Payshanba kuni 625 kishining koronavirusga topshirgan test tahlilida musbat natija qayd etildi, bu bir kun oldingi ko‘rsatkichga qaraganda 67 taga kam. Qolaversa, kun davomida 103 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Virus asoratlari oqibatida 2 kishi vafot etdi.
Maktablarda ona tili darsliklari turli grammatik qoidalardan imkon qadar tozalanadi, deb xabar berdi Respublika ta’lim markazi. Qolaversa, bundan keyin «o‘timli va o‘timsiz fe’llar», «vositali-vositasiz to‘ldiruvchilar», «fe’l kesim va ot kesim», «sifatlovchi-sifatlanmish» va shu kabi mavzular ona tili darsliklaridan chiqarib tashlanadi. Shunga muvofiq, kelgusida DTM testlarining baholash mezonlari ham o‘zgaradi.
Andijon viloyatining Marhamat tumanida ota-onalardan kechirim so‘rashga majbur qilingan o‘qituvchilar yig‘ilish tafsilotlarini so‘zlab berdi. Ularning aytishicha, ota-onalar bilan uchrashuv ssenariy asosida o‘tgan, bunda ular sahnaga chiqib, o‘z fanlarini yomon o‘rgatganliklari uchun uzr so‘rashlari kerak edi. «Kerak bo‘lsa yig‘lashimizni aytishdi», — deydi pedagoglardan biri.
AQShdagi maktablardan birida otishma yuz bergani, Donald Trampning TRUTH Social ijtimoiy tarmog‘ining mart oyida ishga tushishi mumkinligi, Putin va Tokayevning Moskvada muzokaralarni boshlagani, Liviya bosh vaziri mashinasining o‘qqa tutilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Samarqandga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev, martda ochiladigan Samarqand xalqaro aeroporti, Behzod Musayevga yuborilgan parlament so‘rovi, Toshkentga tramvayni qaytishi, 1−2-sinflar uchun «Ona tili va o‘qish savodxonligi» fanidan uyga vazifa berish bekor qilinishi, Samarqandda 10 nafar amaldorni ishdan bo‘shatgan prezident va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 10 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Akademik, arxeolog-olim, tarix fanlari doktori, professor Edvard Rtveladze 80 yoshida olamdan o‘tdi. Rtveladze Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi va madaniyatining ulkan qatlamlarini o‘rgangan, Oks Aleksandriyasi shahrini topgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumani hokimi va IIB boshlig‘i, Nurobod tumani hokimi, Oqdaryo tumani prokurori va IIB boshlig‘i, Markaziy bank Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi rahbari va viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari va boshqa amaldorlarni ishdan bo‘shatdi. Ularning ba’zilariga nisbatan korrupsiya holatlari bo‘yicha jinoiy ish ochilishi mumkin.
2022−2023-o‘quv yilidan 1−2-sinf o‘quvchilari uchun “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanidan uyga vazifa berish va baholash bekor qilinadi. Qolaversa, ushbu darslikdan yillik bahoni choraklik baholar asosida qo‘yish amaliyoti tugatiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tez o‘qish talabi qo‘yilmaydi. Respublika ta’lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullayeva yangi tartiblar bo‘yicha tushuntirish berdi.
Yanvar oyida so‘mning real samarali almashuv kursi indeksi 2021 yil dekabr oyiga nisbatan 0,8 foizga mustahkamlandi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 5,4 foizga, 2018 yilning iyuniga nisbatan 6,3 foizga o‘sgan. So‘m kursining o‘sishiga savdo-hamkor davlatlar valyuta kurslarining qadrsizlanishi sabab bo‘lgan.
2021 yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun davlat budjetidan jami 4,2 trln so‘m mablag‘ ajratilgan. SSV 2021 yilning birinchi yarim yilligidagi mablag‘lar nimaga sarflanganini ochiqlamagan. Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligi hisobotlarida ham bu ma’lumotlar o‘z aksini topmagan. Shundan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayevga parlament so‘rovi yubordi.
YeXHT bosh kotibi Helga Shmid mart oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. 3−4 mart kunlari Toshkent shahrida BMTning Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi global strategiyasi birgalikda amalga oshirilishining 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,24 so‘mga ko‘tarilib, 10 851,24 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi 59-son ko‘zi ojizlar maktab-internatining to‘rt o‘quvchisi OTMlarga imtihonsiz qabul qilinishini ta’kidladi. O‘qituvchilar nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyasini qayta hisoblash muddatini yoshartirish hamda 2009 yildan buyon yangilanmayotgan brayl yozuvidagi ayrim o‘quv darsliklarini qayta ishlash zarurligini aytdi. Prezident esa ushbu masalalar hal etilishini ma’lum qildi.
Samarqandga tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyev an’anaga ko‘ra, Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Unga muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hamda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamrohlik qildi. Qolaversa, davlat rahbari Imom Buxoriy majmuasi qurilishi bilan ham tanishdi. Bu yerda qariyb 10 ming kishilik masjid, 4ta minora, ayvonlar, yerostida galereyasi barpo etilmoqda.
Toshkentda ko‘p qavatli uylarning aksariyati — 632 tasi 1966 yil — kuchli zilzila sodir bo‘lgan yilda qurilgan. Uylarning aksariyati ikki qavatli, ko‘pi yog‘ochdan qurilgan. Keyingi cho‘qqi 2019 yilga to‘g‘ri keldi — shaharda 463 ta uy paydo bo‘ldi, ular asosan yetti qavatli bo‘lib, g‘ishtdan qurilgan. Hokimlikning Raqamli rivojlanish departamenti shahardagi 100 yillik qurilishlarga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
O‘zgidromet 11−12 fevral kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida shamol sekundiga 17−22 metrgacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishini ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga tramvay qaytarilishini ma’lum qildi. Davlat rahbari tramvay bo‘yicha fuqarolardan ko‘plab xatlar va murojaatlar kelayotganligini ta’kidlagan.
Prezident Toshkentda avtomobil harakati tezligi 60 km/soatgacha pasaytirilishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini xalqaro aeroportdan boshladi. 83 mln dollarlik loyiha qariyb yakuniga yetib qolgan, hozirda yangi terminal to‘liq tiklanib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Soatiga 800 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi terminal martda foydalanishga topshiriladi.
Rossiya hukumatining migrantlarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasiga ko‘ra, mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi ishlariga 1108 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari jalb qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting