«Hududgazta’minot» endilikda ogohlantirishsiz gaz o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hozirda xonadonlarga 2 mln ga yaqin elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilgan va qarzdorlik haqida SMS-xabarnoma yuborilib, iste’molchiga 5 kun muddat beriladi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari (superkontrakt) tasdiqlandi.
1 noyabrga qadar koronavirusga qarshi emlangan talabalarga 2021−2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz to‘lov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.
Toshkent viloyatida 15 yoshli qizning onasi eri ikki yil davomida qizini zo‘rlab kelganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda qizi homilador. Bosh prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Hukumat Navoiy kon-metallurgiya kombinatini xususiylashtirishga tayyorgarlikni boshladi. 2022 yilda aksiyalarning 10 foizi sotilishi mumkin, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov «Ipoteka-bank» davlat ulushining 75 foizini Vengriyaning OTP Bank banki sotib olayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlarning birinchi qismini chorshanba kuni, qolganini esa ikki oy davomida imzolash rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Andijon saylovchilari bilan uchrashuvda besh yil ichida nimalarga erishdi, degan savolga: «Erkin, qo‘rquvsiz yashash», deb javob berdi. «Men ham insonman, prezidentlik bir lavozim, maqsadim xalqimga, O‘zbekiston, Andijon xalqiga xizmat qilish», — deya qo‘shimcha qildi u.
Bachadon bo‘yni saratoni O‘zbekistonda ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan saraton kasalligi turi bo‘yicha ikkinchi, mazkur kasallik tufayli o‘lim holatlari bo‘yicha esa uchinchi o‘rinda turadi. U 90% hollarda odam papilloma virusi infeksiyasi bilan boshlanadi. Kasallikni erta tashxis qo‘yish va to‘g‘ri davolash orqali yengib o‘tish mumkin. Ikki viloyatda pilot skrining dasturi ishga tushirilmoqda.
Buxoroda budjet tashkiloti qariyb 65 mlrd so‘m miqdoridagi xaridlarni tendersiz amalga oshirgani aniqlandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «Raqobat to‘g‘risida"gi qonunni buzganlik uchun ish ochdi.
Samarqand avtomobil zavodi 729 avlod Isuzu yuk mashinalari va avtobuslarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi va ekologik standartdagi — 700P avlodiga ga o‘tadi. Eski avlod avtomobillari egalari uchun ehtiyot qismlari yaqin 10 yil ichida mavjud bo‘ladi.
Chorshanba kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Lacetti avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 510 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 4 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, seshanba kuni 67 kishida pnevmoniya qayd etildi, 2 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
oktabr oyining birinchi kunlarida O‘zbekistonda havo harorati asta-sekin kechasi + 3 … + 8 darajagacha, kunduzi + 12 … + 17 darajagacha pasayadi. Shimolda kechasi nolgacha pasayishi kutilmoqda. Shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
COVID-19 infeksiyasidan himoyalanishning yagona yo‘li — vaksinatsiya. Shunga qaramay, dunyo bo‘ylab ixtiyoriy tarzda emlanishdan bosh tortish holatlari uchramoqda. Garvard universiteti Kennedi maktabining Belfer markazi koronavirusga qarshi emlanish uchun 16 ta sabablarni keltirdi.
Moldovaning «Sherif» klubi hujumchisi Jasurbek Yaxshiboyev YeCHL doirasidagi o‘yinda «Real Madrid» darvozasiga gol urdi. «Santyago Bernabeu»dagi o‘yin Moldova klubi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikki o‘yindan beri g‘alaba qozonayotgan Yaxshiboyevning jamoasi o‘z guruhida 6 ochko bilan birinchi o‘rinda ketmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuvi, O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalar COVID-19`ga qarshi emlanishga ruxsat berilishi, Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent shahar Kengashi ta’sis etilishi — «Gazeta.uz»ning 28 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
YouTube’ning saylov natijalariga shubha tug‘diradigan kontentni joylashtirishni taqiqlagani, Afg‘oniston muvaqqat hukumatining qirol Zohir Shoh davridagi konstitutsiyaga amal qilishi, Yaponiyada favqulodda holat rejimining bekor qilinayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida yashovchi ayol eri ikki yoshli o‘g‘lini koma holatiga tushguncha qiynaganini ma’lum qildi. Ayolning aytishicha, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan eri avvalgi ikki nikohidan bo‘lgan bolalarini ham qiynagan — birining qo‘l terisini kuydirgan, boshqa birini pichoq bilan qo‘rqitgan.
Elsun-Sharob alkogol ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi «Yangi O‘zbekiston» savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berdi.
Ilon Mask yana dunyoning eng boy milliarderlari reytingida birinchi pog‘onani egalladi. Uning boyligi Forbes Real-Time reytingida 203,4 mlrd dollarga baholanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting