2020 yilda tez tibbiy yordam xizmatiga dori-darmon va tibbiy buyumlar sotib olish uchun 58 mlrd so‘m ajratilgan. Bu — 2016 yilga nisbatan 12 baravar ko‘p mablag‘ ajratilgan degani. Joriy yilda har bir tez tibbiy yordam chaqirig‘i uchun 7700 so‘mdan ajratiladi.
Tez tibbiy yordamda «Damas» avtomashinasidan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda. Uning o‘rnini B va S klassidagi tibbiy transport vositalari egallaydi. Joriy yilning o‘zida 1000 dona B klassiga mansub zamonaviy mashinalar xarid qilish ko‘zda tutilgan.
«Agrobank» va «Rosselxozbank» vakillari o‘zaro tajriba almashib, banklararo hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi memorandumni imzolashdi.
22 may kuni Vazirlar Mahkamasiga yordam so‘rab borgan mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchilari ichki ishlar xodimlari ularga kuch ishlatishganini ta’kidlamoqda. Toshkent shahar IIBB voqea yuzasidan xizmat tekshiruv o‘tkazmoqda. Holat IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.
«Besh tashabbus harakati» davomida bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov yoshlar bilan muloqot qildi va turizm sohasida birdaniga 3 ta taklifni bildirgan Shahboz Zaripovni vazirlikka ishga taklif qildi.
Dollarning rasmiy kursi 4,78 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 601,54 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Seshanba kuni «Besh tashabbus» festivali doirasida bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov yoshlarni savollariga javob berar ekan, «Men o‘zim borib u lavozimlarni talab qilib olgan joyim yo‘q», — dedi u. U shuningdek, 5 ta lavozimi orasidan faqat bosh vazir o‘rinbosarligi uchun oylik maosh olishini qo‘shimcha qildi.
UzReport TV o‘z mobil ilovasida telekanallarning qayta translyatsiyasi tufayli Unitel (Beeline) kompaniyasini mualliflik huquqini buzganlikda ayblab, unga qarshi sudga murojaat qildi. Beeline Uzbekistan ushbu ayblov bilan rozi emasligini va o‘z pozitsiyasini qonunlar doirasida himoya qilishga tayyorligini bildirdi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosariga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori vazifasini bajarish yuklatildi.
Yoshlar kuni munosabati bilan Enter Engineering 16 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun chellenjni o‘tkazmoqda. G‘olib kompaniyaning qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlanadi.
Surxondaryoning Boysun tumanida bir guruh shaxslar Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi deputatini kaltakladilar. XDP ushbu hodisa bo‘yicha «surishtiruv ishlari boshlanganiga bir yarim oydan oshgan bo‘lsa-da, hamon muayyan bir xulosaga kelinmagani» ni ma’lum qildi.
Yevropaning bir qator yirik aviakompaniyalari, jumladan, KLM (Niderlandiya), Air France (Fransiya), SAS (Shvetsiya), LOT (Polsha), Wizz Air (Vengriya), Air Baltic (Latviya), Singapore Airlines Belarus osmonini chetlab o‘tgan holda parvozlarni amalga oshirmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari, Mass-media fondi rahbariyati, YeI elchisi, Uzbekistan Airports rahbari, Antikorrupsion agentlik direktori va Toshkent hokimi 2020−2021 o‘quv yili bitiruvchilariga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirishdi.
Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritayotgan Abdusalom Xo‘jaqulov Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlandi.
24 may kuni kechqurun Kuala-Lumpurda yer osti tunnelida ikkita metro poyezdi to‘qnashdi. 213 kishi jabrlandi, ulardan 47 nafarida og‘ir jarohatlar qayd etilgan.
DSQ Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Jaxongir Abdiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimi etib tayinlandi.
Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan O‘ktam To‘rayev qurilish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shoazim Minovarov prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori hisoblanadi.
«Obod qishloq», «Obod mahalla» va boshqa dasturlar doirasida qishloq va mahallalarda amalga oshiriladigan qariyb 21 trln so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarni onlayn nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Qolaversa, dasturlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun esa maxsus telegram bot ishlab chiqildi.
Seshanba kuni poytaxtda «Mo‘ynoqqa madad» xayriya velomarofoni o‘tkazilishi munosabati bilan soat 9:30 dan 11:30 gacha ayrim ko‘chalar harakat uchun yopiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting