Qozog‘istonning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyev koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi. U qozog‘istonliklarni vaksina olishdan qo‘rqmaslikka chaqirdi.
Juma kuni Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Peggy‘s Bar&Grill” restoranida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in korxonaning ichki qismi va tomiga, shuningdek qo‘shni uyning tom qismiga ta’sir ko‘rsatdi. Qurbonlar va jarohatlar yo‘q, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Mas’ul idoralarning takliflari inobatga olingan holda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan kunlik va juma namozlarini faqat masjidning ochiq havodagi maydonlarida tibbiy niqobda va oraliq masofani saqlagan holda tashkil etilishi tavsiya etildi.
“Ipak Yo‘li” bankning mobil ilovasi foydalanuvchilari uchun Visa kartalaridan pul o‘tkazmalarini Visa Direct orqali amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Prezident qaroriga ko‘ra, oltin medal uchun 200 ming, kumush medal uchun 100 ming va bronza medal uchun 50 ming AQSh dollari beriladi.
Koronavirus bilan kasallanish holatlarining oshishi sababli Toshkent shahri «Qizil» toifadagi hududga, Samarqand va Toshkent viloyatlari «Sariq» toifadagi hududlarga kirishi belgilandi.
28 iyundan 12 iyulga qadar Toshkentga qo‘shni viloyatlardan avtotrnasportda kirish bo‘ychia cheklovlar o‘rnatildi. Sog‘linq saqlash vazirligi ushbu cheklovlar qaysi holatda tatbiq etilmasligi haqida ma’lumot berdi.
28 iyundan 12 iyulga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatiladi. Ushbu sanadan boshlab barcha umumiy ovqatlanish obyektlari va ko‘ngilochar obyektlarning ish vaqti soat 8:00dan 20:00gacha qilib belgilanadi.
Kasallanish holatlari ortib borayotganligi sababli 18 yoshdan katta bo‘lgan Toshkent shahri aholisini bepul koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash boshlanmoqda.
Enter Engineering va «Uralmashzavod» kompaniyalari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2 mlrd dollar qiymatga ega boyituvchi kombinat qurishadi. Oldinroq ushbu loyiha SFI Management Group nazoratidagi Renaissance Heavy Industries tomonidan amalga oshirilishi kerak edi, biroq fevral oyida ular loyihadan chiqarib tashlandi.
“Detraleks” preparati varikoz xastaligini yengishga yordam beradi.
Shu hafta oxirida O‘zbekistonga issiq havo kirib kela boshlaydi. Respublika bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduz kunlari +35…+38 darajani tashkil etadi.
25 iyundan boshlab COVID-19 bilan kasallanganlar sonining o‘sishi munosabati bilan Isroil yopiq joylarda niqob taqish rejimiga qaytmoqda. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek, sport bilan shug‘ullanilayotgan vaqtda niqob taqish majburiy emas.
Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida 2 ta oliygohda 22,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilganligi aniqlandi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti buxgalteriya xodimlari tomonidan 21 mlrd so‘m naqd pul, Jizzax politexnika institutida esa 1,5 mlrd so‘m plastik kartochkaga o‘tkazilib o‘zlashtirilgan.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Majlisda senator Farxod Boqiyevni mazkur Qo‘mita raisining o‘rinbosari etib saylandi.
Davlat test markazi rahbari Majid Karimov kirish imtihonlari xarajatlari 30 mlrd so‘mdan oshishini ma’lum qildi. Moddiy-texnik baza uchun sarflanadigan xarajatlar bunga kirmasligi aytildi. Karimovning so‘zlariga ko‘ra, DTMga o‘tgan yilgi qabul jarayonlarida 90 mlrd so‘m atrofida pul tushgan.
“Sharoit Plus” nogironlar jamoat birlashmasi nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish bilan ta’minlash uchun onlayn platformani ishga tushirdi. Loyihaning hamkorlari — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va YeXHT, loyiha BMTning ijtimoiy himoyani mustahkamlash Qo‘shma dasturi tomonidani qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Kecha O‘zbekistonda 476 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 535 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Toshkent yaqinida barpo etilayotgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i va «Istiqlol» majmuasi qurilishining pudratchisi, davlat xaridlari portali ma’lumotlariga ko‘ra, Mimar Group hisoblanadi.
Qozog‘iston madaniyat va turizm vazirining so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan boshlab Silk road visa amalda qo‘llanila boshlashi mumkin. Avvaliga ushbu yagona viza faqat Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda amal qilishi reja qilingan edi. Qozog‘iston vakilasining so‘zlariga ko‘ra, viza Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlari uchun «Osiyo Shengeni» vazifasini o‘tashi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting