Rossiya prezidenti koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini qabul qilgan. Putin vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlanganida kechqurun isitmasi 37,2 darajaga ko‘tarilib, kunduzi 36,6 darajani tashkil qilganini aytgan.
Toshkentda noinstitutsionllashtirishni tezlashtirish bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari yangi internat muassasalarining ochilishiga yo‘l qo‘ymaslikni va mavjud muassasalarni ijtimoiy xizmatlar markazlariga aylantirishni taklif qilishdi.
Rossiyaning Volgograd viloyatida 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan «Gazel» zovurga ag‘darilib ketdi. 13 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Hukumat qarori bilan Jizzaxda Hindistonning Sambhram universiteti tashkil etildi. Bitiruvchilarga O‘zbekiston va Hindistonda tan olinadigan diplom beriladi. Universitetga har yili qabul qilinadigan talabalarning 20 foizini o‘qitish uchun imtiyozli ta’lim grantlari ajratiladi.
Buxoro viloyatida voyaga yetmagan 14 yoshli qizni zo‘rlab, keyinchalik uni qo‘rqitib, ishqiy munosabat qilishga majburlab kelgan 32 yoshli erkakka uch yil qamoq jazosi tayinlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019 yil O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi 52,11 foizni tashkil etgan. Marakaziy Osiyoning boshqa davlatlarida esa bu ko‘rsatkich nisbatan pastroq. Tojikiston YAIMda yashirin iqtisodiyot 40,7 foizni, Qozog‘istonda 36,6 foizni va Qirg‘izistonda esa 30,5 foizga to‘g‘ri kelgan.
Qozog‘iston cavdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov O‘zbekistonga safari davomida ikkita shartnoma imzolashga erishdi. Xususan, Qozog‘iston kompaniyasi o‘zbek gilosini keyinchalik Dubay savdo tarmoqlarida sotish uchun xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Kecha O‘zbekistonda 487 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 647 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Yevropa chempionatining nimchorak final uchrashuvlari yakuniga yetdi va chorak final juftliklari nomi aniq bo‘ldi. Chorak final o‘yinlari 2 va 3 iyul kunlari o‘tkaziladi. Mazkur bosqichdagi qarama-qarshiliklar orasida Belgiya — Italiya, Ukraina — Angliya bahslari o‘rin olgan.
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida bir necha taksi haydovchilari qoidabuzarliklarni suratga olgan 2 nafar fuqaroni kaltaklashdi. Taksichilar ularning suratga olgan telefonini tortib olishgan va Spark avtomashinasiga moddiy zarar yetkazgan.
Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilishi kutilmoqda. Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov bunga huquqni muhofaza qiluvchilarning qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish soni oshib borayotganligini sabab qilib ko‘rsatdi. Deputat Doniyor G‘aniyev bunday holatlar ichki ishlar organlari xodimlarining sog‘lig‘iga zarar bo‘layotganligini ta’kidladi.
O‘zbekistonga xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining navbatdagi 1 mln dozasi olib kelindi.
Koronavirus tarqalishi sababli 28 iyundan karantin cheklovlari kuchaytirildi. Lekin ommaviy tadbirlarni ushbu cheklovlarga amal qilmagan holda tashkillashtirish davom etmoqda, jamoat transportida ularga rioya qilishning esa iloji yo‘q.
Qashqadaryo viloyatida 28 iyundan restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 22:00 gacha ruxsat beriladi. Shuningdek, karantin bo‘yicha boshqa bir qator tartib va cheklovlarga qo‘shimchalar kiritildi.
Estoniya prezidentining BMTda ayollar va bolalar huquqlari jahon himoyachisi bo‘lgani, Pokistonda TikTok’ning bloklangani, Belarusning «Sharqiy sheriklik» tashabbusidagi ishtirokini to‘xtatayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Mudofaa vaziri barcha kuch tuzilmalarining jangovar shayligini sinovdan o‘tkazishi, Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali suhbati, Jahongir Otajonovning haqoratomuz video chiqishlariga Toshkent IIBBning munosabati, UzReport TV Beeline`ni sudda yutishi — “Gazeta.uz"ning 29 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar (NPL) ulushi 1 iyunda 4,7 foiz yoki 14 trln so‘mga yetdi, o‘tgan yil boshida bu ko‘rsatkich 2,1 foizni tashkil etgan edi. NPL O‘zMB, «Agrobank», «O‘zsanoatqurilishbank», Xalq banki, «Qishloq qurilish bank» va boshqalarda o‘sdi.
Dollarning rasmiy kursi 18,47 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 605,30 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
Poytaxt YHXBga ORA IQ rusumli elektromobillar foydalanishga topshirildi. Tajribaning maqsadi ushbu transport vositasining ichki ishlar idoralarida ishlatiladigan avtoulovlarga nisbatan ustunligi yoki kamchiliklarni o‘rganishdan iborat, deya qayd etdi boshqarma.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Davlat apparati hajmini qisqartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu ijro etuvchi hokimiyat va boshqaruvning davlat organlari tuzilmasining optimallashtirilishi, takrorlanadigan va keraksiz funksiyalarning yo‘q qilinishi, shuningdek, davlat apparatini saqlash uchun byudjet mablag‘larining tejalishiga olib keladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting