Ekologiya qo‘mitasi fuqarolardan har bir hududda «yashil maydonlar» va jamoat parklarini tashkil etish, iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda ko‘chatlar ekish bo‘yicha takliflarini yuborishlarini so‘radi.
Ketma-ket uchinchi kun koronavirusga chalinganlar soni 800 dan oshmayapti. 31 avgust kuni pnevmoniya holati esa bir kun oldingi ko‘rsatkichga qaraganda yuqoriroq bo‘ldi.
Daryo bo’yi Business City ishbilarmonlik markazi qurilishi doirasida Chirchiq daryosini toraytirish hisobiga ochilgan yerlar Toshkent hokimligi zaxirasiga o‘tkaziladi. So‘ngra ular lotlarga ajratilib, investorlarga sotiladi. Tushgan mablag‘lar byudjet ssudalarini qoplash va kelgusidagi qurilishlarni moliyalashtirishga sarflanadi.
Bu yil O‘zbekiston Mustaqillikning 30 yilligini nishonlamoqda. Asosiy tantanalar yubiley sanasi uchun maxsus qurilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Mustaqillikning ilk yillarida ushbu bayram qanday nishonlangani aks etgan fotosuratlar “Gazeta.uz” materialida.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan qutlar ekan, bo‘lg‘usi prezident saylovlarida dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda o‘nlab xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilayotganini ma’lum qildi. «Bo‘lg‘usi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o‘tadi, deb ishonaman», — dedi u.
Yangi O‘zbekiston" majmuasidagi Mustaqillik monumentining ochilish marosimi, yangi tayinlovlar, Afg‘onistonda o‘zbek tilining taqiqlanishi to‘g‘risida TIV bayonoti — “Gazeta.uz"ning 31 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Estoniyada yangi prezident saylangani, Gruziyada COVID-19 holatlari ko‘paygani tufayli yangi cheklovlarning joriy etilgani, Xitoy suvlariga kirayotgan xorijiy kemalar uchun yangi qoidalar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
2019 yildan buyon Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Azim Ahmadxo‘jayev energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Tolibon» harakati Afg‘oniston hududida o‘zbek tilining o‘qitilishini taqiqlagani,bir qator o‘zbek mualliflar asarlari yo‘q qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston TIV «Tolibon» rasmiy rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan suhbati chog‘ida «ushbu axborotning haqiqatga zidligi»ni ta’kidladi. Vazirlik «Tolibon» vakili o‘zbek tili, pushtu va dari tillari bilan bir qatorda, bundan buyon ham Afg‘onistonning rasmiy tillaridan biri bo‘lib qolishini tasdiqlaganini ma’lum qildi.
Dollarning rasmiy kursi 17,82 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 671,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
1 oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasi 15 foizgacha pasaytiriladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar import mahsulotlari bilan raqobatlasha olmayotgani uchun bu haqda prezidentdan tadbirkorlar bilan uchrashuvda so‘ralgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida «Yangi Toshkent» loyihasi amalga oshirilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha 2−3 oyda ommaga taqdim etiladi va uni «bahavo joyda» qurish ko‘zda tutilgan. «Endilikda Toshkentda qurilish emas, yashil hudud barpo etiladi», — dedi davlat rahbari.
Seshanba kuni prezident va jamoat faollari ishtirokida «Yangi O‘zbekiston» majmuasidagi Mustaqillik monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Monument o‘zida O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixini aks ettirgan. «G‘oyat qiyin va murakkab sharoitda respublika ravnaqini, xalqimizning tinchligi va omonligini o‘ylab, o‘zini ayamasdan xizmat qilgan atoqli davlat arboblarimiz faoliyati ham atroflicha yoritildi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Farhod Jabborov Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirining Jambil viloyatidagi harbiy qism o‘q-dorilar omborida portlash sodir bo‘lganidan keyin bergan iste’fosini qabul qildi. Portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 15 nafarga yetdi.
O‘zbekiston AQShni afg‘on uchuvchilari va ularning oilalarini chiqarib yuborish rejalashtirilayotganidan ogohlantirdi, deb yozmoqda WSJ nashri. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, «Tolibon» avgust oyi o‘rtasida O‘zbekistonga uchib o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlarni qaytarishni talab qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, yangi rekonstruksiya qilingan «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyiga kirib ko‘rdi. Prezident har bir hududdagi jadidlar va qatag‘on qurbonlari nomini tiklab borish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining rektori etib Turkiyaning Yilmaz universiteti professori Chidem Janbay Turkyilmaz tayinlandi.
Dushanba kuni AQShning so‘nggi harbiy samolyoti Afg‘onistonni tark etdi va mamlakatning harbiy missiyasi yakunlandi. Shuningdek, AQShning Afg‘onistondagi diplomatik faoliyati ham to‘xtatildi, diplomatlar mamlakatni tark etdi. Kobuldagi elchixona yopiqligicha qoladi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 755 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, dushanba kuni 201 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting