Jahon

Isroil G‘azoda gumanitar tanaffuslar qilishga rozi bo‘ldi
10 noyabr 2023, 10:33

Isroil G‘azoda gumanitar tanaffuslar qilishga rozi bo‘ldi

Isroil urush boshlanganidan beri birinchi marta G‘azo sektorida kunlik gumanitar pauzalar qila boshladi. Har kuni 4 soat davomida harbiy harakatlar olib borilmaydi. Pauzalar vaqtida tinch aholi ikkita gumanitar koridor orqali sektorning janubiga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘ladi.

“Rossiya — Qozog‘istonning strategik hamkori”. Toqayev va Putin nimalar haqida kelishib oldi?
9 noyabr 2023, 22:30

“Rossiya — Qozog‘istonning strategik hamkori”. Toqayev va Putin nimalar haqida kelishib oldi?

Ostonada Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Kelgusi uch yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolanib, neft-gaz sanoati, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Yevrokomissiya Ukraina va Moldova bilan YeIga kirish muzokaralarini boshlashni tavsiya qildi
8 noyabr 2023, 17:08

Yevrokomissiya Ukraina va Moldova bilan YeIga kirish muzokaralarini boshlashni tavsiya qildi

Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi kengashiga Gruziyaga YeI a’zoligiga nomzod maqomini berishni, shuningdek, Ukraina va Moldova bilan ittifoqqa kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qildi.

2023-yilning oktabri kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
8 noyabr 2023, 14:31

2023-yilning oktabri kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

O‘tgan oktabr oyi rekord darajadagi eng issiq oy bo‘ldi. Olimlarning ta’kidlashicha, 2023-yil ham tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi kutilmoqda.

BMT: Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish 95 foizgacha kamaydi
7 noyabr 2023, 09:57

BMT: Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish 95 foizgacha kamaydi

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish “Tolibon” taqiqidan keyin 95 foizgacha kamaydi. Ko‘plab afg‘on fermerlari bug‘doy yetishtirishga o‘tgan.

Qozog‘istonda ilk bor tuman va viloyat ahamiyatiga ega shaharlar hokimlari saylovi bo‘lib o‘tdi
6 noyabr 2023, 21:46

Qozog‘istonda ilk bor tuman va viloyat ahamiyatiga ega shaharlar hokimlari saylovi bo‘lib o‘tdi

Qozog‘istonda tuman va viloyat ahamiyatiga ega shaharlar hokimlarining sinov tariqasidagi ilk saylovi yakunlari sarhisob qilindi. Amaldagi hokimlar va ularning o‘rinbosarlari qariyb barcha joyda g‘alaba qozonishdi, deb yozmoqda mahalliy OAV.

G‘azo sektorida BMT agentligining 88 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu — tashkilotning bitta mojarodagi eng katta yo‘qotishi
6 noyabr 2023, 16:01

G‘azo sektorida BMT agentligining 88 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu — tashkilotning bitta mojarodagi eng katta yo‘qotishi

7-oktabrdan beri G‘azo sektoridagi janglarda BMT Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining (UNRWA) 88 nafar xodimi halok bo‘ldi. “Oradan 30 kun o‘tdi. Yetar. Bu hoziroq to‘xtatilishi kerak”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

Nepaldagi zilzila oqibatida 130 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
4 noyabr 2023, 13:06

Nepaldagi zilzila oqibatida 130 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Nepalda 4-noyabrga o‘tar kechasi 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida 128 kishi halok bo‘ldi. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytdi.

Erdog‘an turkiy mamlakatlarda yagona alifbo joriy etishni taklif qildi
3 noyabr 2023, 17:56

Erdog‘an turkiy mamlakatlarda yagona alifbo joriy etishni taklif qildi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an turkiy davlatlar uchun yagona alifbo yaratishni taklif qildi. Uning fikricha, bu davlatlar o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni mustahkamlaydi.

Qozog‘iston Falastin xalqiga insonparvarlik yordami sifatida 1 mln dollar ajratadi
3 noyabr 2023, 14:43

Qozog‘iston Falastin xalqiga insonparvarlik yordami sifatida 1 mln dollar ajratadi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Falastin xalqiga insonparvarlik yordami uchun 1 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi. U Qozog‘iston mojarolarni tinch muzokaralar yo‘li bilan hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston BMTning AQShni Kuba blokadasini to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
3 noyabr 2023, 12:30

O‘zbekiston BMTning AQShni Kuba blokadasini to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi

BMT Bosh Assambleyasi 31 marta AQShni Kubaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. Hujjatni 187 davlat, jumladan, O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatladi. Delegatlar Kubaga qarshi embargo noqonuniy ekanini ta’kidlab, bu “BMT Nizomini ochiqdan-ochiq va tizimli ravishda buzish” ekanligini ta’kidladi.

Isroil armiyasi G‘azo qurshab olinganini e’lon qildi
3 noyabr 2023, 09:48

Isroil armiyasi G‘azo qurshab olinganini e’lon qildi

Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati rahbari qo‘shinlar G‘azo shahrini qurshab olganini e’lon qildi. Uning aytishicha, sulh tuzish masalasi “kun tartibida emas”.

Pokiston hujjatsiz afg‘onlarni ommaviy deportatsiya qilishni boshladi
2 noyabr 2023, 20:50

Pokiston hujjatsiz afg‘onlarni ommaviy deportatsiya qilishni boshladi

Pokiston mamlakatda noqonuniy yashayotgan xorijliklarni deportatsiya qilishni boshladi. Ularning aksariyati Afg‘onistondan. BMT mamlakat hukumatini “inson huquqlari sohasidagi halokat”ning oldini olish uchun afg‘onlarni majburan chiqarib yuborishdan voz kechishga chaqirdi.

Xitoy va AQSh yadroviy qurol ustidan nazorat bo‘yicha uchrashuv o‘tkazadi
2 noyabr 2023, 20:17

Xitoy va AQSh yadroviy qurol ustidan nazorat bo‘yicha uchrashuv o‘tkazadi

Xitoy va AQSh rasmiylari uzoq vaqtdan buyon ilk bor yadroviy qurol ustidan nazorat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi. Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoy bilan “beqarorlashtiruvchi uch tomonlama qurollanish poygasi”ning oldini olishga intilmoqda, deb yozadi WSJ.

Germaniya sudi Usmonovga qarshi ish doirasida olib qo‘yilgan mol-mulkni qaytarish bo‘yicha qaror chiqardi
2 noyabr 2023, 10:22

Germaniya sudi Usmonovga qarshi ish doirasida olib qo‘yilgan mol-mulkni qaytarish bo‘yicha qaror chiqardi

Frankfurt-Mayn sudi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga nisbatan olib borilgan tergov davomida olib qo‘yilgan mol-mulklarni egalariga qaytarishni belgiladi. Sud may oyida tintuvlarni noqonuniy deb topgandi.

Makronning Ostonaga tashrifi: Qozog‘iston va Fransiya nimalarga kelishib oldi?
1 noyabr 2023, 22:47

Makronning Ostonaga tashrifi: Qozog‘iston va Fransiya nimalarga kelishib oldi?

Emmanuel Makronning Ostonaga tashrifi chog‘ida strategik minerallar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi. Qasim-Jomart Tokayev, shuningdek, Qozog‘iston Fransiyaga neft eksportini ko‘paytirishga tayyorligini va uran yetkazib berishda katta imkoniyatlar ko‘rayotganini ta’kidladi.

Misr evakuatsiya uchun G‘azo bilan chegaradagi o‘tkazish punktini ochdi
1 noyabr 2023, 16:19

Misr evakuatsiya uchun G‘azo bilan chegaradagi o‘tkazish punktini ochdi

Misr evakuatsiya qilish uchun G‘azo sektori bilan chegaradagi Rafah nazorat-o‘tkazish punktini ochdi. 400 ga yaqin xorijlik hamda 90 ga yaqin og‘ir yarador hududdan olib chiqilishi kutilmoqda. Bir kun avval Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga aviazarba berishi oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘lgandi.

Collins lug‘ati AI — “sun’iy intellekt”ni yil so‘zi deb topdi
1 noyabr 2023, 14:39

Collins lug‘ati AI — “sun’iy intellekt”ni yil so‘zi deb topdi

Collins English Dictionary tuzuvchilari yil so‘zi sifatida sun’iy intellekt (artificial intelligence)ning qisqartmasi bo‘lgan AI atamasini tanladi. Nepo baby, ultra-processed va debanking so‘zlari ham yil so‘zi uchun da’vogarlar orasida qayd etildi.

UNICEF: G‘azo bolalar qabristoniga aylandi
31 oktabr 2023, 21:13

UNICEF: G‘azo bolalar qabristoniga aylandi

UNICEF Falastinning G‘azo sektori bolalar uchun qabristonga aylanganini ma’lum qildi. Bugungi kungacha anklavda 3,4 mingdan ziyod voyaga yetmaganlar halok bo‘ldi.

Isroildagi ayrim o‘zbekistonliklar vatanga qaytishni xohlamayapti — TIV vakili
31 oktabr 2023, 17:09

Isroildagi ayrim o‘zbekistonliklar vatanga qaytishni xohlamayapti — TIV vakili

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Isroildagi 10,5 mingdan ziyod o‘zbekistonliklarning aksariyati keksa yoshdagilarga xizmat ko‘rsatishini va ular O‘zbekistonga qaytishni xohlamayotganini bildirdi. U fuqarolarning moddiy qiyinchiliklar sabab o‘sha sharoitda qolib ishlashga majbur bo‘layotganini aytdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting