Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Mazkur qonun bilan mamlakatda hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi ta’minlanishi aytildi.
O‘zbekiston hukumati Coca Cola Uzbekistan kompaniyasini to‘liq xususiylashtirish yuzasidan bitimni yakunladi. 57,118 foizlik davlat ulushini Turkiyaning Coca Cola İçecek kompaniyasi sotib oldi.
UzCard bankomatlarida 50 va 100 AQSh dollari qiymatidagi kupyuralarni ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi.
USM Telecom, MegaFon va O‘zbekiston hukumati Digital Holding qo‘shma korxonasini tuzishdi. Unga USM — CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan holdingi aktivlari kirdi. Rossiya tomoni korxonani rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi. Unga Ucell`ning sobiq bosh direktori Vladimir Kravchenko rahbarlik qiladi.
Toshkent viloyatida Chirchiq daryosi orqali o‘tadigan yangi ko‘prik qurilishi boshlandi. Ko‘prik 4R12 “Toshkent — Chorvoq” yo‘lidan Chirchiqqa kiraverishdagi daryodagi to‘g‘on yaqinida quriladi.
30 sentabr kuni Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 mln 458 ming 820 dozasi SES xizmati vakillariga topshirildi. Hozirgi kunda korxona tomonidan jami 7 mln doza vaksina ishlab chiqarilgan.
«Turkiston islom harakati» xalqaro terroristik tashkiloti a’zosi, 1999 yilning 16 fevral va 30 mart kunlari Toshkentda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etgani gumon qilingan fuqaro qo‘lga olindi. Mazkur shaxs 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.
Rossiya O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etganlikda ayblangan to‘rt kishini O‘zbekistonga topshirdi. Ular turli vaqtlarda hibsga olingan.
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov epidemiologik vaziyatning yaxshilanganini aholining bir qismi kasallanib bo‘lgani yoki COVID-19ga qarshi vaksinalangani bilan bog‘ladi. Biroq vaziyatning yomonlashish xavfi saqlanib qolmoqda, dedi u.
Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar va murabbiylarga tabrigida ta’lim sohasining asosiy vazifalaridan biri «faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, Vatan va xalq manfaatlarini qat’iy himoya qila oladigan, zamonaviy, keng fikrlaydigan yoshlar avlodini shakllantirishdan iborat» ekanini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyevning andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvi, “superkontrakt"ning minimal miqdorlari belgilanishi, O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezilishi — “Gazeta.uz"ning 29 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Tunis tarixida ilk bor ayol kishining hukumat rahbari etib tayinlanishi, «Tolibon»ning Kobul va Nangarxorda IDga qarshi operatsiyani boshlagani, Fransiyada 2017 yildan buyon 650 ta islomiy tashviqot markazi yopilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari va «texpasport"larni yangilariga o‘zgartirish muddatini 2022 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirish taklif qilinmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Yaponiyada sobiq tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida hukmron Liberal-demokratik partiyaga (LDP) yangi rahbar etib saylandi. U sobiq mudofaa vaziridan 87 ta ko‘p ovoz to‘plab, mamlakatning yuzinchi bosh vaziriga aylanish imkoniga ega bo‘ldi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida kun davomida ikki marta zilzila sezildi. Zilzilaning epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan.
Senat raisi Qashqadaryo viloyatida mahalliy budjetlarda qo‘shimcha shakllantirilgan 10 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar deputatlar ruxsatisiz sarflab yuborilganini tanqid qildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi AOKA bilan birgalikda 10 dan ortiq bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi noqonuniy saytlarga kirishni chekladi.
«Tolibon» birinchi marta Tojikistonga tahdid qildi. Avvalroq, Tojikiston hukumati qarshilik ko‘rsatilayotgan so‘nggi hudud — Panjsher viloyati toliblar tomonidan bostirilayotganini qoralagan edi. Ular, shuningdek, «bu mamlakatda zulm va ta’qiblar natijasida tuzilgan boshqa Afg‘oniston hukumatini» tan olmasliklarini bildirishdi. Ikki davlat chegarasidagi vaziyat og‘irlashmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,30 so‘mga ko‘tarilib, 10 691,91 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
DXX xodimlari Toshkentda va bir qator viloyatlarda giyohvand moddalar savdosining bir nechta holatlariga chek qo‘ydilar. Qariyb 18 kg, jumladan, Amudaryo orqali chegarani noqonuniy kesib o‘tgan Afg‘oniston fuqarosidan 9 kg opiy topildi va musodara qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting