Toshkent markazi aholisi Le Grande Plaza mehmonxonasi yaqinidagi katta yashil hududining taqdiridan xavotirda. Bu yerda 2019 yilda biznes-markaz qurish rejalashtirilgan edi. «Gazeta.uz» ushbu yer uchastkasi ajratilgan kompaniya rahbari va bu yerda har qanday qurilish bo‘lishiga qarshi aholi bilan gaplashdi.
«Kumtor» loyihasini amalga oshirishdagi korrupsiya faktlarini tergov qilish doirasida qidiruvga berilgan Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Askar Akayev Bishkekka olib kelindi.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘ninchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika hamda yunon-rum kurashi bellashuvlarda qatnashishdi. Ammo musobaqaning navbatdagi kuni ham O‘zbekiston uchun medallarsiz yakunlandi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining tadbirkorlar bilan kutilayotgan uchrashuvi nima sababdan qoldirilganiga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar 10 mingga yaqin murojaat kelib tushgan va ularning 40 foizi hal etilgan. Murojaatlar dinamikasidan kelib chiqib, uchrashuv kuni qoldirilgan va takliflarni qabul qilish 5 avgustgacha davom etadi. Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov esa uchrashuvda ishbilarmonlarning qaysi qatlami ishtirok etishini ma’lum qildi.
Surhondaryoda voyaga yetmagan bolani do‘pposlayotgan besh nafar yigitni ogohlantirgan IIB xodimlari kaltaklandi. Ichki ishlar organlari xodimlarga qarshilik ko‘rsatgani va yengil tan jarohati yetkazgani uchun ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Toshkent viloyatida qoidabuzar Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lga YPX xodimiga ratsiya orqali chiqib, haydovchini qo‘yib yuborish buyurgan komandirga intizomiy jazo qo‘llanildi. “O'ZTEMIRYO'LMASHTAʼMIR” korxonasiga tegishli mashina haydovchisi esa xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimaga tortildi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘zbek-rus-tojik hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. 1 avgust kuni harbiylar uzoq masofali marsh asosida Tojikistondagi Harb-Maydon poligoniga yetib borishdi.
O‘zbekiston prezidenti shu hafta Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Turkmanistonga boradi. Uchrashuv kun tartibidan savdo-cotiq, transport logistikasi, energetika va madaniy sohalar muhokamasi joy olgan. Qolaversa, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari uchrashuvi o‘tkazilishi ham rejada bor.
Avgustning dastlabki haftasida quruq va o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Mamlakat bo‘yicha 2−4 avgustda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi saqlanib turmoqda.
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan fuqaro Narkologiya dispanserida vafot etdi. Marhumning yaqinlari IIB xodimlari uni urib, kuch ishlatganligini gumon qilmoqda. Holat yuzasidan Qarshi tuman prokuratorasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar boshqarmalariga xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Azizxon Umarxonov Olmazor tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan, deya ta’kidladi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov. Ammo u davlat rahbari qaysi vaksina bilan emlanmaganini aytmadi.
Toshkent viloyatida YPX xodimi Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lganida, unga ratsiya orqali haydovchini qo‘yib yuborish bo‘yicha buyruq beriladi. «Qo‘yvor bo‘ldi, ko‘p gapirmasdan. Yaxshi yetib oling deb tushuntirvor», — deydi ratsiya orqali murojaat qilayotgan shaxs qaysi mashina ekanligini aniqlashtirgandan so‘ng. Mazkur jarayon Toshkent telekanali efirida uzatilgan.
Mudofaa vazirligining vertolyotlari tomonidan yakshanba kuni Zomindagi o‘rmon yong‘inini o‘chirayotganda havodan olovga 30 tonnadan ziyod suv tashlandi.
Yaponiyalik dizayner Yoshimasa Takakura Tokio — 2020 Olimpiadasining barcha ishtirokchi mamlakatlari uchun kimonolar kolleksiyasini taqdim etdi. Liboslarda mamlakatlarning milliy madaniyatini ifodalovchi naqshlar, ramzlar va diqqatga sazovor joylarini ko‘rish mumkin. O‘zbekiston kimonosida «Registon» va Alisher Navoiy teatri aks etgan.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 863 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, yakshanba kuni 498 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda sinov tariqasida yo‘l-patrul xizmati mashinalariga 360 gradus radiusga ega bo‘lgan masofada qoidabuzarliklarni aniqlaydigan maxsus qurilmalar o‘rnatilmoqda. Qurilma to‘xtash va to‘xtab turish, harakatlanish tezligini oshirish, svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmaslik singari qoidabuzarliklarni qayd etadi va u orqali haydovchilarning yashash manziliga jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qaror yuboriladi.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining to‘qqizinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, yunon-rum kurashi, boks va og‘ir atletika bo‘yicha bellashuvlarda qatnashishdi. Bokschi Bahodir Jalolov yarim finalga yo‘l olib, Olimpiada medalini naqd qilgan bo‘lsa, qolgan sportchilar musobaqada o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.
Bugun Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi “Duoba” QFY O‘riklisoy qishlog‘i dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inni o‘chirishga 4 ta vertolyot, FVVning 370 dan ortiq xodimlari bilan birga Milliy gvardiya, IIB, Davlat ekologiya qo‘mitasidan ham kuch va vositalari jalb qilingan.
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida “Vaz-2114” (Lada Samara) avtomobili ag‘darilib ketdi. Oqibatda bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting