AQSh O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistondan AQSh harbiy kuchlari bilan ishlagan va hozirda «Tolibon» qasosidan qo‘rqayotgan 9000 ga yaqin afg‘onistonliklarni vaqtincha qabul qilishni iltimos qilib murojaat qildi, deb yozadi Bloomberg.
Dollarning rasmiy kursi 25,95 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 613,54 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
“Fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishning qonuniy talablari” buzilganligi uchun O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi, deya ta’kidlamoqda “O‘zkomnazorat”. Faoliyati cheklangan ijtimoiy tarmoqlar nomi ko‘rsatilmagan, ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Twitter, TikTok va VKontakte faoliyatida uzilishlar bo‘layotganini aytmoqda.
Toshkent shahrida 34 nafar fuqarolarning nomidan 897 mln so‘m onlayn-kredit mablag‘larini noqonuniy tarzda qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi. Firibgarlik va hujjatlarni qalbakilashtirish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident topshirig‘iga muvofiq, 2021−2022 yillarda poytaxtimizning 130 km piyodalar va 117 km velosiped yo‘laklarini qurish, 12 ta bog‘, 25 ta yashil hudud va saylgohlarni tashkil qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, 140 gektar maydonga ega bo‘lgan attraksionlarsiz bog‘larni va har bir tumanda kichik yashil bog‘larni tashkil qilinishi kutilmoqda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Markaziy Osiyodagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildilar. Tomonlar terrorizmga qarshi kurashish va mudofaa vazirliklarining salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Yoshlar ishlari agentligi Toshkentdagi Yoshlar va talabalar forumining barcha ishtirokchilari koronavirusga test topshirganligini ta’kidladi. «Ishtirokchilar vaksina qilinishi rejalashtirilgan edi, lekin emlashdan keyin tana harorati ko‘tarilish sababli vaksinatsiya o‘tkazilmagan», — deyiladi agentlik bayonotida.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan gender tenglik masalalariga bag‘ishlangan «Tenglik avlodi» xalqaro forumida ishtirok etdi. Forumda 2030 yilgacha O‘zbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlangani ta’kidlandi. Tadbir doirasida 100 dan ortiq virtual tadbirlar o‘tkaziladi va yakunida gender tenglikni tezlashtirish dasturi qabul qilinadi.
Dam olish kunlarida O‘zbekistonda issiq va quruq ob-havo sharoiti saqlanib qolishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari +38…+41 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +44 darajagacha atrofida bo‘ladi.
COVID-19 pandemiyasi tufayli xalqaro turizm to‘rt trln dollar zarar ko‘rishi mumkin. Turizm sohasining tiklanishi ko‘p jihatdan vaksinalardan foydalanish imkoniyatining mavjudligiga bog‘liq, deya hisoblaydi BMT ekspertlari.
O‘zbekistonda shu yilning birinchi yarmida 478 ta davlat mulki 1,1 trln so‘mga sotildi. Prezident videoselektorda sotilishi belgilangan 288 ta mulk savdolarga chiqarilmaganini tanqid qildi. Qolaversa, davlat korxonalari va banklari ixtiyoridagi ularning faoliyatiga xos bo‘lmagan 511 ta obyekt haligacha sotilmasdan turgani aytildi.
Kecha O‘zbekistonda 495 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 313 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov COVID-19 ga qarshi xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning AQSh davlat kotibi Entoni J. Blinken bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Davlat kotibi AQShning O‘zbekiston bilan strategik sherikligini chuqurlashtirish istagini bildirib, O‘zbekistonning Afg‘onistonda adolatli va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishini doimiy qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildirdi.
Toshkentdagi «Yoshlik» va «Universal» sport majmualari hamda «O‘zekspomarkaz»da joylashgan koronavirus bemorlari uchun taqsimlash markazlari faoliyati qaytadan yo‘lga qo‘yilmoqda. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev markazlarni dushanba kuniga qadar to‘liq ochishni topshirdi. Prezident bir necha oy ichida ilk bor masofaviy formatda yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezident davlat korxonalari hamda banklarning asosiy faoliyatga xos bo‘lmagan va bo‘sh turgan obyektlarini to‘liq qaytadan xatlovdan o‘tkazib, ularni xususiylashtirishga tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi. Davlat mulklarini «1 so‘m» qiymatda savdoga chiqarish amaliyoti bekor qilinadi. obyektlar bozor bahosida elektron savdolarga chiqariladi.
Xitoyning 100 yillik maqsadiga erishgani, AQShda 80 ga yaqin kishining issiqlik tufayli vafot etgani, 2020 yilda dunyodagi millionerlarning umumiy boyligi 79,6 trln dollarni tashkil etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkentdagi filiali eski ToshMI binolariga joylashtiriladi va ta’lim faoliyatini 2022/2023 o‘quv yilidan boshlaydi.
Prezident bilan yoshlar bilan uchrashuvi, YTHlarga oid o‘tgan 5 oydagi statistika, Andijon viloyati hokimining qizining to‘yi, Bosh prokuratura tomonidan yangi ishga tushirilgan telegram-bot — “Gazeta.uz"ning 1 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Andijon viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, go‘yo hokim Shuhrat Abdurahmonovning qizining to‘yida olinganligi tasvirlangan foto va video lavhalarga munosabat bildirdi. Hokimlikning so‘zlariga ko‘ra, chindan ham viloyat hokimi qizining to‘yi bo‘lgan, ammo tarmoqlarda tarqalgan aksariyat fotosuratlar hokimga aloqador emas.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting