O‘zbekistonlik para-yengil atletikachi Boburjon Omonov Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni, yana bir para-yengil atletikachi Nurxon Qurbonova bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonda 2016 yildan boshlab samolyotlarda suratga olish taqiqlangan. Shuningdek, yo‘lovchilarga orqa fonda samolyot bilan suratga tushishga ham taqiq mavjud. 2018 yildan boshlab mamlakatda jamoat joylarida, jumladan, Toshkent teleminorasida va metroda erkin suratga olishga ruxsat berilgan. Deputat Rasul Kusherbayev samolyot fonida rasmga tushish mumkin emasligini tanqid qildi.
Dushanba kuni O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining 90 ming dozalik ikkinchi komponenti olib kelindi. U vaksinaning birinchi komponentini qabul qilgan fuqarolarni ikkinchi bosqichda emlashga mo‘ljallangan.
«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Mustaqillik bayrami nishonlanishi munosabati bilan Toshkentni Chimyon bilan bog‘lovchi yangi yo‘lda 31 avgustdan 2 sentyabrgacha transport harakati cheklanadi.
Prezident qarori bilan hokimlar o‘rinbosarlari faoliyatini baholash tizimi joriy etilmoqda. Ular faoliyati «qoniqarsiz», «qoniqarli», «yaxshi» va «a’lo» deb baholanadi. Ular hududning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari uchun shaxsiy javobgar etib belgilandi.
Afg‘onistondan amalga oshirilgan evakuatsiya reyslariga xizmat ko‘rsatish uchun 19 avgust kuni yopilgan Toshkent-3 mahalliy reyslar aeroporti 31 avgustdan o‘z faoliyatini tiklamoqda
1 oktyabrdan davlat qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlaydi. Prezident bilan uchrashuvda tadbirkorlar infratuzilmalar bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilgan edi.
Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston uchun birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. «Gazeta.uz» sportchining murabbiyi Pavel Xan bilan suhbatlashib, undan chempionlarni tarbiyalash, g‘alaba sari yo‘l va kelajakdagi rejalar haqida so‘radi.
Chiroqchida qo‘shni homilador ayolni zo‘rlamoqchi bo‘lganida ayol tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan marhumning yaqinlari prokuror bilan uchrashish maqsadida to‘palon ko‘targani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura mazkur yig‘ilish aslida IIO tomonidan aholi vakillari bilan mast holda o‘g‘lini o‘ldirgan ota bilan bog‘liq jinoyat ishini muhokama qilish uchun tashkil etilganini bildirdi.
O‘zbekistonlik para-dzyudochi Sharif Halilov bronza medali sohibi bo‘ldi. U bundan avval London-2012 Paralimpiadasida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
30 avgust kuni Toshkent shahri, Toshkent viloyati va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Toshkentda Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida uylarning devorlariga giyohvand moddalarni reklama qilgan yozuvlarni yozgan uch fuqaro qo‘lga olindi. Tekshiruvlarda jami 62 ta yozuv aniqlandi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 7 oyda O‘zbekiston xorijga qiymati 14,5 mln dollarga teng bo‘lgan 53,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan. Eksport qilish bo‘yicha mamlakatlar kesimida Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston yetakchilik qilmoqda.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 811 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 322 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Sertifikat yo‘lovchi va yuk-yo‘lovchi liftlarining xavfsizlik talablari nuqtai nazaridan Yevropa standarti talablariga muvofiqligini tasdiqladi.
18 yalpi majlisda senatorlar jami 8 ta qonunni, shu jumladan, sug‘urta faoliyati, qishloq xo‘jaligi kooperativi, soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash, harbiy xizmat, Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritish haqidagi hujjatlar ma’qulladi.
Juma kuni ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining III faza tadqiqotlari natijalarining dastlabki statistik tahlili e’lon qilindi. Unga ko‘ra, vaksina barcha shtammlar uchun umumiy 81,7% samaradorlikni namoyish etgan. Innovatsion rivojlanish vazirligi bayonotiga ko‘ra, «klinik tadqiqotlar natijasi vaksina aholiga koronavirus yuqishining oldini olishda samarali ekanini tasdiqlagan».
Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana 3 ta medalni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Para-dzyudochi Feruz Saidov oltin, para-pauerliftingda Ro‘za Qo‘ziyeva va para-dzyudochi Parvina Samandarovalar kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.
Hukumat qarori bilan 2022 yildan oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etishda qo‘llaniladigan va jon boshiga to‘g‘ri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlariga tenglashtiriladi.
Farg‘onada tug‘ruqxona shifokorini kaltaklagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zgatilib, u protsessual tartibda ushlandi. U avvalroq, surunkali ravishda intizomni buzgani uchun ichki ishlar organlaridan haydalgani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting