Jahon

Qirolicha Yelizaveta II vafot etdi
8 sentabr 2022, 23:05

Qirolicha Yelizaveta II vafot etdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdi. Qirolichaning to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda Charlz yangi monarx bo‘ladi. Mamlakatda 12 kunlik motam e’lon qilindi.

Estoniya, Latviya, Litva va Polsha rossiyalik sayyohlarning kirishini taqiqlaydi
8 sentabr 2022, 20:37

Estoniya, Latviya, Litva va Polsha rossiyalik sayyohlarning kirishini taqiqlaydi

19 sentabrdan boshlab Estoniya, Latviya, Litva va Polsha rossiyalik sayyohlarning istalgan davlat tomonidan berilgan Shengen vizasi bilan mamlakatga kirishini to‘xtatadi. «Estoniyaga Shengen vizasi bilan kelmang, bu yerda sizni xush ko‘rishmaydi», — dedi Estoniya tashqi ishlar vaziri rossiyaliklarga.

Qozog‘istonda Birinchi prezident kunini davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarish rejalashtirilmoqda
7 sentabr 2022, 17:53

Qozog‘istonda Birinchi prezident kunini davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarish rejalashtirilmoqda

Qozog‘iston deputatlari mamlakatning Birinchi prezidenti kunini davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarib tashlash uchun ovoz berdi.

Rossiyada maymun chechagiga qarshi vaksina ishlab chiqilgani aytilmoqda
6 sentabr 2022, 16:28

Rossiyada maymun chechagiga qarshi vaksina ishlab chiqilgani aytilmoqda

Rossiyalik mutaxassislar hozirda dunyoda 53 mingdan ortiq kishi chalingan maymun chechagi infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqdi. Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligi rahbari Veronika Skvorsova dastlabki tadqiqotlarda vaksina yuqori samaradorlik va immunogenlikni ko‘rsatganini qayd etdi.

Qozog‘istonning Kostanay viloyatida o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda
5 sentabr 2022, 13:11

Qozog‘istonning Kostanay viloyatida o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda

Qozog‘istonning Kostanay viloyati Auliyekol tumanidagi tabiiy yong‘inlar maydoni 43 ming gektardan oshdi. Dushanba kuni mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Tokayev voqea joyiga borib, ofat hududlarini aylanib chiqdi. U yong‘inlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun kun davomida tezkor shtabga tashrif buyuradi.

Turkmaniston o‘z fuqarolari uchun Turkiyadan viza joriy etishni so‘radi
5 sentabr 2022, 12:40

Turkmaniston o‘z fuqarolari uchun Turkiyadan viza joriy etishni so‘radi

Turkmaniston o‘zining fuqarolari uchun Turkiyadan vaqtinchalik viza rejimini joriy etishni so‘radi.

Roza Otunbayeva BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bo‘ldi
3 sentabr 2022, 11:08

Roza Otunbayeva BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bo‘ldi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayeva BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.

Qasim-Jomart Toqayev muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi
1 sentabr 2022, 18:32

Qasim-Jomart Toqayev muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi

Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkaziladi, yanvar oyidagi namoyishlar ishtirokchilarining bir qismi amnistiya qilinadi, deya ma’lum qildi prezident Qasim-Jomart Toqayev. U prezidentlik vakolatini qayta saylanish huquqisiz 7 yillik muddat bilan cheklashni taklif qildi.

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Turkiston viloyatiga hokimlik qiladi
31 avgust 2022, 15:38

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Turkiston viloyatiga hokimlik qiladi

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib ishlagan Darxon Satibaldi Turkiston viloyati hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda qo‘l ostidagi xodimning korrupsiyasi uchun iste’foga chiqqan Umirzoq Shukeyevning o‘rnini egalladi.

Mixail Gorbachyov vafot etdi
31 avgust 2022, 08:34

Mixail Gorbachyov vafot etdi

Moskvada SSSRning birinchi va yagona prezidenti Mixail Gorbachyov 91 yoshida vafot etdi.

Tojikistonda koronavirus cheklovlari qayta joriy etildi
26 avgust 2022, 16:02

Tojikistonda koronavirus cheklovlari qayta joriy etildi

Tojikiston chegarasida koronavirus cheklovlari vaqtincha tiklandi. Mamlakatga kelganda, PZR test natijalarini yoki COVID-19 ga qarshi emlash sertifikatini taqdim etish kerak bo‘ladi.

Ukrainada temir yo‘l vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi
25 avgust 2022, 19:27 1

Ukrainada temir yo‘l vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatida poyezd va Chaplino vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 25 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, «Iskander» raketasi 200 dan ortiq harbiy xizmatchi bo‘lgan harbiy eshelonni yo‘q qilgan.

Alisher Usmonovga tegishli Safisa restorani sotildi
25 avgust 2022, 11:03

Alisher Usmonovga tegishli Safisa restorani sotildi

Yanvarda Alisher Usmonovga tegishli «Metalloinvest» kompaniyasi Moskvadagi Safisa restoranini sotib olgandi. Oradan 7 oy o‘tib, restoran «PVS i IAM» kompaniyasiga sotib yuborildi. Avvalroq tadbirkor o‘zining asosiy e’tiborini O‘zbekistonga qaratayotganini aytgandi.

Qozog‘iston neftni Ozarbayjon orqali tashish haqidagi xabarlarni rad etadi
15 avgust 2022, 13:27

Qozog‘iston neftni Ozarbayjon orqali tashish haqidagi xabarlarni rad etadi

Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov Qozog‘istonning kuzdan boshlab Baku-Tbilisi-Jayhan yo‘nalishi bo‘yicha neft tashish niyati haqidagi ma’lumotni rad etdi. Avvalroq Reuters Qozog‘iston hukumati neftning bir qismini Rossiyani chetlab o‘tib eksport qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edi.

Yerevandagi portlash oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi
15 avgust 2022, 11:18

Yerevandagi portlash oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi

Yakshanba kuni Yerevandagi «Surmalu» savdo majmuasida yirik portlash yuz berdi. Buning oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi. Yana 60 dan ortiq kishi jarohatlangani aytilmoqda, 17 kishi esa bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Reuters: Qozog‘iston neftning bir qismini Rossiyani chetlab o‘tib tashish niyatida
12 avgust 2022, 23:44

Reuters: Qozog‘iston neftning bir qismini Rossiyani chetlab o‘tib tashish niyatida

Qozog‘iston o‘z neftining bir qismini Rossiya o‘z quvurlarini yopib qo‘yish bilan tahdid qilgani bois muqobil yo‘llar orqali sotishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi Reuters. Buning uchun Ozarbayjonning eng yirik neft quvuridan foydalanishni ham ko‘zlamoqda.

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi
10 avgust 2022, 15:18

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi

Yaponiyaning amaldagi bosh vaziri Fumio Kisidaning Vazirlar Mahkamasi to‘liq tarkib bilan iste’foga chiqdi. Iste’fo Yaponiya hukumatida bo‘lishi kutilayotgan o‘zgarishlar fonida yuz berdi.

Tayvan Nensi Pelosini qabul qildi. Xitoy esa orol atrofida harbiy mashqlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda
3 avgust 2022, 19:30

Tayvan Nensi Pelosini qabul qildi. Xitoy esa orol atrofida harbiy mashqlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Xitoy hukumatining ogohlantirishlariga qaramay, Tayvanga keldi. Xitoy TIV norozi bo‘lib: «AQSh xavfli yo‘ldan uzoqqa bormasligi kerak», deya ma’lum qildi. XXR armiyasi orol atrofida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

AQSh Afg‘onistonda «Al-Qoida» yetakchisining yo‘q qilinganini e’lon qildi
2 avgust 2022, 14:40

AQSh Afg‘onistonda «Al-Qoida» yetakchisining yo‘q qilinganini e’lon qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden «Al-Qoida» yetakchisi Ayman az-Zavohiriy Afg‘oniston poytaxti Kobulda o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi chog‘ida o‘ldirilganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, uning oila a’zolari jabrlanmagan, tinch aholi orasida qurbonlar yo‘q.

Iqlim o‘zgarishi: faktlar, asoslar va dalillar
1 avgust 2022, 20:00

Iqlim o‘zgarishi: faktlar, asoslar va dalillar

Iqlim o‘zgarishi muammosi yildan-yilga dolzarblashib bormoqda. Nima sababga ko‘ra iqlim bunchalik injiq bo‘lib qoldi? Bu holatni o‘zgartirish uchun biz nima qilishimiz lozim? Bizni kelajakda nimalar kutmoqda? «Gazeta.uz» ushbu maqolada barchamizni qiynayotgan savollarga javob beradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting