savdosi bo‘yicha yana mutlaq yetakchiga aylandi.

Grigoriy Lepsning Qirg‘izistondagi konserti jamoatchilik noroziligi tufayli bekor qilindi
6 iyul 2023, 21:33

Grigoriy Lepsning Qirg‘izistondagi konserti jamoatchilik noroziligi tufayli bekor qilindi

Qirg‘izistonda jamoatchilik noroziligidan so‘ng urilgan ukrain tanklari uchun pul va’da qilgan rossiyalik qo‘shiqchi Grigoriy Lepsning konserti bekor qilindi. Leps oktabr oyida O‘zbekistonda konsert berishni rejalashtirgan.

Germaniyada yetti nafar markaziy osiyolik terrorizmda gumonlanib hibsga olindi
6 iyul 2023, 19:07

Germaniyada yetti nafar markaziy osiyolik terrorizmda gumonlanib hibsga olindi

Germaniyada Markaziy Osiyo davlatlarining yetti nafar fuqarosi terrorchilik guruhi tuzishda gumonlanib qo‘lga olindi. Niderlandiyada ham teraktlar tayyorlashda gumon qilinayotgan Tojikiston va Qirg‘izistonning yana ikki fuqarosi ushlangan.

BMT: Belarusda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat “halokatli darajada”
5 iyul 2023, 22:54

BMT: Belarusda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat “halokatli darajada”

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Belarusda inson huquqlari bilan bog‘liq “halokatli” vaziyat yuzaga kelgan va jazosizlik tufayli mamlakatda “qo‘rquv muhiti” hukm surmoqda. 1500 dan ortiq odam siyosiy ayblovlar bilan hibsda saqlanmoqda.

Niderlandiyada o‘quvchilarga dars vaqtida smartfondan foydalanish taqiqlanmoqda
5 iyul 2023, 15:37

Niderlandiyada o‘quvchilarga dars vaqtida smartfondan foydalanish taqiqlanmoqda

Kelgusi yilning yanvar oyidan Niderlandiyada o‘quvchilarga darsda mobil qurilmalardan foydalanish taqiqlanadi. Qaror gadjetlarning bolalar faoliyatiga salbiy ta’siri tufayli qabul qilindi.

Afg‘onistonda ayollar go‘zallik salonlari faoliyati taqiqlandi
5 iyul 2023, 09:43

Afg‘onistonda ayollar go‘zallik salonlari faoliyati taqiqlandi

“Tolibon” harakati Afg‘onistondagi ayollar go‘zallik salonlarini yopishga buyruq berdi. Avvalroq mamlakatda ayollarga o‘qish taqiqlangan, hijob o‘rash esa shart etib belgilangandi.

NYT: Rossiya yangi onlayn kuzatuv vositalarini yaratmoqda. Ularni xorijga, jumladan, Markaziy Osiyoga sotishga harakat qilmoqda
4 iyul 2023, 23:23

NYT: Rossiya yangi onlayn kuzatuv vositalarini yaratmoqda. Ularni xorijga, jumladan, Markaziy Osiyoga sotishga harakat qilmoqda

Rossiyalik dasturchilar faol ravishda Telegram, WhatsApp va Signal foydalanuvchilari faoliyatini kuzatishga yordam beruvchi dasturiy ta’minotni yaratishmoqda. Ular ushbu texnologiyalarni Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mintaqalarga ham sotishga harakat qilmoqda, deyiladi The New York Times surishtiruvida.

Xarkov viloyatiga uyushtirilgan raketa zarbasidan 30 dan ortiq kishi, jumladan, 10 bola jarohatlandi
4 iyul 2023, 22:14

Xarkov viloyatiga uyushtirilgan raketa zarbasidan 30 dan ortiq kishi, jumladan, 10 bola jarohatlandi

Rossiya tomonidan Ukrainaning Xarkov viloyati o‘qqa tutishi oqibatida kamida 30 kishi jarohat oldi. Qurbonlar orasida 10 nafar bola, jumladan, ikki go‘dak ham bor.

Yangi Zelandiya dunyoda birinchi bo‘lib do‘konlarda yupqa plastik xaltalarni taqiqladi
3 iyul 2023, 18:59

Yangi Zelandiya dunyoda birinchi bo‘lib do‘konlarda yupqa plastik xaltalarni taqiqladi

Yangi Zelandiya hukumati iyuldan supermarketlarda har qanday polietilen xaltalar, jumladan meva va sabzavotlar uchun mo‘ljallangan yupqa paketlardan foydalanishni taqiqladi.

Fransiyada politsiya o‘smir yigitni otib o‘ldirganidan keyingi noroziliklar davom etmoqda. Asosiy voqealar
3 iyul 2023, 18:48

Fransiyada politsiya o‘smir yigitni otib o‘ldirganidan keyingi noroziliklar davom etmoqda. Asosiy voqealar

Fransiyada politsiyachi tomonidan arab millatiga mansub o‘smirning otib o‘ldirilishi tufayli yuzaga kelgan ommaviy norozilik namoyishlari va pogromlar to‘xtayotgani yo‘q. Mamlakat bo‘ylab 2000 dan ortiq odam hibsga olingan, rasmiylar tartibni saqlash uchun 40 mingdan ortiq politsiyachini safarbar qilgan.

Fransiyada politsiyachi 17 yoshli o‘smirni otib qo‘yishi ortidan tartibsizliklar kelib chiqdi
29 iyun 2023, 20:27

Fransiyada politsiyachi 17 yoshli o‘smirni otib qo‘yishi ortidan tartibsizliklar kelib chiqdi

Fransiyada 17 yoshli o‘smir politsiyachilar tomonidan o‘ldirib qo‘yilgach boshlangan tartibsizliklar ikki kundan beri to‘xtamayapti. Prezident Makron Noilning o‘ldirilishini “kechirib bo‘lmas” deb atadi va marhumning qarindoshlariga hamdardlik bildirdi. U mamlakat aholisini tinchlikni saqlashga chaqirmoqda.

Noto‘g‘ri iqtisodiy siyosat va karantin sabab ocharchilik ostonasiga kelgan mamlakat
29 iyun 2023, 18:00

Noto‘g‘ri iqtisodiy siyosat va karantin sabab ocharchilik ostonasiga kelgan mamlakat

Shimoliy Koreyada 1990-yillardan beri kuzatilmagan ocharchilik hukm surayotgan bo‘lishi mumkin. Bunga mamlakat iqtisodiyotining hanuzgacha liberallashtirilmagani va Kim Chen Inning koronavirus pandemiyasi tufayli hatto undan oldinroq boshlangan “yopiqlik siyosati” asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Ukrainaning Kramatorsk shahriga qilingan raketa hujumi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi
29 iyun 2023, 09:51

Ukrainaning Kramatorsk shahriga qilingan raketa hujumi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Rossiya armiyasi tomonidan Ukrainaning Kramatorsk shahri o‘qqa tutilishi chog‘ida kafega raketa kelib tushdi. 12 kishi, jumladan, 3 o‘smir halok bo‘ldi, 60 dan ortiq aholi (ular orasida 8 oylik chaqaloq ham bor) jarohat oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting