O‘zbekiston prezidenti videoselektorda qo‘shnilarni hisobga olganda, mamlakat mebel mahsulotlari bozori 2,5 mlrd dollarga tengligini ta’kidladi. Shu bois, 15 ta hududda klaster shaklidagi mebelchilik kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Qolaversa, yana 10 ta hududda charm mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha KSZlar yaratilishi aytildi. «Har bir dollar davlatimizga foyda keltirishi kerak», — dedi u.
Chiroqchi tumanida elektr ta’minotidan norozi bo‘lib, «Afrosiyob» poyezdi yo‘lini to‘sganlarning 13 nafari sudga chaqirildi. Mazkur ish doirasida 50 nafar fuqaroga chora ko‘rilayotgani aytildi.
JSSTning bolalar va o‘smirlarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat bergani, Qozog‘istonda majburiy emlanishdan bosh tortganlarning jarimaga tortilishi, Efiopiyada havo hujumi natijasida 80ga yaqin kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
“Shahidlar xotirasi” majmuasi hududidagi obyektlar qurilishi qanday moliyalashtirilishi, 2021−2022 o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotasi tasdiqlanishi, O‘zbekistonda koronavirusning “hindcha” shtammi aniqlanishi, Afg‘oniston chegarasidan 53 nafar afg‘on harbiylari va mahalliy qurolli guruhlar O‘zbekiston hududiga o‘tishi — “Gazeta.uz"ning 24 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston mudofaa vazirligi harbiy okruglarida qo‘shinlarni jangovar shaylikka keltirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar boshlandi. Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov rahbarligida Toshkent va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglari hamda rejaga asosan qo‘qqisdan tekshiruvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan Andijon shahar xalq kengashining deputati Shuhrat Karimov qamoqqa olindi. U ta’sis etgan kompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish ochildi. Uning hamkasbi Jahongir Jiyanov buni «deputatlarga ochiqdan-ochiq bosim» deb atadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yildan beri mamlakatda o‘zlashtirilgan investitsiyalar 83 mlrd dollarni tashkil etganligini ta’kidladi. Bu oldingi davrga nisbatan 2 baravar ko‘proq.
O‘zbekistonlik sambochi Dilshod Choriyev 4 yilga barcha milliy va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.
23 iyun kuni Afg‘oniston chegarasidan 53 nafar afg‘on harbiylari va mahalliy qurolli guruhlar O‘zbekiston hududiga o‘tganligi yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqdi. O‘zbekiston Afg‘oniston bilan do‘stona munosabatlarni asrash tarafdori, biroq mamlakat hududiga noqonuniy kirishga qilingan har qanday urinishlar qat’iy bartaraf etiladi, deyiladi bayonotda.
Deputat Doniyor G‘aniyev Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatilgan Toshkentdagi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi hududida obyektlar qurilishi bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish manbalari prezident farmoyishida belgilanganlariga mos kelmayotganiga e’tibor qaratdi. U loyihaga maishiy xizmat binolari, savdo do‘konlari, WiFi hududlari yoki amfiteatr qurish ko‘zda tutilmaganini qayd etdi.
Dollarning rasmiy kursi 6,92 so‘mga pasaydi va jami 10 564,96 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi biroz pasaydi, rubl kursi esa biroz ko‘tarildi.
Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolojsk tumanidagi qurilish obyektida ishlayotgan 22 yoshli o‘zbekistonlik balandlikdan yiqilib tushib, shifoxonada vafot etdi. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
2021 yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Misrda joylashgan «Al-Azhar» universitetining barcha muassasalariga faqatgina Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tavsiyasi asosida qabul qilinadi. Ta’lim olish yuzasidan murojaatlar 25 iyundan — 15 iyulgacha Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida tashkil etilgan Maslahat kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistonda 2020 yilda 101,6 tonna oltin qazib olindi. Bu bilan O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyoda 8-o‘rinni egalladi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining turizm vazirlari yig‘ilishida Qo‘qon shahri kengash mamlakatlarining «Turizm poytaxti» deb e’lon qilindi.
DXX tomonidan Qashqadaryo viloyatida jami 3,3 kg, Toshkent viloyatida jami 5,4 kg giyohvandlik moddalari topildi va musodara qilindi. Barcha holatlarda narkotik moddalar Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.
Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishi doirasida delegatsiyalar a’zolari Qo‘qondagi turistik obyektlar bilan tanishdi. Marg‘ilondagi Hunarmandlar markazi, Rishton xalqaro kulolchilik markazi hamda Mehrigiyo salomatlik bog‘ining lavanda dalasi «Gazeta.uz» fotoreportajida.
Yevropa chempionatining guruh bosqich uchrashuvlari yakuniga yetdi va nimchorak final juftliklari nomi aniq bo‘ldi. Nimchorak final o‘yinlari 26, 27, 28 hamda 29 iyun kunlari o‘tkaziladi. Mazkur bosqichdagi qarama-qarshiliklar orasida Belgiya — Portugaliya, Angliya — Germaniya bahslari o‘rin olgan.
Kecha O‘zbekistonda 442 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 398 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Sirdaryoda viloyati Sayxunobod tumanidagi maktab hojatxonasida 8 yoshli qizaloqqa tegajog‘lik qilgan erkakka 10 yil qamoq jazosi tayinlandi. U o‘ta xavfli retsidivist deb e’lon qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting