Arxiv

Qashqadaryoda chigirtkadan eksportbop un ishlab chiqariladi
15 noyabr 2021, 11:47

Qashqadaryoda chigirtkadan eksportbop un ishlab chiqariladi

Nishon tumanida chigirtkadan parhezbop un tayyorlash loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha qiymati 4,1 mlrd so‘m bo‘lib, yillik quvvati 80 tonna chigirtka uni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Uning har kilosi 3,7 dollardan sotish ko‘zda tutilgan. Chigirtkalarni dalalardan yig‘ib olish uchun esa aholi vakillari jalb qilinadi.

Yana “savodsizlikning o‘ttiz yili”mi?
15 noyabr 2021, 11:39

Yana “savodsizlikning o‘ttiz yili"mi?

Bir guruh tilshunoslar yopiq eshiklar ortida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartishlar kiritish masalasida hal qiluvchi qarorga kelgani aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, alifbodagi sh, ch, oʻ va gʻ harflarini ş, ç, ō va ğ shakliga o‘zgartirish hamda ñ harfini kiritish takliflari ma’qullangan. “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov ushbu qarorning ilmiy asoslanmagani va kelajakda qanday ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi haqida yozdi.

«O‘qituvchilarga yuklash holatlari bor». Abduqodir Toshqulov OTMdagi muammolar haqida
15 noyabr 2021, 11:26

«O‘qituvchilarga yuklash holatlari bor». Abduqodir Toshqulov OTMdagi muammolar haqida

OTM vaziri Abduqodir Toshqulov ta’lim muassasalarida guruh murabbiyi o‘rniga joriy etilgan «tyutor» lavozimi bilan bog‘liq muammolarga to‘xtalar ekan, uni o‘qituvchilarga yuklash holatlari uchrayotganini aytdi. «Maqsad professor o‘qituvchilarni o‘ziga asosiy ishiga xos bo‘lmagan ishlardan ozod qilish, u sifatli dars o‘tsin», — dedi u. Vazir shuningdek, darsga kechikib va xatto tayyorlanmasdan kelayotgan o‘qituvchilar vijdonan dars o‘tmayotganini tanqid qildi.

Elektromobillar uchun yangi namunadagi davlat raqami belgilari ishlab chiqarildi
15 noyabr 2021, 11:07

Elektromobillar uchun yangi namunadagi davlat raqami belgilari ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida — yangi namunadagi davlat raqami belgilari ishlab chiqarildi. 1 noyabrga qadar elektromobillar uchun rasmiylashtirilgan davlat raqami belgilari bepul almashtirib beriladi.

O‘zbekistonda umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi
15 noyabr 2021, 10:54

O‘zbekistonda umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi

Fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida Adliya vazirligi va Konstitutsiyaviy sud umummilliy imtihonni o‘tkazadi. Imtihon ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 1 dekabr kuni boshlanadi. Unda 15 yoshga to‘lgan va undan katta barcha fuqarolar qatnashishi mumkin. Eng yuqori natijani qayd etgan ishtirokchiga 15 mln so‘m beriladi.

O‘zbekiston Mozori Sharif aeroportini rekonstruksiya qilishni boshladi
15 noyabr 2021, 10:02

O‘zbekiston Mozori Sharif aeroportini rekonstruksiya qilishni boshladi

O‘zbekiston Afg‘onistonning Mozori Sharifidagi xalqaro aeroportni rekonstruksiya qilish, texnik nosozliklar va jihozlarni ta’mirlashda yordam berish uchun 30 kishidan iborat texnik guruh yubordi. Shuningdek, aeroportning 83 nafarga yaqin afg‘on texnik xodimlari O‘zbekistonda o‘qitiladi.

Jahon banki O‘zbekistonda yoshlar bandligi muammolari va ularning yechimlarini sanab o‘tdi
15 noyabr 2021, 09:50

Jahon banki O‘zbekistonda yoshlar bandligi muammolari va ularning yechimlarini sanab o‘tdi

OTMga kirishning qiyinligi, biznes boshlashda imtiyozli kredit olishning cheklangani va boshlang‘ich kapitalning yo‘qligi, maktablarda kasbga yo‘naltirish amaliyotining deyarli yo‘qligi va boshqa muammolar — Jahon banki O‘zbekistonda yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari va ularning potensial yechimlariga bag‘ishlangan yangi hisobotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘istonda IIV xodimi pora bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda
15 noyabr 2021, 09:49

Qoraqalpog‘istonda IIV xodimi pora bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda

Qoraqalpog‘istonda IIV xodimi tadbirkorning mahsulotini YPX maskanlari orqali Xorazm viloyati hududiga o‘tkazish evaziga pora olgan vaqtda ushlangani aytilmoqda. U sheriklari bilan har bir yuk ortilgan transport vositasiga 3,5 mln so‘mdan so‘ragan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish va pora berish moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi.

Hafta boshida harorat keskin pasayishi kutilmoqda
14 noyabr 2021, 15:04

Hafta boshida harorat keskin pasayishi kutilmoqda

16 — 17 noyabr kunlari O‘zbekiston hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Shu kunlari respublika bo‘yicha shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati harorat kechalari 5−8° sovuqgacha, kunduz kunlari 0−3° iliqgacha bo‘ladi.

Moskvada yuz bergan yong‘inda 4 nafar o‘zbekistonlik migrantlar halok bo‘ldi
14 noyabr 2021, 14:38

Moskvada yuz bergan yong‘inda 4 nafar o‘zbekistonlik migrantlar halok bo‘ldi

Moskva viloyatining Pribrejnaya ko‘chasida joylashgan quruvchilarning vaqtincha turar joyida yuz bergan yong‘inda 2 kishi jarohatlangan va 4 kishi vafot etgan. Tashqi mehnat migratsiyasining Moskvadagi vakolatxonasi vafot etganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarosi ekanini tasdiqladi.

obyektivdagi ekologik muammolar: 2021 yilning eng yaxshi fotosuratlari
14 noyabr 2021, 08:00

obyektivdagi ekologik muammolar: 2021 yilning eng yaxshi fotosuratlari

Glazgoda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim bo‘yicha COP26 sammitida «Eng yaxshi atrof-muhit fotosuratchisi 2021» tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Unda nafaqat iqlim o‘zgarishi muammolari, balki insoniyatning og‘ir sharoitlarda omon qolish masalasi ham ko‘tariladi. Tanlovning eng qiziqarli fotosuratlarini taqdim etamiz.

«Endi qog‘oz jurnal, reyting daftarcha bo‘lmaydi, talaba guvohnomasi ham ID kartaga o‘tkaziladi». OTM vaziri raqamlashtirish haqida
13 noyabr 2021, 21:30

«Endi qog‘oz jurnal, reyting daftarcha bo‘lmaydi, talaba guvohnomasi ham ID kartaga o‘tkaziladi». OTM vaziri raqamlashtirish haqida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri hozirga qadar tizim to‘liq raqamlashtirilmagani uchun xorijlik hamkasblari oldida uyalib qolayotganini ta’kidladi. «O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida jurnal, reyting daftarcha qog‘oz ko‘rinishda bo‘lmaydi», — dedi Abduqodir Toshqulov. U shuningdek, endi talabalar guvohnomasi ham ID karta shaklida bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Abduxakim Xadjibayev O‘zbekiston kasaba uyushmalari raisiga o‘rinbosar bo‘ldi
13 noyabr 2021, 19:36

Abduxakim Xadjibayev O‘zbekiston kasaba uyushmalari raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Abduxakim Xadjibayev O‘zbekiston kasaba uyushmalari rahbariga o‘rinbosar etib saylandi.

Behzod Musayev avvalgi sog‘liqni saqlash vaziri qo‘llagan barcha jazolarni bekor qildi
13 noyabr 2021, 19:15

Behzod Musayev avvalgi sog‘liqni saqlash vaziri qo‘llagan barcha jazolarni bekor qildi

O‘zining birinchi buyrug‘i bilan yangi sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev avvalgi vazir Abduxakim Xadjibayevning buyrug‘i bilan qo‘llanilgan barcha intizomiy jazo choralarini bekor qildi.

«Sudga berish kerak». Ruslanbek Davletov — elektr energiyadagi uzilishlar sabab tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani haqida
13 noyabr 2021, 18:49

«Sudga berish kerak». Ruslanbek Davletov — elektr energiyadagi uzilishlar sabab tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani haqida

Adliya vaziri gaz va elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani borasida fikr bildirar ekan, shartnoma shartini bajarmagani uchun ta’minotchi korxonalar ustidan sudga murojaat qilish kerakligini aytdi. «Shu yo‘l bilan hammasini tartibga solsa bo‘ladi. Mas’uliyati albatta oshadi, to‘lab ko‘rsin zararni keyin biladi qanaqa hal qilishini», — dedi Ruslanbek Davletov.

Andijon viloyati prokuraturasi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
13 noyabr 2021, 18:00

Andijon viloyati prokuraturasi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Juma kuni kechki payt huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Andijon viloyati prokuraturasi xodimi 15 ming dollar miqdoridagi porani olayotganida ushlandi.

10 oyda 1964 kishi avtohalokatlar oqibatida halok bo‘lgan
13 noyabr 2021, 14:57

10 oyda 1964 kishi avtohalokatlar oqibatida halok bo‘lgan

Yanvar-oktabr oylari davomida sodir bo‘lgan 7684 ta yo‘l-transport hodisasida 1964 kishi halok bo‘lgan, 6886 kishi esa jarohatlangan. Bu raqamlar uzoq karantin cheklovlari amal qilgan 2020 yildagi jami ko‘rsatkichlardan ham oshishga ulgurgan.

«Asosiy vazifamiz — tibbiyot sohasini xalqchil tizimga aylantirish». Prezident soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi
13 noyabr 2021, 14:48

«Asosiy vazifamiz — tibbiyot sohasini xalqchil tizimga aylantirish». Prezident soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik maktubini yo‘lladi. Davlat rahbari besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshini 1000 dollarga yetkazish, sohaga ikki baravar ko‘proq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilganini qayd etdi. U shuningdek, sana munosabati bilan 82 nafar tibbiyot xodimini davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkanini ma’lum qildi.

O‘zbek virusologiyasi asoschisi Shabat Xo‘jayev vafot etdi
13 noyabr 2021, 13:44

O‘zbek virusologiyasi asoschisi Shabat Xo‘jayev vafot etdi

O‘zbekiston Virusologiya instituti asoschisi, professor Shabat Xo‘jayev 98 yoshida vafot etdi. U O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Nyu-York akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘lgan. Fan arbobi O‘zbekiston aholisini gepatit virusiga qarshi ommaviy emlash g‘oyasini ilgari surgan, 1990 yilga kelib, virusli gepatit B ga qarshi emlash dasturini ishlab chiqqan edi.

Senator Ulug‘bek Fayziyev Qiziltepa tumani hokimi etib tayinlandi
13 noyabr 2021, 13:16

Senator Ulug‘bek Fayziyev Qiziltepa tumani hokimi etib tayinlandi

«Zarafshan Golden Group» MCHJ kompaniyasi rahbari, senator Ulug‘bek Fayziyev Navoiy viloyati Qiziltepa tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanga 25 yil rahbarlik qilgan Shabon Nabiyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting