Fransiya delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va delegatsiya rahbari Frank Riyester tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ikki yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi.
O‘zbekistonda bir litr o‘simlik yog‘i narxi hafta davomida 0,5 foizga arzonlashib, 19,1 ming so‘mgachani tashkil etdi, deya ma’lum qildi ITIM. Narxlar 9 viloyatda arzonlashgan bo‘lsa, Toshkent va qolgan hududlarda qimmatlashishda davom etmoqda. Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov avvalroq QQS stavkasining pasayishi xizmat va tovarlarning arzonlashuviga ta’sir qilmasligini ta’kidlagan edi.
Dollarning rasmiy kursi 17 so‘mga qimmatladi va jami 10 529 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham yana ko‘tarildi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov «Xitoy — Markaziy Osiyo» ikkinchi vazirlar uchrashuvida qatnashish uchun Xitoyga boradi. Uchrashuv chog‘ida transport yo‘laklari bog‘liqligiga ko‘maklashish va uzluksiz savdoga keng yo‘l ochish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Yanvar-aprel oylarida banklarning kassalariga naqd pul tushumlari 75,4 trln so‘mni, chiqim qilingan naqd pullar esa 73,9 trln so‘mni tashkil etdi.
Adliya vazirligi va tizim hosil qiluvchi NNT vakillari fuqarolik jamiyatining rivojlanishidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirishmoqda. Ammo haqiqatan ham hammasi yaxshimi va ularning faoliyatini tartibga solishda sifatli o‘zgarishlar bormi? Kolumnist Dilmurod Yusupov ushbu masalani yoritishda davom etadi.
Toshkentda og‘ir kasal bolalarni davolash uchun deb yolg‘on xayriyaga pul yig‘gan ayol ushlandi. Fuqaro bolalarning fotosuratlarini internetdan ko‘chirib olib foydalangan. Ularlan biri fevral oyida vafot etgan.
AQSH Afg‘onistondan olib chiqilayotgan qo‘shin va harbiy texnikani Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston va Tojikistonga joylashtirilishi imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi.
Hafta davomida O‘zbekistonda o‘rtacha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati esa kechalari 13−18 daraja, kunduz kunlari 23−28 daraja atrofida bo‘ladi
O‘zbekistonda 15 maydan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yo‘lovchilarni tashishga ruxsat berishga oid tajriba boshlanadi. Transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda noqonuniy taksilar soni 100 mingdan oshadi. Hukumat noqonuniy taksichilarni qanday tartibga solishni rejalashtirmoqda — prezident qarorining eng asosiy jihatlari.
YeTTB, YeIB va Proparco Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega Total Eren quyosh elektr stansiyasini qurish uchun 87,4 mln yevro ajratmoqda.
O‘zbekistonda bozorida ustunligini saqlab turgan kompaniyalar ro‘yxatiga 107 xil mahsulot va xizmat ko‘rsatish turi bo‘yicha 93 ta kompaniya kiritildi.
Farg‘ona shahridagi «Vatanparvarlar bog‘i»da fashistlar armiyasi askarlari aks etgan plakat o‘rnatildi. Viloyat hokimligi bu «qo‘pol texnik xato» va «bilimsizlik» natijasida bo‘lganligini aytdi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining shu haftada ish grafigidan o‘rin olgan mahalliy tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev hafta davomida ikkita taqdimot va bir videoselektorni o‘tkazadi. Qolaversa, prezident Yaponiya yetakchisi va mintaqa mamlakatlari rahbarlari bilan muloqot qilishi kutilmoqda.
Zangiota tumanida bolalar bog‘chasi mudirasi amalda ishlamagan 37 nafar xodim nomiga ochilgan plastik kartalarni noqonuniy ravishda o‘zida qoldirishni talab qilib, soxta ma’lumotlar kiritish orqali 983,5 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgan.
Prezident Xotira va qadrlash qadrlash kunida Shon-sharaf muzeyiga ham tashrif buyurib, «bu yer xalq muzeyi bo‘lishi kerak», deya ta’kidladi. Hozir muzeyda 12,5 mingdan ortiq eksponat mavjud. «Bu urush dahshatini anglash, tarixdan saboq chiqarish uchun muhim. Muzey bunda asos, tarix bilan bugungi kun o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi kerak», — dedi davlat rahbari.
Shanba kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi qizlar maktabi yaqinida portlash ro‘y berdi. Oqibatda 63 kishi vafot etdi, 150 dan ortig‘i jarohatlandi. Afg‘oniston hukumati hujumda «Tolibon»ni ayblamoqda, ammo ular hujumga aloqador emasliklarini aytishmoqda.
Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi. Tumanda qo‘shimcha shtat birliklari ajratilgan holda adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tashkil etiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi. Davlat rahbari urush qatnashchilarini tabriklab, Ikkinchi jahon urushida jang qilgan 2 mlnga yaqin vatandoshlarning to‘liq ro‘yxati shakllantirilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, urush qatnashchilari haqida to‘liq ma’lumotlar aks etgan elektron baza yaratilishi ham ta’kidlandi.
Ikkinchi jahon urushi vaqtida O‘zbekistonga 1,5 milliondan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Ulardan 250 ming nafari bolalar edi. Toshkentdagi Shon-Sharaf muzeyining Ikkinchi jahon urushi bo‘limi va O‘zbekiston kinofotofonohujjatlar Milliy arxivi “Gazeta.uz” so‘roviga binoan urush yillarida bolalarning evakuatsiyasi aks etgan fotosuratlarni taqdim etishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting