O‘zini o‘z band qilish maqomi nimani anglatadi, uni qanday olish mumkin va bu maqom O‘zbekistonda 2021 yilda qanday foyda berishi haqida so‘z yuritamiz.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2021 yil boshida o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan to‘liq emlangan.
2021 yilgi prezidentlik saylovlariga «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tomonidan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov nomzodi e’lon qilindi.
Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida Matiz avtomashinasi Nexia`ni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida 13 yoshli qizni urib ketgan va Nexia bilan to‘qnashgan. Piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Korrupsiya holatlari haqida Antikorrupsiya agentligini xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus sayt ishlab chiqildi. Fuqarolar murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingi ham tuziladi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri eng ko‘p kunlik koronavirus holatlari aniqlandi: 951 nafar kishida ushbu infeksiya qayd etilgan. 9 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, juma kuni 559 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etildi. Andijon, Namangan va Jizzax viloyatlarining bir qator tumanlari gul yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 13-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 8 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Nigeriyada qaroqchilarning 80 nafar o‘quvchi evaziga 194 ming dollar talab qilayotgani, Chexiyada ikkita yo‘lovchi poyezdining to‘qnashgani, JSSTning revaksinatsiyaga moratoriy joriy etishni taklif qilayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovning Olimpiya o‘yinlari finaliga yo‘l olishi, Ekopartiyaning prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qilishi, aholi murojaatlarini hal qilish uchun “Tezkor shtablar” tashkil etilayotgani — “Gazeta.uz"ning 4 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekistonda qariyb 950 ming nafar abituriyent oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 535 ming kishi yoki 36,1 foizga kam. Hujjat topshirganlarning 46 foizi sirtqi ta’limga hujjat topshirgan.
Poytaxtda Nexia va tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n ikkinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, kanoeda eshkak eshish, boks hamda erkin kurash bellashuvlarida qatnashishdi. Musobaqaning navbatdagi kunini O‘zbekiston medalsiz yakunladi. Shunday bo‘lsa-da, bokschi Bahodir Jalolov Olimpiada finaliga chiqdi va oltin medal uchun kurashni davom ettiradi.
5−6 avgust kunlari Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Prezidentlar mintaqaning rivojlanishi, energetika va transport sohasida hamkorlik, pandemiyaga qarshi kurash va boshqa masalalarni muhokama qilishadi.
Namangan shahridagi oilaviy poliklinikada fuqaro noto‘g‘ri tashxis qo‘yganlikda shifokorni ayblab, u bilan mushtlashib ketgan. Shifokorning yuz, bosh va qo‘l qismiga jarohatlar yetkazilgan. «Bezorilik» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
«Salar» kanali bo‘yida va Toshkentdagi suv tozalash inshooti yaqinida joylashgan ba’zi ishlab chiqarish obyektlari va qoramol kushxonalari Olmaliq va Ohangarondagi maxsus sanoat zonalariga ko‘chiriladi.
Dollarning rasmiy kursi 11,98 so‘mga pasaydi va jami 10 635,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov Turkmanistonda Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning kirishini soddalashtirish va savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, O‘zbekiston — Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Sentyabrdan boshlab Germaniya keksa yoshdagilar va xavf osti guruhida bo‘lganlarga koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasini taklif qila boshlaydi. Bundan oldin qaysi vaksina bilan emlanilganidan qati nazar, Pfizer/BioNTech yoki Moderna vaksinalari qo‘llaniladi.
Viloyat hokimliklarida aholi murojaatlarini hal qilish uchun «Tezkor shtablar» tashkil etiladi. Ularning faoliyatiga hokimlar rahbarlik qiladi. «Har bir hokimning kabineti „xalq qabulxonasi“ bo‘ladi», — degan edi Shavkat Mirziyoyev 23 iyul kuni ushbu masalalarga oid videoselektorda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting