Senatorlar 15 aprel sanasini O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilashga oid qonunni ma’qulladi. Mazkur sana 1935 yil 15 aprelda Vashingtonda imzolangan «Rerix pakti» xalqaro shartnomasi bilan bog‘liq. Shuningdek, qonun bilan soha fidokorlari ayni shu kuni «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni bilan takdirlanishi ko‘zda tutilmoqda.
Qulupnayli moxito, bananli kokteyl, mevali limonad va kompot — Zira.uz salqin ichimliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Shavkat Mirziyoyev 2000 dan ortiq uyni markazlashtirilgan issiqlik tarmoqlariga ulashni topshirdi. Qozonxonalarni modernizatsiya qilish ishlari doirasida issiqlik tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish rejalashtirilmoqda. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tish yiliga 670 mlrd so‘mni iqtisod qilishga imkon beradi.
O‘zbekiston prezidenti Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko bilan sog‘liqni saqlash sohasida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, jumladan telemeditsinani rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. U pandemiyaga qarshi kurashishda ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.
Xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar soni, 2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzni nimalarga sarflagani, bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etilishi, Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot universitetining filiali ochilishi, prezidentning videoselektorda bergan topshiriqlari — “Gazeta.uz"ning 28 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Germaniyaning Namibiyadagi genotsidni rasman tan olgani, Rossiyaning Belarus hududini chetlab o‘tayotgan Yevropaning samolyotlariga Moskvaga qo‘nishni ruxsat bermayotgani, 34 mingdan ziyod gonkonglikning Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tishga murojaat qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
2 yil davomida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi 100 ga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgani uchun javobgar bo‘lgan. Andijon uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi rahbarlari 240 mln so‘m, Namangan «Ta’mirlash tiklash xizmati» korxonasi mansabdorlari 250 mln so‘m va Surxondaryo Suv ta’minoti boshqarmasi xodimlari 540 mln so‘mni o‘zlashtirgan.
Prezident videoselektorda uy-joy shirkatlarining muddati o‘tgan kreditorlik qarzi 1,4 trln so‘mdan ortib ketganini tanqid qildi. Ularning kredit muddati uzaytirilgani bilan 52 foizi so‘ndirilmagani aytildi. «Bu banklarning puli-ku. Sizlar banklarga „pul ber“ deb o‘rganib qolgansizlar, ularni qaytarish haqida kim o‘ylaydi?», — dedi davlat rahbari.
Toshkentda 24 yoshli kar-soqov bo‘lgan ayolni kaltaklab, tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi. Jabrlanuvchiga himoya orderi berildi.
Shavkat Mirziyoyev videoselektorda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasidagi qurilish va ta’mirlash ishlari barcha hududlarda ham birdek sifatli olib borilmayotganini tanqid qildi. Yig‘ilishda qoloqliklar mavjud viloyatlarga prezident Administratsiyasi, Hukumat, Hisob palatasi va vazirliklar mas’ul rahbarlari yil yakuniga qadar biriktirilishi ta’kidlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Akmal Burxonov O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashni 10 ballik tizimda baholadi. «Qilingan ishlarni 10 ballik tizimda baholash kerak bo‘lsa, qo‘rqmasdan 8 ball bergan bo‘lardim», — deydi u.
Cyenatning 15 yalpi majlisida O‘zbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilindi. Hujjat Pekin Deklaratsiyasi, Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarishga ko‘maklashadi. Senatorlar strategiya xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berishiga ishontirmoqda.
Toshkentning turistik salohiyatini oshirish maqsadida poytaxt hokimligi shaharning qadimiy 12 ta darvozasi va qal’a devori o‘rnini aniqlamoqda. Toshkent hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti direktorining o‘rinbosari Kamoliddin Fayzullayev eski xaritalarni izlash va shaharning bir yarim asr davomida qanday o‘zgargani haqida gapirib beradi. Xaritalarning qismi birinchi marotaba e’lon qilinmoqda.
Bosh vazir Abdulla Aripov MDH hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Minsk shahriga tashrif buyurdi. Hukumat rahbarlari avvaliga, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qabulida bo‘lishgan. «Belarusga internet orqali bo‘layotgan hujumlarga qaramasdan, o‘zingiz ko‘rib turganingizdek, bu yerdagi vaziyat tinch», — degan u.
Dollarning rasmiy kursi 8,38 so‘mga pasaydi va jami 10 580,65 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz pasaygan.
O‘zbekiston hukumati aholi jon boshiga YAIMni hozirgi paytdagi 1700 dollardan 2025 yilgacha 2500 dollarga va 2030 yilgacha bo‘lgan muddat ichida 4200 dollarga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Qoraqalpog‘istonda jayron ovlagan ikki brakoner «Janubiy Ustyurt» tabiat bog‘i inspektorlarining mashinasiga hujum qildi. Ovchilar qurol bilan tahdid qilib, mashina g‘ildiraklarini teshishgan va xodimlarning telefonlarini olib qo‘yishgan. Orol dengizi atrof-muhitni muhofaza qilish prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Xovos tumanida 22 yoshli ayolni poyezd urib yubordi. U olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Xovos transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkentda reklama bannerlarining buzilishi masalasini o‘rgangan biznes-ombudsman poytaxt xalq deputatlari kengashining bu to‘g‘risidagi qarorining loyihasi adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaganligini aniqladi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi N. I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvni imzoladi. Mamlakatda mazkur ta’lim muassasasining filiali ochiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting