Jahon

Moskva maktablarida ikki haftalik ta’til e’lon qilindi
29 sentabr 2020, 14:43

Moskva maktablarida ikki haftalik ta’til e’lon qilindi

Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli maktab ta’tili davomiyligini ikki haftagacha uzaytirdi. Bolalar bog‘chalari esa «odatdagi jadval bo‘yicha» ishlashda davom etadi.

Jahonda koronavirus qurbonlarining soni 1 mln dan oshdi
29 sentabr 2020, 11:06

Jahonda koronavirus qurbonlarining soni 1 mln dan oshdi

Dunyo bo‘ylab COVID-19 kasalligidan vafot etgan bemorlarning soni 1 mln dan oshdi. Mamlakatlar orasida eng ko‘p qurbon AQSH (205 ming kishi), Braziliya (142 ming) va Hindistonga (96 ming) to‘g‘ri kelmoqda.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashmoqda
28 sentabr 2020, 15:30

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashmoqda

Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar yana kuchaymoqda. Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashishi oqibatida bir kun ichida ushbu hududda o‘nlab tinch aholi vakillari, shuningdek, har ikkala tomondan ham ko‘plab harbiylar halok bo‘lgan. BMT, Yevropa Ittifoqi va bir qator mamlakatlarning ikkala tomonni harakatlarni to‘xtatib, muzokaralar yo‘liga o‘tishga chorlashiga qaramasdan, vaziyat haligacha keskinligicha qolmoqda.

Xarkov yaqinida An-26 qulashi natijasida 25 kishi halok bo‘ldi
26 sentabr 2020, 13:00

Xarkov yaqinida An-26 qulashi natijasida 25 kishi halok bo‘ldi

Xarkov viloyatida An-26 harbiy samolyoti qulab tushdi. Bortda Ukraina harbiy havo kuchlari universiteti kursantlari va ekipaj bor edi. 25 kishi vafot etdi, yana ikki kishi og‘ir jarohat oldi.

Hukumatlar moliyaviy jinoyatlar tufayli yuzlab milliard dollar yo‘qotishmoqda — BMT
25 sentabr 2020, 18:50

Hukumatlar moliyaviy jinoyatlar tufayli yuzlab milliard dollar yo‘qotishmoqda — BMT

Mablag‘larning noqonuniy yo‘l bilan chet elga olib chiqarilishi sababli hukumatlar har yili ijtimoiy rivojlanishga sarflanishi mumkin bo‘lgan 500 mlrd dollar miqdorda pul yo‘qotishadi. Mamlakatlar rasmiylari korrupsiya va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi qat’iyroq kurashishlari kerak, deyishmoqda BMT ekspertlari.

Telegram tarmog‘ida nosozliklar kuzatildi
25 sentabr 2020, 16:44

Telegram tarmog‘ida nosozliklar kuzatildi

Downdetector xizmatining ma’lum qilishicha, Rossiya, Belarus, Ukraina, Germaniya, Italiya, Estoniya, Latviya, Fransiya, Vengriya va qisman O‘zbekiston hududlarida Telegram tarmog‘ida nosozliklar kuzatildi. Xabar berilishicha, hozirda tarmoq faoliyati barqaror holatga qaytgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
24 sentabr 2020, 19:48

Jahon yangiliklari dayjesti

Yana bir arab davlatining Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashi, koronavirusning odam miyasiga salbiy ta’siri, Donald Trampning hokimiyatni topshirish to‘g‘risidagi fikri va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Minsk: inauguratsiya va norozilik namoyishlari
24 sentabr 2020, 19:33

Minsk: inauguratsiya va norozilik namoyishlari

Slovakiya, Litva va Germaniya Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasini tan olmasliklarini e’lon qilgan birinchi Yevropa davlatlari bo‘ldi. Inauguratsiya yakunlangach, Minskda va bir qator shaharlarda darhol norozilik namoyishlari boshlandi.

Qozog‘istonning to‘rtta hududida parranda grippi tarqaldi
24 sentabr 2020, 13:16

Qozog‘istonning to‘rtta hududida parranda grippi tarqaldi

Qozog‘istonning to‘rtta hududida parranda grippi tarqalayotgani rasman tasdiqlandi. Infeksiya umumiy suv havzalari orqali tarqalgan bo‘lib, fabrikalarda va shaxsiy tomorqalarda hammasi bo‘lib 54 ming parranda nobud bo‘lgan.

Qozog‘istonda o‘lim jazosi bekor qilindi
24 sentabr 2020, 11:14

Qozog‘istonda o‘lim jazosi bekor qilindi

Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha xalqaro protokolga qo‘shildi. Mamlakatda ushbu jazoni qo‘llash 2003 yildan beri to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 sentabr 2020, 19:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Aleksandr Lukashenkoning e’lon qilinmagan inauguratsiyasi, 2020 yilning eng obro‘li shaxslari (Time), “Yandeks"ning yirik xaridi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida o‘zbek tilida nutq so‘zladi
23 sentabr 2020, 19:20

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida o‘zbek tilida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zladi. O‘zbekiston prezidenti Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi. Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi muammolarga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlab, mamlakat Afg‘onistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilishini ta’kidladi.

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisiga sud hukmi o‘qildi
23 sentabr 2020, 17:12

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisiga sud hukmi o‘qildi

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Yerik Utembayevga ikki yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Diplomat ikki yil muqaddam lavozimidan chetlashtirilgan va Toshkentdagi elchixona qurilishida juda katta miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlangan edi.

Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti sifatida o‘z lavozimiga kirishdi
23 sentabr 2020, 15:24

Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti sifatida o‘z lavozimiga kirishdi

Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti sifatida o‘z lavozimiga kirishdi. Inauguratsiya marosimi avvaldan e’lon qilinmasdan boshlandi va efirlarda uzatilmadi.

Pandemiya davrida jahondagi vaziyat
22 sentabr 2020, 20:40

Pandemiya davrida jahondagi vaziyat

Madridda qisman karantin choralari joriy qilinmoqda. Buyuk Britaniyada karantin olti oygacha davom etishi ehtimolligi aytilmoqda. Rossiyada yangi karantin choralari qo‘llanilmasligi ma’lum bo‘ldi. Koronavirus pandemiyasiga oid dunyo yangiliklari.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 sentabr 2020, 20:12

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSH va Xitoy o‘rtasidagi «savdo urushi» ning natijalari, BMT bosh kotibining qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatishga chaqirgani, Airbusdan yangi samolyotlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Global YAIM 2021 yil o‘rtalarida pandemiyagacha davrdagi darajasiga qaytadi — Deutsche Bank
22 sentabr 2020, 15:56

Global YAIM 2021 yil o‘rtalarida pandemiyagacha davrdagi darajasiga qaytadi — Deutsche Bank

Jahon YAIM hajmi 2021 yil o‘rtalariga borib pandemiyagacha davrdagi darajaga qaytishi kutilmoqda. Deutsche Bank bu boradagi prognozlarini e’lon qildi.

JSST COVID-19 yuqtirish holatlari bo‘yicha haftalik rekord o‘rnatilganini e’lon qildi
22 sentabr 2020, 15:38

JSST COVID-19 yuqtirish holatlari bo‘yicha haftalik rekord o‘rnatilganini e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 yuqtirish holatlari bo‘yicha haftalik rekord o‘rnatilganini e’lon qildi — bir haftada 2 mln kishi infeksiya yuqtirgan. Kasallanganlarning katta qismi Shimoliy va Janubiy Amerikaga to‘g‘ri keladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 sentabr 2020, 19:20

Jahon yangiliklari dayjesti

JSStning vaksina uchun Rossiyaga minnatdorchiligi, Belarusda namoyishchilarning hibsga olinishi, Nikola asoschisining kompaniyani tark etishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
18 sentabr 2020, 20:19

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarus chegaralarining yopilishi, Ukraina sobiq prezidentiga qarshi jinoy ishlar, Jo Baydenning Rossiya to‘g‘risida fikri va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting