AQSh joriy haftada Rossiyaga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni sezilarli darajada kengaytiradi. Bunda Rossiya mudofaa kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan RF tashkilotlari bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi har qanday xorijiy bank ishi ko‘rib chiqiladi.
Global isish vino, zaytun moyi, kofe va kakao ishlab chiqarish sharoitlarini buzmoqda, bu esa ularning jahondagi narxlari oshishiga olib kelmoqda, deb yozdi Wall Street Journal. Issiqlik va qurg‘oqchilik ta’sirida so‘nggi yillarda bu mahsulotlarning narxi kamida ikki baravar qimmatladi.
AQSh prezidentining o‘g‘li Hanter Bayden qurol-yarog‘ saqlash qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. U 25 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Jo Bayden o‘g‘lini qo‘llab-quvvatladi.
Malavi (Afrika) vitse-prezidenti Saulos Chilima va yana 9 kishi bo‘lgan samolyot qulab, bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi. 10 yildan beri ushbu lavozimda ishlab kelgan Chilima navbatdagi saylovlarda prezidentlikka nomzod bo‘lishi kutilayotgandi.
BMT Xavfsizlik kengashi AQSh prezidenti Jo Baydenning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish rejasiga rozilik bildirishga chorlovchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi. Ovoz berishda qatnashgan mamlakatlarning 14 tasi hujjatni yoqladi.
Telegram asoschisi Pavel Durov yozda Markaziy Osiyoga kelishni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, sayohatdan maqsad — odamlar Telegram`dan qanday foydalanishi va ularning raqamli ehtiyojlari qanday ekanini o‘rganish.
Rossiyaning Xarkov viloyatida yangi front ochishga urinishi “boshi berk ko‘chaga kirdi” va Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish qayta tiklanishi fonida “Rossiya yutug‘i uchun oynalar yopilib bormoqda”, — deb yozmoqda Bloomberg nashri.
Qozog‘istonning Olmaota shahrida noqonuniy migratsiya bo‘yicha reydlarda 27 nafar o‘zbekistonlik ushlandi. Ulardan 3 nafariga ma’muriy javobgarlik tayinlandi, qolganlari ish joyiga qaytarildi. Mamlakat bo‘ylab migratsiya huquqbuzarliklarini aniqlash maqsadida “Nelegal-2024” reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksenga Kopengagenda bir erkak hujum uyushtirdi. Uning ahvoli yaxshi ekani, ammo voqeadan “juda hayratda” ekani qayd etildi. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kasaba uyushmasi kompaniyaning 55 yillik tarixida birinchi marta ish tashlash uyushtirdi. Xodimlar ish haqini oshirishga harakat qilmoqda.
AQSh “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan o‘nlab Gruziya fuqarolariga, jumladan, Gruziya parlamenti a’zolari va xavfsizlik xodimlariga nisbatan viza cheklovlarini joriy qildi. Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi vakili “hech kim sanksiyalardan qo‘rqmaydi”, deya javob qaytardi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol keyingi haftada davlat tashrifi bilan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonga keladi. Tashriflar 10−15-iyun oralig‘ida bo‘lib o‘tadi va Koreya yetakchisiga mamlakat birinchi xonimi hamrohlik qiladi.
Rossiya 2022-yilda bosqin boshlanganidan beri Ukraina elektr stansiyalarining yarmidan ko‘pini ishdan chiqardi yoki egalladi va bu orqali mamlakat energiya ishlab chiqarish quvvati 20 GVt dan pastga tushib ketdi, deb yozdi Financial Times.
Oxirgi 12 oy ichida global harorat kuzatuvlar tarixidagi eng yuqorisi bo‘ldi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatlarni shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi. “Iqlim jahannamiga olib boradigan yo‘ldan chiqishimiz kerak”, — dedi u.
Financial Times Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi rahbariyati uchun tayyorlangan hisobotga tayanib, korxonaga gaz savdosini urushgacha bo‘lgan hajmga qaytarish uchun kamida 10 yil vaqt kerak bo‘lishini yozdi. Hisobot mualliflari davlatning sezilarli yordamisiz yangi bozorlarni topish qiyin bo‘lishini aytgan.
Ukrainadagi ikki yillik urush davomida 210 mingga yaqin turli bino, jumladan, 900 dan ortiq maktab, kasalxona va cherkovlar shikastlangan yoki vayron bo‘lgan, deyiladi New York Times tahlilida. Harbiy harakatlardan eng ko‘p jabr ko‘rgan shaharlar Mariupol, Xarkov, Irpen, Rubejnoye va Marinka bo‘ldi.
Hindistonda dunyodagi eng yirik parlament saylovlari natijalari sarhisob qilindi. Narendra Modi uchinchi bor bosh vazir lavozimini egallaydi, biroq uning partiyasi parlamentdagi mutlaq ustunlikni yo‘qotdi va endi koalitsion hukumat tuzishga majbur.
AQSh prezidenti Jo Bayden Meksikadan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarga boshpana berishni vaqtincha taqiqladi. Bu choralar ularni deportatsiya qilishni osonlashtiradi, dedi Oq uy. Taqiq AQSh janubiy chegarasidagi tirbandlik yuzaga kelgan davrda ham amal qiladi.
Yaponiyada Toyota, Suzuki, Mazda, Honda va Yamaha kompaniyalari ishtirokida mojaro kelib chiqdi. Rasmiylar kompaniyalar avtomobil sertifikati ma’lumotlarini soxtalashtirganini aniqladi. Konsernlar ba’zi modellarni yetkazib berishni to‘xtatdi.
Meksikadagi prezidentlik saylovlarida hukmron partiya vakili, fizik olim Klaudiya Sheynbaum g‘alaba qozondi. U mamlakatning 200 yillik tarixida davlat rahbari lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting