«VKontakte», Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlari o‘zbekistonliklarning shaxsiy ma’lumotlarini qonunga zid ravishda qayta ishlamoqda, deya ma’lum qildi «O‘zkomnazorat». Inspeksiya ijtimoiy tarmoqlarga egalik qilayotgan Mail.ru Group, Twitter va Tencent kompaniyalariga «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunning 271-moddasi talablariga amal qilish, ya’ni serverlarini O‘zbekistonga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
O‘zbekiston prezidenti «Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik — 2030» (P4G) xalqaro sammitida ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev mintaqada iqlim o‘zgarishlari ta’sirida transchegaraviy daryolar oqimi va biologik xilma-xillik qisqarayotgani bo‘yicha xavotirda ekanligini ma’lum qildi. U «yashil iqtisodiyot»ni barpo etishga yoshlarni jalb etish bo‘yicha maxsus dasturni amalga oshirish tashabbusini ilgari surdi.
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi fuqaroning 100% kuyib ketgan jasadi topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda 1,9 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 257 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Jamoliddin Uzakov «O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga rahbar etib tayinlandi. Ushbu lavozimda 2020 yilning noyabr oyidan beri Anvarjon Tojiboyev ishlayotgan edi.
Qamashi tumani sobiq hokimi Rashid Muhammadiyev 57 yoshida vafot etdi.
Futbol bo‘yicha UEFA Chempionlar ligasi finalida «Chelsi» jamoasi «Manchester Siti»ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ushbu musobaqada ikkini marta chempion bo‘ldi.
O‘zbekistonda madaniyat va san’at xodimlari kuni belgilanishi, senatorlarning Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ma’qullashi, Xorazmdagi ikkit avariya, IIVning Andijonda 5 oylik kelinning zo‘rlangani yuzasidan rasmiy ma’lumoti — “Gazeta.uz"ning 29 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Senatorlar O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladilar. PDXX 2018 yil yanvarida tashkil etilgan, biroq uning faoliyati davlat rahbarining yopiq qarorlari asosida tartibga solinar edi.
Senat Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi. Shu bilan O‘zbekiston nogironlar uchun infratuzilmalarni takomillashtirish hamda ularning huquqlarini kafolatlash bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni zimmasiga olmoqda.
«O‘zkomnazorat» inspeksiyasi operator va provayderlarga 1 iyundan boshlab internet tezligi tariflarini «…gacha» qo‘shimchasisiz ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
O‘yinlardan chetlatilib, jarima to‘lagan murabbiy va futbolchilar, Venesuyela bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadigan futzalchilar, keyingi jang sanasi aniq bo‘lgan Fazliddin G‘oibnazarov va Shohjahon Ergashev, 10 ta medalni qo‘lga kiritgan para-dzyudochilar — «Gazeta.uz» ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Toshkent va Moskva O‘zbekiston hududida «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi, deya ma’lum qildi RF Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko. O‘zbekiston tomoni ushbu taklifni 2020 yilning dekabridayoq bildirgandi. O‘shanda ishlab chiqarish maydoni sifatida Tashkent Pharma Park hududi taklif etilgan.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-21 jamoasi Ukrainada Valeriy Lobanovskiy xotirasiga xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi.
IIV Andijonda 5 oylik kelinning zo‘rlangani holati bo‘yicha tergov harakatlari davomida aniqlangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, «ayol ayrim shaxslar majbur qilgani uchun ilojsizlikdan yolg‘on ko‘rsatma berganini aytgan». Sud tibbiy ekspertizasi esa jabrlanuvchi badanida zo‘rlik alomatlari yo‘qligini aniqlagan. Jinoyat ishining olti nafar gumondorga tegishli qismi tugatiladi.
Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida Nexia avtomobili 11 nafar yuqori sinf o‘quvchilarini urib ketdi. Olgan tan jarohatlari oqibatida ulardan uch nafari voqea joyida, yana bir nafari shifoxonada olamdan ko‘z yumgan. Urganch tumanida sodir bo‘lgan boshqa bir YTHda yuk mashinasi 2-sinf o‘quvchilarini urib yuborgan, ulardan biri voqea joyida vafot etgan.
«Endi tizim bundan ham qattiq bo‘ladi, mana shuni bilinglar. Qonun ustuvor — jazo muqarrar bo‘lishi kerak. Odamlar O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga ishonishi kerak. Hamma hokim xulosa qilishi kerak», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Prezident korrupsiyaning oldini olish uchun sohalarni raqamlashtirish zarurligini qayd etdi.
Senatning 15 yalpi majlisida Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi ma’qullandi. Unga ko‘ra, endilikda saylov byulletenida nomzodning egallab turgan lavozimi, ish joyi ko‘rsatilmasligi, qolaversa, fuqarolar ovoz berishda nafaqat pasport, balki ID-kartalar orqali ham o‘z shaxsini tasdiqlashi mumkin.
29 maydan 30 mayga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Inglizcha finalda «Manchester Siti» va «Chelsi» jamoalari to‘p surishadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.
Senatorlar 15 aprel sanasini O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilashga oid qonunni ma’qulladi. Mazkur sana 1935 yil 15 aprelda Vashingtonda imzolangan «Rerix pakti» xalqaro shartnomasi bilan bog‘liq. Shuningdek, qonun bilan soha fidokorlari ayni shu kuni «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni bilan takdirlanishi ko‘zda tutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting