AQShning Time jurnali 2021 yilning eng nufuzli odamlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatga shahzoda Garri va Megan Markl, xonanda Billi Aylish, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy, “Tolibon” vakili Abdul G‘ani Barodar, AQSh prezidenti Jo Bayden kirgan.
Prezident Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari foyda solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 2-turida Rossiya terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.
Qat’iy belgilangan miqdordagi JSHODS to‘lovchisi bo‘lgan yakka tadbirkorlar soliq hisobotini topshirmaydi. YATTlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 2 martaga qisqaradi. 2022 yildan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi joriy etiladi.
Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov QQSni 12 foiz, foyda solig‘ini 15 foizga tushirish budjet daromadlari shakllanishida katta yo‘qotishlarga olib kelmasligini ma’lum qildi. U kamaygan soliq tushumlarining o‘rnini qoplash bo‘yicha istiqboldagi rejalarga to‘xtaldi.
Facebook’dagi «Qo‘qonjonim» guruhi ma’murlaridan biri, bloger Iqbol Komiljonov vafot etdi. Avvalroq uning zaharlangani va og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Farg‘ona viloyat KTTM bosh shifokori bu kabi xabarlarni asossiz deb atab, bemorda zaharlanish alomatlari bo‘lmaganini ta’kidladi.
Mart oyidan buyon budjetga yo‘l kameralari va radarlari o‘rnatish uchastkalarini sotishdan qariyb 87 mlrd so‘m kelib tushdi.
Janubiy Koreyaning 2050 yilga kelib plastik chiqindilaridan voz kechish rejasi, Afg‘oniston ayollar futbol jamoasining «Tolibon» taqiqidan so‘ng Pokistonga ko‘chib o‘tgani, KXDRning Yapon dengizi tomon ikkita ballistik raketa uchirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yangi chiqarilgan qonunlar, O‘zbekiston delegatsiyasining toliblar bilan uchrashuvi, tonirovka narxining 10 foizga pasaytirilishi — “Gazeta.uz"ning 15 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari sifatida gumon qilingan shaxslar qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ushbu shaxslar muqaddam mazkur tashkilot safida sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan shaxslar hisoblanadilar. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
1988 yilda ishlab chiqarilgan 1 mln AQSh dollari ko‘rinishidagi yaxlit kupyurani boshqa bir shaxsga 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Prezident Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining ba’zi tumanlarida soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi soliq rejimi kiritildi.
Farg‘onada yigirmaga yaqin yigitlar ishtirokidagi janjal organ xodimlari tomonidan to‘xtatildi. Voqea joyidan pichoqlar, qilichlar va giyohvandlik vositalari topilgan. 8 nafar shaxs protsessual tartibda ushlanib, 9 nafar shaxslar 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,38 so‘mga ko‘tarilib, 10 706,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
YAIDXPda avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga («tonirovkaga») ruxsatnoma olish xizmati yo‘lga qo‘yildi. 1 oktabrdan boshlab ruxsatnoma faqat onlayn tarzda beriladi (narxi 10 foizga pasaytirilgan). U elektron va qog‘oz shaklda taqdim etilishi mumkin.
Prezidenti farmoniga muvofiq, ayrim shartnomalarni tuzishda o‘rnatilgan sun’iy cheklovlar olib tashlanmoqda. Jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarishga ruxsat beriladi. Shuningdek, 2022−2023 o‘quv yilidan OTMda o‘qitish bo‘yicha shartnomalar elektron shaklda tuziladi.
Prezident qarori bilan maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi 7 kun ichida qoplab berilishi belgilandi. Shuningdek 15 sentabrdan boshlab ularga mahsulot ishlab chiqarishda va o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan materiallarni import qilganda QQS va bojxona bojini foizlar hisoblanmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.
Toshkentda 13 sentabrdan issiq suvni besh kunlik rejali o‘chirish boshlandi. Jarayon 8 oktabrgacha davom etadi.
Qirg‘izistonda Bobur nomidagi O‘sh akademik o‘zbek musiqali drama teatrida rekonstruksiya ishlari boshlandi. Majmuadagi qiymati 5 mln dollarlik bo‘lgan ishlarni O‘zbekiston moliyalashtiradi.
14 sentabr kuni O‘zbekiston afg‘on xalqiga 25 ta vagonda zarur mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordamini yubordi. O‘zbekiston delagatsiyasi «Tolibon» vakillari bilan uchrashib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qildi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting