Qozog‘iston veyp — elektron sigaretlarni sotish va ulardan foydalanishni butunlay taqiqlashni rejalashtirmoqda. O‘zbekistonda esa sotuvda markasiz, tarkibi va undan foydalanish xavfi haqida ma’lumot ko‘rsatilmagan ko‘plab veyplarni uchratish mumkin.
Sovuq urush tugaganidan so‘ng yadro arsenallarini qisqartirish to‘xtatildi, to‘qqizta davlat yadro arsenallarini modernizatsiya qilmoqda. Stokgolm tinchlik tadqiqotlari instituti (SIPRI) o‘zining yillik «Qurollanish, qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik» sharhida ularning zaxiralari va siyosatlarini tahlil qildi.
Dunyo mamlakatlarida oziq-ovqat tanqisligi boshlandi. Endi vaziyat yomonlashib boraveradimi? Bizni qanday ssenariylar kutmoqda? Vaziyat qachon o‘nglanishi mumkin? «Gazeta.uz» ushbu maqolada bu boradagi turli tahlillar va fikrlarni sizning e’tiboringizga havola etadi.
Rossiya Jahon turizm tashkiloti (YUNVTO) tarkibidan chiqdi. Aprelda tashkilot Bosh assambleyasi Ukrainaga bostirib kirish tinchlik va xalqaro do‘stlik qadriyatlariga mos kelmasligi sababli RF a’zoligini to‘xtatgan edi.
12 iyundan AQShga havo yo‘li orqali kirib keluvchi yo‘lovchilardan majburiy PZR-testi talab qilinmaydi. Bayden ma’muriyati mazkur tartibni xalqaro sayohatchilar AQShga parvoz qilishdan bir kun oldin bekor qildi.
BMT Bosh assambleyasi delegatlari Malta, Mozambik, Shveysariya, Ekvador va Yaponiya mamlakatlarini Xavfsizlik kengashining yangi vaqtinchalik a’zolari etib sayladi. Ushbu davlatlar vakillari 2023−2024 yillar davomida Kengash ishida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev Eronda yo‘lovchi poyezdi falokatga uchrab, ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan mamlakat prezidentiga ta’ziya bildirdi. Hodisa oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan, 87 nafarga yaqin yo‘lovchi jarohatlangan.
Eron sharqida sodir bo‘lgan poyezd falokati oqibatida 17 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Taxminan Tabas shahri yaqinida poyezdning ekskavator bilan to‘qnashib ketishi natijasida yetti vagondan to‘rttasi ag‘darilib ketgan.
8 iyundan boshlab Qozog‘iston chegarani kesib o‘tishda emlanganlik hujjati va PZR testi talabini bekor qildi. Shuningdek, mamlakatning 7 ta viloyatidagi vaqtinchalik yopilgan 12 ta avtomobil chegara o‘tkazish punktlarining ishi qayta tiklanmoqda.
Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi deputatlari bosh vazirga ishonchsizlik votumi bildirish bo‘yicha ovoz berdi. Boris Jonsonning tanqidchilari uni karantin paytida bazmlar uyushtirganlikda ayblamoqda. Fraksiya a’zolarining 58,5 foizi bosh vazirni qo‘llab-quvvatladi va u lavozimini saqlab qoldi.
Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum yakunlangani va unda 7,9 mln fuqaro (saylovchilarning 86,06%) qatnashganini ma’lum qildi. Referendumning dastlabki natijalariga ko‘ra, 77,18 foiz saylovchi islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan, 18,66 foizi esa qarshi ovoz bergan.
Ukrainada urush boshlanganining 100-kunida qariyb 16 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj va ularning soni muttasil ortib bormoqda. Xalqaro sud Insoniyatga qarshi jinoyatlarning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiyani ishlab chiqishga chaqirdi.
Tojikiston-Qirg‘iziston chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgani haqida ikki mamlakat OAVlari xabar bermoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki tomondan uch nafar chegarachi yaralangani aytilmoqda.
Buyuk Britaniyada qirolicha Yelizaveta II hukmronligining 70 yilligi sharafiga tantanalar bo‘lib o‘tmoqda. «Gazeta.uz» londonliklar va qirollikning boshqa shaharlari aholisi qirolicha yubileyini qanday nishonlayotgani aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etadi.
Rubl hozirgi kunda qanchalik mustahkam valyuta? Nega fevral oyidagi keskin pasayishdan so‘ng valyuta barqarorlashdi? Rossiya valyutasini qanday xavflar kutib turibdi?
AQShning Oklaxoma shtatida shifoxona hududida sodir etilgan otishma natijasida eng kamida besh kishi, jumladan hujum qilgan shaxs qurbon bo‘ldi. Shu bilan mamlakatda yil boshidan buyon 233- ommaviy otishma qayd etildi.
Moskvadagi qurilish maydonida ommaviy mushtlashgan yuzdan ortiq O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari Rossiyadan deportatsiya qilinadi. Bu bo‘yicha sud qarori qabul qilindi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga 2010 yilda O‘shda yuz bergan iyun voqealariga doir jinoyat ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. O‘shanda mamlakat janubida qirg‘iz va o‘zbek etnik guruhlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro oqibatida 442 kishi halok bo‘lgan.
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unda Rossiya neftining uchdan ikki qismiga embargo qo‘llash, Sberbankni SWIFT tizimidan uzish va yana uchta davlat telekanalining ittifoq hududida translyatsiyasini taqiqlash ko‘zda tutilgan.
Rossiya Markaziy banki rejadan tashqari yig‘ilishda asosiy stavkani 14 foizdan 11 foizga tushirdi. Regulyator stavkani pasaytirish to‘g‘risidagi qarorini «narxlar o‘sishining sezilarli sekinlashishi» bilan izohladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting