Germaniya hukumati mamlakatda jazirama harorat tez-tez kuzatilayotgani sababli issiq urishi oqibatida o‘lim holatlarining oldini olish kampaniyasini boshlamoqda.
Oxirgi 10 yil ichida giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar soni 23 foizga oshib, 296 million kishiga yetdi. Noqonuniy bozorlarda sintetik moddalar hukmronlik qilmoqda, deyiladi BMT hisobotida.
Ukraina hukumati Rossiya qo‘shinlari Zaporoje AESga terakt uyushtirishni rejalashtirayotgani va “buning uchun hamma narsani tayyorlagani”ni iddao qilmoqda. Rossiya bu ayblovlarni rad etib, “navbatdagi yolg‘on” deb atadi. MAGATE esa AESdagi vaziyat “o‘ta beqaror” ekanini ta’kidladi.
24-iyunga o‘tar kechasi Moskvaga qarshi “adolat marshini” boshlagan Vagner XHK rahbari Yevgeniy Prigojin o‘z kolonnalarini ortga — dala lagerlariga qaytarishga qaror qildi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazib, vaziyatni yumshatish bo‘yicha kelishib olgani ma’lum qilindi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vagner XHK rahbari Yevgeniy Prigojinning isyoni fonida qilgan murojaatida “orqadan pichoq urish” va “xiyonat” haqida gapirdi. U Rostovdagi “og‘ir vaziyat”ni qayd etib, isyon tashkilotchilari “muqarrar jazoga tortilishini” bildirdi.
Vagner XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya qurolli kuchlari XHK lageriga zarba berganini bildirib, rus armiyasi rahbariyatiga qarshi qo‘zg‘olon boshlanganini ta’kidladi. XHK Rostov va Voronejdagi harbiy obyektlarni egallab olganini aytmoqda. Moskva aksilterror choralari o‘tkazilishini e’lon qildi.
Atlantika okeanidagi to‘rt kunlik qidiruvlardan so‘ng OceanGate kompaniyasining “Titanik” qoldiqlari tomon yo‘l olgan “Titan” suvosti kemasi qoldiqlari topildi. Uning bortida bo‘lgan besh kishi, jumladan, kompaniya asoschisi halok bo‘lgan. U o‘z kemasi xavfsiz emasligi haqida bir necha bor ogohlantirilgan edi.
Turkiya regulyatori foiz stavkasini 8,5 foizdan 15 foizga oshirish bo‘yicha qaror qabul qildi. So‘nggi yillarda Turkiyada past foiz stavkalari chuqur inflyatsiya va investorlarning mamlakatni tark etishiga olib keldi. Yangi iqtisodiy rahbariyat, shuningdek, “erkin valyuta rejimi” qayta tiklanishini va’da qilmoqda.
Eronda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat o‘tgan yilgi ommaviy namoyishlar to‘lqinidan keyin ancha yomonlashgan. BMT hisobotida aytilishicha, o‘n minglab odamlar, jumladan, bolalar hibsga olingan, yuzlab odamlar qatl etilgan, shuningdek, onlayn senzura kuchaygan.
Economist Intelligence Unit`ga ko‘ra, Toshkent yashash uchun qulay shaharlar reytingida 13 pog‘ona pastlab, 173 ta shahar ichida 157-o‘rinni egalladi. Ro‘yxatda Avstriyaning Vena shahri yetakchilik qilmoqda.
Parij markazidagi turar joy binosida gaz portlashi oqibatida kamida 37 kishi jarohatlandi, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.
Parij rasmiylari shahardagi binolar balandligiga rasman cheklov qo‘ydi. Yangi qoidalarga ko‘ra, Fransiya poytaxtidagi barcha yangi binolar 37 metr yoki 12 qavatdan oshmasligi kerak.
Qirg‘iziston Qozog‘iston va Rossiya bilan o‘z fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini almashish bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Mamlakatlar, xususan, fuqarolik, fuqarolarning ko‘chmas mulki va ularning sudlanganlik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashadi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari bo‘yicha xalqaro qoidalarga amal qilayotganini, Qozog‘iston yordamida Rossiyaga ikki xil maqsadda foydalaniladigan mahsulotlar eksport qilinayotgani haqidagi xabarlar “haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini” bildirdi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Muzokaralarda Xitoy tomoni Rossiyaga halokatli qurollar yetkazib bermaslikka va’da berishini, Tayvan masalasida esa yon bermasligini ma’lum qildi. AQSh tomoni esa Shinjon va Gonkongdagi inson huquqlari masalasini ko‘tardi.
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida Alisher Usmonovni “qora ro‘yxat”ga kiritdi. Shuningdek, ro‘yxatga tadbirkor Gennadiy Timchenko, Davlat dumasi deputati Sulaymon Kerimov va boshqa bir qator yirik tadbirkorlar ham kiritilgan.
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri 9000 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi, 16 000 ga yaqin kishi jarohatlandi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy harakatlar sodir bo‘lgan joylardan ma’lumot yig‘ish qiyinligi sababli haqiqiy raqamlar ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
2035-yilga kelib butun dunyoda shaxsiy avtomobillardan foydalanish darajasi kamayadi va odamlar “samaraliroq, yashilroq va qulayroq” transportni tanlashadi, deya bashorat qilmoqda McKinsey konsalting kompaniyasi.
Xalqaro arbitraj besh yillik jarayondan keyin Rossiyaning MTS kompaniyasining Turkmaniston ustidan kiritgan da’vosini rad etdi. Mobil operator mamlakat hukumati 2017-yilda kompaniya litsenziyasini uzaytirishdan bosh tortib, uning investorlik huquqlarini buzganini da’vo qilgan.
Turkiya Markaziy bankining tarixdagi ilk ayol rahbariga aylangan Hafiza Erkan dunyo bo‘ylab markaziy banklarni boshqarayotgan kam sonli ayollar qatoridan o‘rin oldi. Prinston bitiruvchisi va AQSh bank-moliya sohasida katta nufuzga ega bo‘lgan Erkan xonim o‘z faoliyatida ilk bor davlat sektorida ish boshladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting