Arxiv

Urgutda fuqarolarni haqoratlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi
23 iyul 2021, 15:34

Urgutda fuqarolarni haqoratlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi

Urgut tumanida fuqaro Telegram`dagi guruhda, guruh a’zolarini haqoratlagan video murojaatini joylashtirib, boshqa fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan taxqirlagan. Ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sodiq Safoyevga Diplomatiya universiteti rektori vazifasi yuklatildi
23 iyul 2021, 15:25

Sodiq Safoyevga Diplomatiya universiteti rektori vazifasi yuklatildi

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatildi.

Poytaxt hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi
23 iyul 2021, 15:03

Poytaxt hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi

Toshkent shahar hokimligi 24−26 iyul kunlari ob-havo haroratining keskin ko‘tarilishi sabab aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishni so‘radi. Avvalroq, O‘zgidromet dam olish kunlari va hafta boshida havo juda issiq bo‘lishini e’lon qilgan edi.

Tojikiston Afg‘onistondan 100 mingga yaqin qochqinlarni qabul qilishga tayyor
23 iyul 2021, 15:01

Tojikiston Afg‘onistondan 100 mingga yaqin qochqinlarni qabul qilishga tayyor

Iyul oyida Tojikiston Afg‘onistondan 1574 nafar qochqinlarni qabul qildi. Keyinchalik ular charter reyslari bilan Kobul va Mozori-Sharifga qaytarilgan. Mamlakat chegaradosh hududlardan 100 mingga yaqin afg‘on qochqinlarini qabul qilishga tayyor.

O‘zbekiston bo‘ylab emlash punktlari manzillari (ro‘yxat)
23 iyul 2021, 14:44

O‘zbekiston bo‘ylab emlash punktlari manzillari (ro‘yxat)

Butun O‘zbekiston bo‘ylab oilaviy va markaziy poliklinikalarda, shuningdek ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida ochilgan emlash punktlari ro‘yxati e’lon qilindi.

«O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minotida favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi» — «Hududiy elektr tarmoqlari»
23 iyul 2021, 14:27

«O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minotida favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi» — «Hududiy elektr tarmoqlari»

«Hududiy elektr tarmoqlari» iqtisodchi Otabek Bakirovning O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotini Gruziyadagi tizim bilan taqqoslab bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotida «favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi». Shuningdek, bayonotda ikkala mamlakatdagi energiya ishlab chiqarish manbalari va iste’molchilar soni orasidagi tafovutlarga e’tibor qaratilgan.

Toshkentda elektron reklama ekrani yonib ketdi
23 iyul 2021, 14:21

Toshkentda elektron reklama ekrani yonib ketdi

Juma kuni ertalab Toshkentning Yunusobod tumanidagi Uchqahramon aylanma yo‘lida joylashgan elektron reklama ekrani yonib ketdi. Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q.

Koronavirusda antitanachalarga test topshirish kerakmi yoki yo‘qmi?
23 iyul 2021, 11:57

Koronavirusda antitanachalarga test topshirish kerakmi yoki yo‘qmi?

Koronavirusga qarshi vaksinalar qanday ishlaydi? Antitanachalar va ular bo‘yicha testlar qanday bo‘ladi? Nega ushbu tahlillarni topshirishning foydasi yo‘q? «Gazeta.uz»ning shu va boshqa savollariga virusolog va Facebook`dagi «Vrachi Tashkenta» guruhi asoschisi, PhD Dildora Sekler javob berdi.

O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga start berildi
23 iyul 2021, 11:36

O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga start berildi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovi kunini 24 oktyabrga belgiladi. Saylov kampaniyasiga 23 iyulda start berildi.

Tokio-2020. O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari o‘zgardi
23 iyul 2021, 11:34

Tokio-2020. O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari o‘zgardi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi. Avvalroq, mamlakat bayroqdorlari sifatida gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov e’lon qilingan edi.

Dam olish kunlari va hafta boshida havo juda issiq bo‘ladi
23 iyul 2021, 10:52

Dam olish kunlari va hafta boshida havo juda issiq bo‘ladi

Ushbu haftaning oxiri va keyingi haftaning boshida havo harorati juda issiq bo‘lishi kutilmoqda. Kun davomida havo +44 darajagacha issiq bo‘ladi. Shamol va changli bo‘ronlarning kuchayishi kutilmoqda.

Navbatdagi antirekord: kecha 738 kishida koronavirus aniqlandi
23 iyul 2021, 10:42

Navbatdagi antirekord: kecha 738 kishida koronavirus aniqlandi

22 iyul kuni O‘zbekistonda yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich — 738 kishida koronavirus aniqlandi. Shuningdek, 462 kishida pnevmoniya aniqlandi. 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi
23 iyul 2021, 10:42

Strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish hamda loyihalarni amalga oshirish masalalarini o‘rganuvchi Strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi. Hujjatga asosan, davlat organlari va tashkilotlari Agentlikning so‘roviga ko‘ra birlamchi statistik ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga ruxsat beradi.

Toshkentda 65 yoshli piyoda Matiz urib yuborishi oqibatida vafot etdi
23 iyul 2021, 10:20

Toshkentda 65 yoshli piyoda Matiz urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Poytaxtning Yashnobod tumanida Matiz 65 yoshli piyodani urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi dam olish kuni videoselektor o‘tkazdi
23 iyul 2021, 09:03

Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi dam olish kuni videoselektor o‘tkazdi

22 iyul, dam olish kuni Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan prezident nutqida belgilangan vazifalarni muhokama qilish maqsadida videoselektor o‘tkazildi. Unda koronavirusdan xavf osti guruhiga kiritilgan fuqarolar ham qatnashgan. Shu kuni bosh vazir boshchiligida ham mehnat vaziri va boshqa rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Osvensim o‘lim lagerida 100 dan ziyod o‘zbekistonlik saqlangan — tadqiqot
22 iyul 2021, 21:27

Osvensim o‘lim lagerida 100 dan ziyod o‘zbekistonlik saqlangan — tadqiqot

Aushvits-Birkenau (Osvensim) nemis konslager va o‘lim lagerlari majmuasida 100 nafardan ziyod o‘zbekistonliklar saqlangan, deyiladi Polshada o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 iyul 2021, 21:07

Jahon yangiliklari dayjesti

2,5 ming nafar Afg‘oniston fuqarosiga AQSh maxsus immigratsion vizasi ajratilgani, Xitoydagi toshqinlarda halok bo‘lganlar sonining 33 nafarga yetgani, Isroilda koronavirusga qarshi yangi turdagi vaksinaning ishlab chiqarilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Toshkentning bir qator tumanlarida sovuq suv vaqtincha o‘chiriladi (ro‘yxat)
22 iyul 2021, 20:55

Toshkentning bir qator tumanlarida sovuq suv vaqtincha o‘chiriladi (ro‘yxat)

23−24 iyul va 26−27 iyul kunlari Toshkent shahrining bir qator tumanlarida suv quvurlarini ko‘chirish munosabati bilan sovuq suv o‘chiriladi va suv ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

Kecha O‘zbekistonga yana 1 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi
22 iyul 2021, 20:29

Kecha O‘zbekistonga yana 1 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

21 iyul kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 9 mln 580 ming dozani tashkil qilmoqda.

Andijonda $6 ming evaziga Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
22 iyul 2021, 13:20

Andijonda $6 ming evaziga Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Andijon viloyatida Koreyaga ishga yuborishni va’da berib, buning evaziga 6 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting