Jahon

Ukrainada harbiy holat e’lon qilindi
24 fevral 2022, 11:31

Ukrainada harbiy holat e’lon qilindi

Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga ovoz berdi. Ayni paytda Kiyev va boshqa shaharlarda bombapanohlar ochilgan. Ukrainadagi vaziyat.

Rossiya janubidagi 12 ta aeroport vaqtincha yopildi
24 fevral 2022, 11:04

Rossiya janubidagi 12 ta aeroport vaqtincha yopildi

Ukraina atrofidagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Rossiya janubidagi 12 ta aeroport faoliyati 2 martga qadar to‘xtatildi. RF Ukraina bilan chegara hududlarining havo kengliklari fuqaro aviatsiyasi uchun yopilganini e’lon qildi.

NATO Ukrainadagi vaziyat jiddiylashuvi fonida shoshilinch yig‘ilish chaqirmoqda
24 fevral 2022, 10:33

NATO Ukrainadagi vaziyat jiddiylashuvi fonida shoshilinch yig‘ilish chaqirmoqda

NATOga a’zo davlatlar vakillar payshanba kuni ertalab Ukraina atrofidagi vaziyatning keskinlashuvi tufayli shoshilinch yig‘ilish chaqirish qarorini qabul qildi. Sal avval NATO rahbari Yens Stoltenberg RFning Ukrainadagi harakatlarini qoralashi haqida bayonot bilan chiqqan edi.

BMT bosh kotibi Vladimir Putinga murojaat qilib, Rossiya qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketishni so‘radi
24 fevral 2022, 10:21

BMT bosh kotibi Vladimir Putinga murojaat qilib, Rossiya qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketishni so‘radi

24 fevralga o‘tar kechasi BMT xavfsizlik kengashi Ukraina atrofidagi mojarolarga bag‘ishlangan yig‘ilishni chaqirdi. BMT bosh kotibi o‘z chiqishida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaga bostirib kirishni to‘xtatishni, «tinchlikka imkon berishini» so‘ragan va tinchlik o‘rnatishga chaqirgan.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni boshladi
24 fevral 2022, 09:17

Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni boshladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e’lon qildi, biroq Ukrainaning Kiyev, Xarkov va boshqa shaharlarida ham portlashlar boshlandi. Bu Rossiya tomoni Ukrainaga bostirib kirishni boshlaganiga ishora qilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush boshlanishidan oldin rossiyaliklarga murojaat qilib, yana bir marotaba tinchlikka chorladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 fevral 2022, 22:57

Jahon yangiliklari dayjesti

Ukrainada sodir bo‘lgan oxirgi yangiliklar, Putin va Erdog‘an Ukraina sharqidagi mojaroni muhokama qilgani, Shimoliy Koreya AQShni Yaponiyani Rossiyaga qarshi kampaniyaga jalb qilishda ayblayotgani, 24 fevral kuni Bryusselda Ukraina bo‘yicha Yevropa Ittifoqining favqulodda sammiti bo‘lib o‘tishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Markaziy Osiyo davlatlari va YeI Afg‘oniston hokimiyatini tan olish bo‘yicha birgalikda qaror qiladi — Ismatulla Irgashev
23 fevral 2022, 17:24

Markaziy Osiyo davlatlari va YeI Afg‘oniston hokimiyatini tan olish bo‘yicha birgalikda qaror qiladi — Ismatulla Irgashev

Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston muammosiga, xususan, mamlakatning muvaqqat hukumatini tan olish bo‘yicha umumiy yondashuv bo‘lishiga kelishib oldi, dedi Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Ismatulla Irgashev. Ammo hozircha bu borada hech qanday qaror yo‘q.

BMT Nizomi tamoyillarini tanlab qo‘llash mumkin emas — BMT bosh kotibi
23 fevral 2022, 14:08

BMT Nizomi tamoyillarini tanlab qo‘llash mumkin emas — BMT bosh kotibi

«Bir davlat qo‘shinlari boshqa davlat hududiga uning roziligisiz kirsa, ularni tinchlikparvarlar deb hisoblab bo‘lmaydi», — dedi BMT bosh kotibi Ukraina sharqidagi voqealar haqida. U Rossiya tomonidan ko‘rilayotgan bir tomonlama choralarni BMT Nizomi tamoyillariga zid deb atadi.

Rossiya DXR va LXRni tan olganiga G‘arb qanday javob qaytardi
23 fevral 2022, 11:34

Rossiya DXR va LXRni tan olganiga G‘arb qanday javob qaytardi

AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi DXR va LXR mustaqilligini tan olishiga javoban Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Qanday cheklovlar kiritilishi rejalashtirilgan yoki kiritilgani haqida «Gazeta.uz» ning qisqacha tahlilida.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 fevral 2022, 23:25

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan oldi. Jahon hamjamiyatining bunga munosabati hamda DXR va LXRning tan olinishi ortidan Rossiyaga qarshi qo‘llanilayotgan sanksiyalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qozog‘istondagi mitinglar sabab 14 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
22 fevral 2022, 17:57

Qozog‘istondagi mitinglar sabab 14 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

Qozog‘istonda ro‘y bergan ommaviy tartibsizliklar sabab hibsga olinganlarning 18 nafarini xorij fuqarolari, shu jumladan 14 nafarini o‘zbekistonlik tashkil etmoqda, deb xabar berdi Qozog‘iston ombudsmani.

Qozog‘iston Ukrainadagi vaziyat oqibatlariga qarshi ta’sir choralarini ko‘rish rejasini ishlab chiqmoqda
22 fevral 2022, 16:33

Qozog‘iston Ukrainadagi vaziyat oqibatlariga qarshi ta’sir choralarini ko‘rish rejasini ishlab chiqmoqda

Qozog‘iston prezidenti «harbiy-siyosiy va sanksiya qarama-qarshiligi natijasida xalqaro vaziyatning muqarrar yomonlashuvining salbiy oqibatlari»ga tezkorlik bilan ta’sir choralarini ko‘rish uchun inqirozga qarshi rejani ishlab chiqishni topshirdi.

Ukraina atrofidagi vaziyat fonida jahon bozorlari «quladi»
22 fevral 2022, 16:33

Ukraina atrofidagi vaziyat fonida jahon bozorlari «quladi»

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan DXR va LXRlarni tan olish haqidagi farmoni ortidan jahon bozorlari «quladi». Moskva birjasi 2008 yilning noyabridan beri eng shiddatli pastlashni boshdan kechirdi.

«Biz o‘zimizning zaminimizdamiz. Biz hech narsadan va hech kimdan qo‘rqmaymiz» — Vladimir Zelenskiy
22 fevral 2022, 10:26

«Biz o‘zimizning zaminimizdamiz. Biz hech narsadan va hech kimdan qo‘rqmaymiz» — Vladimir Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning DXR va LXR mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi qarori mamlakat hududiy yaxlitligini buzishini, biroq Ukraina provokatsiyalarga berilmasligini aytdi. «Biz hech narsadan va hech kimdan qo‘rqmaymiz. Hozir 2014 yilning fevrali emas, 2022 yilning fevrali. Bu boshqa davlat. Boshqa armiya», — deb bayonot berdi u.

Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan oldi. Jahon hamjamiyatining munosabati
22 fevral 2022, 08:11

Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan oldi. Jahon hamjamiyatining munosabati

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Zelenskiy shu kecha qilgan videomurojaatida «Rossiyaning xatti-harakatlaridan qat’i nazar» xalqaro miqyosda tan olingan Ukraina chegaralari «shundayligicha qolishini» qayd etdi. Jahon hamjamiyati Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash masalasini kun tartibiga qo‘ydi.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 fevral 2022, 23:00

Jahon yangiliklari dayjesti

Jo Baydening Rossiya Ukrainaga hujum qilmasa, Putin bilan uchrashishga rozi bo‘lgani, Yaponiyada mamlakatdagi ilk vodorod poyezdi sinovdan o‘tkazilgani, Ozarbayjon Armanistonning sobiq prezidentlari Kocharyan va Sargsyanga qidiruv e’lon qilgani, DXR va LXR Rossiyadan respublikalarning mustaqilligini tan olishini so‘ragani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Pekin-2022 qishki Olimpiada o‘yinlari nihoyasiga yetdi
20 fevral 2022, 20:11

Pekin-2022 qishki Olimpiada o‘yinlari nihoyasiga yetdi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax 24-Olimpiada o‘yinlari yakunlanganini tantanali e’lon qildi. Bu yilgi o‘yinlarda umumjamoa hisobida 37 ta medal bilan Norvegiya yetakchi bo‘ldi. Jamoaviy natijalarga ko‘ra, 2-o‘rinni Germaniya va 3-o‘rinni Xitoy Xalq Respublikasi egalladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
18 fevral 2022, 22:42

Jahon yangiliklari dayjesti

DXR hukumatining aholini Rossiyaga ommaviy evakuatsiya qilish boshlanganini e’lon qilgani, Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligining badavlat muhojirlar uchun «oltin viza» dasturini to‘xtatgani, Kanadada politsiya namoyishchilarni hibsga olishni boshlagani, Bitkoin narxining 40 ming dollardan pastlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
17 fevral 2022, 22:39

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSh Rossiyadan xavfsizlik choralari bo‘yicha javobni qabul qilgani, Donbassda sukunat rejimini buzish holatlari keskin oshgani, Turkmaniston prezidentligiga ikkinchi nomzodning ma’lum qilingani, Belgiyada to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tilishi mumkinligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 fevral 2022, 22:48

Jahon yangiliklari dayjesti

Ukraina atrofida sodir bo‘layotgan so‘nggi yangiliklar, Londonda shahzoda Charlzga aloqador saudiyalik tadbirkorga nisbatan tergov boshlangani, Tailand potaxti Bangkok shahrining rasmiy nomi o‘zgargani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting