Arxiv

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mdan oshdi, o‘sish sur’ati sekinlashdi
25 oktabr 2024, 22:55

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mdan oshdi, o‘sish sur’ati sekinlashdi

To‘qqiz oy yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha nominal ish haqi 5,1 million so‘mdan oshdi. O‘sish sur’ati 18,5% dan 16,4% gacha sekinlashdi. O‘qituvchilar va shifokorlar ish haqining respublika darajasiga nisbatan tafovuti o‘sdi.

Prezident Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni masofadan ishga tushirdi
25 oktabr 2024, 22:13

Prezident Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni masofadan ishga tushirdi

Prezident Toshkent shahridagi Bobur ko‘chasi bo‘ylab poytaxt xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘l o‘tkazgichni masofadan turib ishga tushirdi.

Elektron tizimlar sababli 9 oyda 12,7 tonna ofis qog‘ozi tejaldi — Adliya vazirligi
25 oktabr 2024, 21:15

Elektron tizimlar sababli 9 oyda 12,7 tonna ofis qog‘ozi tejaldi — Adliya vazirligi

25-oktabr kuni O‘zbekistonda “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazildi. Adliya vazirligiga ko‘ra, 2024-yil 9 oyida elektron tizimlar sababli 12,7 tonna ofis qog‘ozi tejalgan. Bu orqali 240 ta daraxt saqlab qolinishiga erishildi, deb yozdi vazirlik.

Moskvada 2025-yildan migrantlar uchun elektron guvohnoma berish boshlanadi
25 oktabr 2024, 20:36

Moskvada 2025-yildan migrantlar uchun elektron guvohnoma berish boshlanadi

2025-yildan Moskvada eksperiment doirasida migrantlarga ular haqidagi “barcha ma’lumotlar” mavjud bo‘lgan elektron guvohnomalar berish boshlanadi. Shuningdek, Moskva aeroportlarida barcha xorijliklar uchun biometrik nazorat joriy etiladi.

Toshkentda poyezd 15 yoshli bolani urib ketdi. U shifoxonaga yotqizildi
25 oktabr 2024, 20:17

Toshkentda poyezd 15 yoshli bolani urib ketdi. U shifoxonaga yotqizildi

Toshkentda temiryo‘lning belgilangan qismidan velosipedda kesib o‘tayotgan 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi. U bir qancha jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Partiya sharfi yoki kepkasini kiyish hali elektoratga yo‘l topish degani emas. Sodiq Safoyev — saylovoldi tashviqoti haqida
25 oktabr 2024, 20:10

Partiya sharfi yoki kepkasini kiyish hali elektoratga yo‘l topish degani emas. Sodiq Safoyev — saylovoldi tashviqoti haqida

Bu galgi saylovda partiyalar aniqroq dasturlarni ilgari surmoqda, lekin ular zamonaviy siyosiy texnologiyalarni ham o‘zlashtirishi kerak, dedi Senat rahbarining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. Elektoratga yo‘l topish partiya sharfi yoki kepkasini kiyish bilan belgilanmaydi, deya ta’kidladi u.

Qatarda HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar tiklanadi
25 oktabr 2024, 20:07

Qatarda HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar tiklanadi

Qatarda ikki oylik tanaffusdan so‘ng G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar tiklanadi.

“O‘zbekiston BRIKSdagi faoliyatini qadamma-qadam chuqurlashtirishga harakat qiladi” — Bahrom A’loyev
25 oktabr 2024, 17:41

“O‘zbekiston BRIKSdagi faoliyatini qadamma-qadam chuqurlashtirishga harakat qiladi” — Bahrom A’loyev

O‘zbekiston BRIKSning hamkori bo‘lishi kutilmoqda. Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyevga ko‘ra, mamlakat kelajakda BRIKSdagi faoliyatini qadamma-qadam chuqurlashtirishga harakat qilib, unga a’zo davlatlar bilan hamkorlikni tubdan rivojlantiradi.

O‘zbekiston tog‘larida Ipak yo‘lining ikkita shahri qoldiqlari topildi
25 oktabr 2024, 17:21

O‘zbekiston tog‘larida Ipak yo‘lining ikkita shahri qoldiqlari topildi

Tadqiqotchilar guruhi bir paytlar Ipak yo‘li o‘tgan O‘zbekiston tog‘larida ikkita o‘rta asr shahrining qoldiqlarini aniqladi. Ular dengiz sathidan 2000 metrdan ham balandroq joyda joylashgan bo‘lib, olimlarning taxminiga ko‘ra, temir rudasi qazib olish maqsadida bunyod etilgan.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (26−27-oktabr)
25 oktabr 2024, 16:59

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (26−27-oktabr)

Uchinchi “Venom” va yana yettita kinopremera, teatrlardagi ko‘plab spektakllar, konsert hamda ko‘rgazmalar, bolalar uchun mahorat darslari va kattalar uchun ijodiy mashg‘ulotlar, shuningdek, dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar.

Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnomani O‘zbekistonning Eriell KAM kompaniyasi imzoladi — prezidentning maxsus vakili
25 oktabr 2024, 16:02

Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnomani O‘zbekistonning Eriell KAM kompaniyasi imzoladi — prezidentning maxsus vakili

Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning ma’lum qilishicha, Eriell KAM kompaniyasi Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 25 yil davomida loyihaga yiliga 100 million dollar sarmoya kiritadi, qazib olingan gazni ham qayta ishlaydi.

MSK: 1 milliondan ortiq saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi
25 oktabr 2024, 15:32

MSK: 1 milliondan ortiq saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi

Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida O‘zbekiston bo‘ylab 1 million 15 ming 948 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.

Oxirgi 4 yilda 30 nafar o‘zbekistonlik yoshlar IELTS`dan 9 ball oldi — Alisher Sa’dullayev
25 oktabr 2024, 15:20

Oxirgi 4 yilda 30 nafar o‘zbekistonlik yoshlar IELTS`dan 9 ball oldi — Alisher Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev so‘nggi 4 yilda O‘zbekistonda 30 mingga yaqin yosh IELTS`dan 7 balldan baland natija qayd etganini ma’lum qildi. 8 ball olganlar soni 3 mingga yaqin bo‘lsa, 9 ballik natija qayd etganlar yoshlar soni 30 nafarga yetgan.

IIV sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar davom ettiriladi — Shavkat Mirziyoyev
25 oktabr 2024, 15:04

IIV sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar davom ettiriladi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti IIO xodimlariga yo‘llagan tabrigida IIV tizimidagi keng ko‘lamli islohotlar va yangilanishlar davom ettirilishini ta’kidladi. “Ichki ishlar tizimidagi o‘zgarishlarning amaliy natijasini xalqimiz o‘z kundalik hayotida doimo sezishi, his etishi shart”, — dedi u.

O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi tayinlandi
25 oktabr 2024, 14:57

O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi. U mart oyidan beri Vengriyada elchi bo‘lib xizmat qilmoqda, shu haftadan boshlab esa Xorvatiyada ham elchilik vazifasiga kirishgan.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayadi
25 oktabr 2024, 14:56

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayadi

Respublikada dam olish kunlari janubi-g‘arbdan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga biroz soviydi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shanba kuni harorat +13…+15, yakshanba kuni esa +19 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga ipoteka kreditini berish tartibi tasdiqlandi
25 oktabr 2024, 14:37 2

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga ipoteka kreditini berish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi tasdiqlandi.

O‘zbekiston jamoalari NASA tomonidan o‘tkazilgan xakatonda qanday ishtirok etdi?
25 oktabr 2024, 14:34

O‘zbekiston jamoalari NASA tomonidan o‘tkazilgan xakatonda qanday ishtirok etdi?

Xalqaro NASA Space Apps Challenge 2024 xakatonida O‘zbekistondan 35 jamoa qatnashdi. Global bosqichga yo‘l olgan uch jamoa endi o‘z loyihalari bilan bosh mukofot — NASA (AQSh)ning tadqiqot markaziga sayohat uchun kurash olib boradi. “Gazeta.uz” xakatonning O‘zbekiston bosqichi qanday o‘tgani haqida hikoya qiladi.

O‘zbekistonda 9 oy ichida tug‘ilish kamayib, o‘lim holati ko‘paygan
25 oktabr 2024, 14:28

O‘zbekistonda 9 oy ichida tug‘ilish kamayib, o‘lim holati ko‘paygan

O‘zbekistonda yanvar-sentabr oylarida 693,8 ming nafar chaqaloq tug‘ildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 3,2% kam. O‘lim holati avvalgidan ko‘payib, 131,7 ming nafarni tashkil etdi. Mamlakatda 9 oy ichida 179,4 ming nikoh tuzilgan bo‘lsa, 34 mingta ajrim kuzatildi. 193,5 ming kishi O‘zbekistondan chetga ko‘chib ketdi.

Parlament saylovlari arafasidagi Toshkent — foto
25 oktabr 2024, 14:20

Parlament saylovlari arafasidagi Toshkent — foto

Yakshanba kuni Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tadi. Partiyalar ko‘chalarda tashqi reklamalardan foydalanib, fuqarolarni o‘zlari uchun ovoz berishga turlicha targ‘ib qilmoqda. Gazeta.uz fotomuxbirlari siyosiy voqea arafasida poytaxt qanday ko‘rinishga kelganini suratga oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting