Abxaziyada Rossiya bilan “investitsiya bitimi” ratifikatsiya qilinishiga qarshi namoyishchilar hukumat binolarini egalladi. Buning fonida prezident Aslan Bjaniya iste’foga chiqishga tayyorligini bildirdi. Ammo namoyishchilar uning shartlarini qabul qilmayapti. To‘qnashuvlarda o‘ndan ortiq kishi jarohatlangan.
Donald Tramp 27 yoshli Kerolayn Livittga Oq uy matbuot kotibi lavozimini berdi. U mazkur xizmat tarixidagi eng yosh rahbar bo‘ladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Olaf Shols 2022-yil dekabrdan buyon ilk bor telefon orqali gaplashdi. Shols Putinni urushni to‘xtatishga va qo‘shinlarni olib chiqishga chaqirdi. Kansler suhbat haqida Ukraina prezidentini ogohlantirgan, Zelenskiy esa Sholsni muloqot qilmaslikka chaqirgan.
Oktabr oxirida Isroilning Eronga hujumi Tehron yaqinidagi yadroviy qurol ishlab chiqish bo‘yicha maxfiy markazni vayron qildi va Eronning yadroviy tadqiqotlarni qayta boshlash borasidagi sa’y-harakatlariga “sezilarli darajada putur yetkazdi”, deb yozmoqda Axios.
Estoniya adliya va raqamli texnologiyalar vaziri mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, jumladan, pul yetishmovchiligi tufayli jinoyatchilik 4 foizga ortganini ma’lum qildi. Bunda oziq-ovqat va velosiped o‘g‘irlash soni eng ko‘p o‘sgan. Mamlakat inflyatsiya bo‘yicha Yevrohududda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kelgusi haftada mamlakat uchun urush davridagi “matonat rejasi”ni taqdim etishini bildirdi. U o‘nta bandni, jumladan, Ukrainaning “madaniy suvereniteti”, xavfsizlik, energetika va qurol-yarog‘ va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Milliarder Ilon Mask saylangan prezident Donald Trampga deyarli doim yaqin bo‘lib, qarorlariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. Bu siyosatchi atrofidagilarni g‘azablantira boshlagan, ularga ko‘ra, Mask “o‘zini hamprezidentdek tutyapti”, Trampni “o‘zidan qarzdor his qildirish”ga harakat qilyapti, deb yozdi NBC.
Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlariga qonuniy migratsiya 2023-yilda rekord darajaga yetdi. Migrantlar oqimi ularga inflyatsiya inqirozidan chiqishga yordam bermoqda, ammo saylovchilarning noroziligini ham keltirib chiqarmoqda, bu esa saylov natijalariga ta’sir qilmoqda, deb yozdi Financial Times.
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden Oq uydagi Oval kabinetda saylangan prezident Donald Tramp bilan uchrashdi. Bayden, avval ham aytilganidek, hokimiyatni topshirish silliq kechishiga ishontirdi.
Inflyatsiyaning o‘sishi rivojlangan mamlakatlar aholisining noroziligini keltirib chiqarib, hukumatga bo‘lgan ishonchga putur yetkazmoqda. Saylovchilarning iqtisodiy vaziyatdan hafsalasi pir bo‘lishi Trampning AQShdagi g‘alabasi hamda Britaniya va Yaponiya hukmron partiyalarining mag‘lubiyatiga olib keldi, deb yozadi FT.
Ukrainada prezident saylovi uchun “ma’lum tayyorgarliklar” boshlandi, muhokama qilinayotgan sana — 2025-yil 25-may, deb yozmoqda Economist nashri. Ukraina prezidenti ofisi buni rad etmoqda.
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp o‘zining yangi ma’muriyatini shakllantirmoqda. Davlat kotibi lavozimini Trampning ishonchli vakili Marko Rubio egallashi kutilmoqda. Saylovoldi kampaniyasini de-fakto boshqargan Syuzan Uayls esa Oq uy ma’muriyati rahbari bo‘ladi. Tafsilotlar.
Donald Tramp uni saylov chog‘ida qo‘llab-quvvatlagan Ilon Maskni hukumatning samaradorlik departamenti yangi rahbari etib tayinladi. Tramp, shuningdek, Pentagon rahbari lavozimiga Fox News boshlovchisi nomzodini ilgari surdi.
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallash maqsadida ommaviy tartibsizliklar uyushtirmoqchi bo‘lgan 7 kishi qo‘lga olindi. Ular orasida Qirg‘izistonda tug‘ilganlar va chet elliklar bor.
Xitoyning Chjuxay shahrida avtomobil odamlar orasiga kirib bordi. Oqibatda 35 kishi halok bo‘ldi, 43 kishi jarohatlandi. Avtomobilni boshqargan 62 yoshli erkak ushlandi, u oilaviy muammo sababli shunday qilgani aytilmoqda.
Ukraina taklif etgan “g‘alaba rejasi”ning ikkita bandi Donald Tramp uchun maxsus ishlab chiqilgan, deb yozadi Financial Times. Ukraina resurslaridan birgalikda foydalanish va Yevropadagi AQSh qo‘shinlarini ukrainlarga almashtirish bandlari shular jumlasidan.
PM2,5 dispersli zarrachalarining uzoq muddatli ingalyatsiyasi astmaning rivojlanish xavfini oshiradi, buning bolalarga ta’siri ancha kuchliroq, deyiladi xalqaro tadqiqot guruhi tahlilida.
Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi rahbari Shigeru Ishiba ikkinchi bosqichda ovoz berish natijalariga ko‘ra bosh vazir etib saylandi. 1-oktabrda Ishiba siyosatga “jamoatchilikning ishonchi pastligi” tufayli Fumio Kishidaning o‘rniga bosh vazir lavozimiga kelgandi va o‘shanda saylov o‘tkazish niyatini e’lon qilgandi.
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollarlik aktivlar davlat daromadiga o‘tdi, ularning egalari boylikning qonuniyligini isbotlay olmagan. Rasmiylar mablag‘ning sport obyektlari qurilishiga sarflanishini ma’lum qildi.
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi va uni Ukrainadagi eskalatsiyadan qochishga chaqirdi, deb yozmoqda Washington Post. Kreml suhbat bo‘lganini rad etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting