Arxiv

Samarqandga Yutong elektrobuslarining birinchi partiyasi yetib keldi
8 may 2023, 12:13

Samarqandga Yutong elektrobuslarining birinchi partiyasi yetib keldi

Samarqand shahriga YeTTB ajratayotgan mablag‘lar hisobidan Yutong elektrobuslarining dastlabki 6 donasi olib kelindi. Yil oxirigacha yana shunday 94 ta elektrobus olish rejalashtirilmoqda. Yaqin yillarda shaharda 350 ta elektr transporti xarid qilinadi.

“Yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev
8 may 2023, 11:55

“Yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazib, referendum davomida umumxalq muhokamalarida faol va munosib ishtirok etgan millionlab yurtdoshlarni e’tirof etdi. “Yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Saylov kodeksi muddatidan ilgari saylovlar haqidagi moddalar bilan to‘ldirildi
8 may 2023, 11:24

O‘zbekiston Saylov kodeksi muddatidan ilgari saylovlar haqidagi moddalar bilan to‘ldirildi

Saylov kodeksiga prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolarining navbatdan tashqari saylovlarini o‘tkazish yuzasidan o‘zgartishlar kiritildi. Prezident davlat rahbari uchun muddatidan ilgari saylovlarni tayinlaganida, ular 2 oy ichida o‘tkazilishi kerak.

Adliya vazirligining tuhmat qilishda gumonlangan sobiq xodimi tergov hibsxonasidan ozod etildi
8 may 2023, 10:57

Adliya vazirligining tuhmat qilishda gumonlangan sobiq xodimi tergov hibsxonasidan ozod etildi

Adliya vazirligining sobiq xodimi tuhmat qilishda gumonlanib, hibsga olingandi. Uning ayoli tergov tugagan bo‘lsa-da, eri ozodlikka chiqmagani sababli bosh prokurorga murojaat qilgan. Sud ajrimiga ko‘ra, 3 oyga yaqin hibsda o‘tirgan fuqaro qo‘yib yuborildi.

Toshkentda firibgarlik va pora berishda gumonlangan prokuratura xodimlari qo‘lga olindi
8 may 2023, 10:53

Toshkentda firibgarlik va pora berishda gumonlangan prokuratura xodimlari qo‘lga olindi

Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori va Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ular firibgarlik hamda pora berishda gumonlanmoqda.

Ombudsman vakillari tergov hibsxonasidagi Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi
8 may 2023, 10:20

Ombudsman vakillari tergov hibsxonasidagi Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi

Ombudsman va jamoatchilik guruhlari vakillari 1-sonli tergov hibsxonasi (“Toshturma”)da bo‘lib, Nukus voqealari yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha sudlanganlar, jumladan, Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Sudda u ombudsmanni tanqid qilgandi.

Banklarda dollar kursi yana tushdi
8 may 2023, 10:05

Banklarda dollar kursi yana tushdi

Tijorat banklari 8-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 430 — 11 500 so‘m.

“Mening yo‘lim” loyihasi g‘oliblari e’lon qilindi
8 may 2023, 09:33

“Mening yo‘lim” loyihasi g‘oliblari e’lon qilindi

“Mening yo‘lim” loyihasining 2023-yilgi mavsumiga ovoz berish yakunlandi. Jami 517 ta loyiha g‘olib deb topildi, endi ularga 412 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Joylarda fuqarolar bayram qilishni boshlab yubordi.

Toshkent viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
8 may 2023, 09:19

Toshkent viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Dushanba tongida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 3,2 magnitudali zilzila qayd etildi.

Qatar O‘zbekistonda elchixona ochdi
8 may 2023, 09:07

Qatar O‘zbekistonda elchixona ochdi

Toshkentda Qatar elchixonasi ochildi. Marosimda Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy ishtirok etdi.

Bayroq rangidagi tasma taqqan yigitga ma’muriy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
7 may 2023, 18:23

Bayroq rangidagi tasma taqqan yigitga ma’muriy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi

Bosh prokuratura aralashuvi bilan bayroq rangidagi tasma taqqan qamashilik yigitga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qaror bekor qilindi. Shuningdek, mazkur qarorning noqonuniy ekani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda 174 nafar Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilari yashashi ma’lum qilindi
7 may 2023, 16:46

O‘zbekistonda 174 nafar Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilari yashashi ma’lum qilindi

Mudofaa vazirligi O‘zbekistonda 174 nafar Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilari yashashini ma’lum qildi. Eng ko‘p urush va front orti qatnashchilari Toshkent shahri (55 nafar), Toshkent (26 nafar) va Farg‘ona (19 nafar) viloyatlarida umr kechirmoqda. Ularning eng yoshi — 78, eng ulug‘i — 112 yoshda.

9-may kuni Toshkentda mushakbozlik o‘tkaziladi
7 may 2023, 16:36

9-may kuni Toshkentda mushakbozlik o‘tkaziladi

9-may oqshomida Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i hududida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayramona mushakbozlik tashkil etiladi.

Bir xonaga jamlangan bir asrlik tarix — O‘zgidromet muzeyiga sayohat
7 may 2023, 16:25

Bir xonaga jamlangan bir asrlik tarix — O‘zgidromet muzeyiga sayohat

Bundan 102 yil avval O‘zbekistonda gidrometerologiya xizmati tashkil etilgan edi. Xizmatning 75 yillik yubileyida — 1996-yilning 7-may kuni O‘zgidromet muzeyi ochilgan. “Gazeta.uz” 400 ga yaqin eksponati bilan O‘zgidrometning bir asrdan ko‘proq davom etgan faoliyatini ko‘rsatib beruvchi muzey bilan tanishtiradi.

Ombudsman qiynoqqa solingan tadbirkorlar bilan yakka tartibda xoli suhbatlar o‘tkazdi
7 may 2023, 11:14

Ombudsman qiynoqqa solingan tadbirkorlar bilan yakka tartibda xoli suhbatlar o‘tkazdi

Ombudsman va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari vakillari qiynoqqa solingan tadbirkorlar Dilshod To‘raxo‘jayev va Hasanboy Abdunabiyev saqlanayotgan “Toshturma”da bo‘ldi. O‘tkazilgan xoli suhbatlarda ular ruhiy va jismoniy qiynoqlarga solinganini tasdiqlab, bunga asosli dalillar borligini aytishgan.

Qashqadaryoda O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi tasma taqqan yigit qo‘lga olindi
7 may 2023, 10:27

Qashqadaryoda O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi tasma taqqan yigit qo‘lga olindi

Qamashi tumanidagi bozorda IIO xodimlari O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi tasma taqqan yigitni qo‘lga oldi. U tasmani yechishdan bosh tortdi, shundan so‘ng yigit bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, sudga taqdim etish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi.

MB rahbari o‘rinbosari Ilxomjon Abdugafarov transport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
6 may 2023, 20:18

MB rahbari o‘rinbosari Ilxomjon Abdugafarov transport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Prezident Ilxomjon Abdugafarovni transport vaziri o‘rinbosari etib tayinladi. Bunga qadar u Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Siemens O‘zbekistonga gaz turbinalari yetkazib beradi va elektr stansiyalari quradi
6 may 2023, 17:24

Siemens O‘zbekistonga gaz turbinalari yetkazib beradi va elektr stansiyalari quradi

Germaniyaning Siemens konserni Buxorodagi qozonxona va Qashqadaryodagi issiqlik elektr markazi uchun gaz turbinalari yetkazib beradi, shuningdek, O‘zbekistonda bir qancha elektr stansiyalar quradi.

O‘zbekiston boks bo‘yicha JCHda hozirgacha faqat bitta mag‘lubiyatga uchradi
6 may 2023, 16:51

O‘zbekiston boks bo‘yicha JCHda hozirgacha faqat bitta mag‘lubiyatga uchradi

Toshkentda boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatining (IBA) dastlabki 5 kunida O‘zbekiston terma jamoasi faqat bir marta mag‘lubiyatga uchradi. 6-may kuni terma jamoaning yana 2 nafar vakili bahsga kirishadi.

O‘zbekiston futboli bilan tanishgan FIFA rahbari — fotoreportaj
6 may 2023, 15:50

O‘zbekiston futboli bilan tanishgan FIFA rahbari — fotoreportaj

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga tashrif, to‘p va futbolkalarga qo‘yilgan dastxatlar, “Do‘stlik” stadioni qurilishiga qo‘shilgan hissa, U-20 terma jamoasiga tilaklar va 9-raqamli futbol formasi — Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoning Toshkentga tashrifidan reportaj.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting