Zoom platformasida saqlangan minglab videolar Youtube va Vimeo platformalariga chiqib ketdi. Ular orasida foydalanuvchilarning shaxsiy raqamlari va ma’lumotlari, kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari e’lon qilingan videolar ham bor. Kompaniya oxirgi oyda kuniga 200 mln kishi platformadan foydalanayotganligini ma’lum qilgan edi.
Zoom platformasida saqlangan minglab videolar ochiq internet tarmoqlariga yuklandi. Ular orasida foydalanuvchilarning shaxsiy raqamlari va ma’lumotlari, kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari e’lon qilingan videolar ham bor. Kompaniya oxirgi oyda kuniga 200 mln kishi platformadan foydalanayotganligini ma’lum qilgan edi.
NATOga a’zo davlatlar Shimoliy Makedoniyani harbiy ittifoqning o‘ttizinchi a’zosi sifatida qutlab olishdi. Mamlakat o‘z nomini o‘zgartirgandan keyin bu imkoniyatga ega bo‘ldi.
Jahon banki Afg‘onistonga COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 100,4 million dollarlik grantni ma’qulladi. Bundan tashqari, Tojikiston va Qirg‘izistonga mos ravishda 11,3 va 12,15 million dollar ajratiladi.
O‘zbekiston Afg‘oniston rahbariyatining inklyuziv muzokara jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi kelishuvini olqishladi. Avvalroq prezident Ashraf G‘ani va uning siyosiy raqibi Abdulloh Abdulloh o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sababli Tolibon bilan o‘zaro kelishuv va mahbus almashuvi bo‘yicha muzokaralar qoldirilgan edi.
Qirg‘izistonda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar qoniqarsiz tashkillashtirilganligi uchun bosh vazirning o‘rinbosari Oltinoy Omurbekova va Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev o‘z lavozimlaridan ozod etildi.
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi pandemiya sababli grechka, guruch, javdar, kungaboqar urug‘i va boshqa mahsulotlar eksportini taqiqladi.
GM, Ford, Tesla va bir qator yirik AQSH kompaniyalari COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar uchun sun’iy nafas uskunalari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Gonkong universiteti olimlari COVID-19 koronavirusi qaysi darajada faol bo‘lishi va necha darajada o‘z kuchini yo‘qotishini aniqladi. Bundan tashqari, virusning plastik va po‘lat yuzalarda qancha muddat saqlanishi ma’lum bo‘ldi.
Donald Tramp Amerika tarixida eng yirik miqdordagi iqtisodiy rag‘batlantirish qonuniga qo‘l qo‘ydi. Qonun koronavirusning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan. Unga ko‘ra, past va o‘rta daromadga ega fuqarolar bir marotabalik to‘lov tarzida 1200 dollar olishadi. Har bir yosh bola uchun qo‘shimcha 500 dollar berilishi belgilangan.
Xitoy hududida koronavirus tarqalishi to‘xtadi. Kasallanganlar va davolanayotganlar soni — 3000 nafardan kamroq.
Moskvaning barcha aholisi uchun umumxalq o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi joriy etildi. Yashash joyini faqatgina ishga, yaqin do‘kon yoki dorixonaga borish, tez tibbiy yordam uchun murojaat qilish maqsadida tark etish mumkin. Maxsus ruxsatnoma bo‘lsagina ko‘chaga chiqishga ruxsat etiladi.
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi bosh vaziri Boris Jonsonning koronavirusga qarshi test natijalari ijobiy bo‘lib chiqdi. Endi u karantindan turib hukumatni boshqaradi.
AQSH tasdiqlangan koronavirus holatlari soni bo‘yicha Xitoy va Italiyani ortda qoldirgan holda birinchi o‘ringa chiqdi. Prezident Donald Tramp buni ommaviy tekshiruv o‘tkazilgani bilan bog‘ladi.
Hindiston hukumati butun mamlakat bo‘ylab «mutlaq» karantin e’lon qildi, butun aholiga — qariyb 1,4 mlrd kishiga — har qanday sabab bilan uyni tark etish taqiqlandi.
XVJ bosh direktori koronavirusning dunyo iqtisodiyotiga yetkazadigan zararini kamaytirish maqsadida favqulodda moliyalashtirishni kuchaytirish va 1 trln dollarlik kredit ajratishga tayyorligini bildirdi.
Xitoyning Xubey provinsiyasida epidemiologik vaziyat yaxshilandi, hududda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda. 25 mratdan provinsiya, 8 apreldan esa ma’muriy markazi Uxan chegaralari ochiladi.
Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 90 foizdan ziyodi sog‘aydi. Hozirda shifoxonalarda 4735 nafar bemor qolgan.
World Happiness Report hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida uch pog‘onaga ko‘tarilib, 38-o‘rinni egalladi. Toshkent — aholisi eng optimist shahar bo‘ldi.
Rossiyada koronavirus aniqlangan bemorlar orasida birinchi o‘lim holati qayd etildi. Operativ shtab uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting