Chilonzor tumanidagi Atlas savdo majmuasida maishiy texnikalarga katta chegirma e’lon qilingandan so‘ng 18 mingga yaqin fuqarolar majmua oldida to‘plangan. Natijada tirbandlik va tiqilinchlar yuzaga kelgan. Tiqilinchda bir nafar ayol xushidan ketgan. Toshkent shahar IIBB do‘kon yopilganligini va sotuv bo‘lmasligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sur’ati Ukrainadagi urush tufayli sezilarli darajada sekinlashadi, biroq yanada samaraliroq budjet xarajatlari va yashil moliyalashtirish kelgusida o‘sishning tezlashishiga xizmat qilishi mumkin. Osiyo taraqqiyot banki o‘z prognozlariga tayangan holda, beqarorlik va risklar davrida hukumatlarga budjet-soliq siyosati bilan bog‘liq tavsiyalar bermoqda.
Jizzaxdagi seldan talofat ko‘rgan uylardan birining egasi Isroil Aliyev «Gazeta.uz»ga sel qanday kelgani haqida so‘zlab berdi. «Uydan eshikni ochib qarasam, oldimda 2 metr balandlikdagi suv turganini ko‘rdim. Suv pasayguncha shunday jon saqlab turdik», — dedi u. Favqulodda vaziyatlar vaziri xotini va bolasini qutqarib qolgan Isroilni «qahramon» deb atadi. Isroil Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyat vakillari uysiz qolgan aholiga 3 xonali uy qurib berishini aytgan.
Shavkat Mirziyoyev yangi Ko‘kdala tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda insonlar farovonligi va ertangi kunga ishonch o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida gapirdi. Hokimlarga murojaat qilib: «Qo‘lingdan hech narsa kelmasa, odamlarga hech bo‘lmaganda 100 ta tovuq ber… Olti oy ichida u bilan gaplash. Ularning dunyoqarashi o‘zgaradi». Shuningdek, u hamma ham hokim bo‘la olmasligini, ularni tarbiyalash kerakligini, bu oson emasligini ta’kidladi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev qo‘mita huzuridagi Fiskal institutga rektor bo‘ldi.
DXX Rossiya va Turkiya orqali o‘tib Suriyadagi terroristik tashkilotga qo‘shilishni rejalashtirganlikda gumonlangan qashqadaryolik fuqaroni ushladi. U ijtimoiy tarmoqlarga xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqim rahnamolarining ma’ruzalarini joylab, qishlog‘ida ham targ‘ib qilgani aytilmoqda.
Somsa-sho‘rva, tovuqli dangasa xonim, satsebeli qaylasida tayyorlangan mol go‘shti, gaz pechida pishirilgan kartoshka va go‘shtli frikadelkalar, quritilgan mevalar bilan tayyorlangan go‘shtli rulet, qiyma bilan to‘ldirilgan pomidorlar — Zira.uz iftorlik uchun noodatiy taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Prezident Pop va Namangan yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi. Unda transportlar qayrilib olishi uchun chorraha va piyodalar uchun yer osti o‘tish joylarini qurish rejalashtirilgan. Natijada, o‘rtacha tezlik 40−60 km/s dan 90−100 km/s gacha oshishi mumkin.
Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova 21 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda videosi tarqalgan Toshkent shahridagi 21-mehribonlik uyida yuz bergan voqeaga izoh berdi. O‘rganishlar natijasida mehribonlik uyi ma’muriyati bolalarni psixiatriya shifoxonasiga yuborib kelganligi, ularga nisbatan qo‘rqitish va nodo‘stona munosabatda bo‘lib kelingani aniqlandi.
Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionati O‘zbekistonda MTRK tomonidan namoyish qilinadi. Kompaniya ushbu musobaqaning barcha 64 ta uchrashuvini o‘z telekanallarida efirga uzatish huquqini sotib olgan.
Mart oyi o‘rtalarida Markaziy bankning asosiy stavkani 17 foizga oshirganidan so‘ng kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining oshishi kutilgan edi. Ammo o‘tgan oyda tadbirkorlik subyektlari uchun ajratiladigan kreditlar 1,1 foizga arzonlashdi. Markaziy bank nima uchun bunday bo‘lganini tushuntirdi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 41,80 so‘mga arzonlab, 11 260,28 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Fuqarolarning nikohini FHDYoga ariza berilganidan bir oy o‘tib rasmiylashtirish tartibini bekor qilish taklif etilmoqda. Nikoh tibbiy ko‘rikdan so‘ng qayd etilishi mumkin.
Fevral oyida hukumatning o‘zbek imo-ishora tilini shaxslararo muloqot vositasi sifatida rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda yana nogironlikning ijtimoiy modeli emas, tibbiy jihatiga e’tibor qaratilgan. Karlar huquqlari faoli Ma’mur Ahliddinov va «Gazeta.uz» kolumnisti Dilmurod Yusupov hujjatning xom ekanligini ta’kidlab, uni takomillashtirishni taklif qilishmoqda.
Prezident Qashqadaryo viloyatiga safari davomida viloyatning dolzarb muammolariga e’tibor qaratdi. Joriy yilda viloyatga ijtimoiy soha va infratuzilmani yaxshilash uchun respublika budjetidan qo‘shimcha 360 mlrd so‘m ajratiladi. Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi, Shahrisabz va Kitob tumanlarini suv bilan ta’minlash uchun «Ayoqchisoy» sel suv ombori quriladi. 9 mingdan ziyod aholining gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Ishsizlikni kamaytirish uchun 270 ta sanoat loyihalari dasturi shakllantiriladi. 40 ming gektardan ortiq yerlar qayta foydalanishga kiritiladi.
Markaziy bank mamlakatda dollar va yevro tanqisligi, shuningdek katta miqdordagi rublning kirib kelishi kuzatilmayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, xorijiy valyuta operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar ko‘rib chiqilmayotgani qayd etildi. Regulyator jurnalist va blogerlar savollariga bergan javoblarning muhim qismlari «Gazeta.uz» materialida.
24−25 aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda yomg‘ir kuchayishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin, shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayadi. Shuningdek, O‘zgidromet respublikaning qariyb barcha hududlarida sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Prezident Qashqadaryoda 143 ta ko‘p qavatli uy-joylar foydalanishga topshirilishini ma’lum qildi. Viloyat aholisiga joriy yilda 730 mlrd so‘m imtiyozli ipoteka kreditlari hamda ehtiyojmand oilalarga 72 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi. Shuningdek, 30 ta qishloq va mahallalar «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari bilan qamrab olinadi.
Oltinko‘l tumanidagi 31-maktabgacha ta’lim tashkilotining 4 yoshli tarbiyalanuvchisi uyqu vaqtida olamdan o‘tdi. U tarbiyachi bolalarni uyqudan uyg‘otgan vaqtida qaytib o‘rnidan turmagan. Tashkilot hamshirasi bolada hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmaganini aytdi.
Ukrainadan qaytgan talabalar 26 apreldan boshlab o‘qishlarini O‘zbekistondagi universitetlarga soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishlari mumkin, biroq istisnolar ham bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting