Andijon viloyati Marhamat hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i aniqlangan hamda virus tarqalishining oldini olish maqsadida, dezinfeksiya ishlari shoshilinch, tartibsiz holda amalga oshirilgan.
Joriy yilning ilk uch oyida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 108 mingdan ortiq qonun buzilishi holati aniqlandi. Shundan, 79 mingdan ortig‘i muddat buzilishi va 1129 tasi ortiqcha hujjat talab qilishga to‘g‘ri kelmoqda. Eng ko‘p qonunbuzarlik kommunal tashkilotlari bilan bog‘liq bo‘lib, 88 509 ta holat qayd etilgan. Natijada 20 nafar mansabdor ishdan olingan.
O‘zbek bokschi qizlari orasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk sportchi Nigina O‘ktamovaga Nexia-3 avtomobili sovg‘a qilindi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish uchun iste’foga chiqdi. Bu vaqt ichida u Vazirlar Mahkamasining rahbari bo‘lib ishlaydi.
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida 64 yoshli otaxonga oilali erkakka boshqa bir ayol bilan nikoh o‘qigani uchun 1 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. U oldinroq ham ushbu qoidabuzarlikni sodir etgan va jarimaga tortilgan.
Hafta davomida O‘zbekistonga harorat me’yordan 5−8 darajaga ko‘p bo‘ladi. Havo harorati kechalari 14−17 daraja, kunduz kunlari 32−35 daraja, janubda va cho‘l hududlarida 37−38 darajagacha bo‘ladi.
Prezident aprel oyining so‘nggi haftasida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi. Uning matbuot kotibi ma’lum qilishicha, yana 3 ta taqdimot o‘tkazilishi hamda Xitoy Raisi Si Szinpin va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muloqoti ham reja qilingan.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov Osiyo chempionatida siltab ko‘tarish mashqida 241 kg toshni ko‘tarib, jahon rekordini o‘rnatdi.
AQSH prezidenti Jo Bayden Usmonli imperiyasida armanlarning ommaviy qirg‘in qilinganini rasman tan oldi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li buni «siyosiy opportunizm» deb atadi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bu qaror uchun Baydenga minnatdorchilik bildirdi.
Xayrulla Umarov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u agentlik boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Parvoz mahallasini namuna qilib olib, Toshkent shahridagi barcha 524 ta mahallani shunday obod qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Tez kunlarda Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi qavatiga olib boruvchi, uzoq vaqt yopiq bo‘lgan estakadaning ochilishi kutilmoqda.
O‘zbekistonlik harbiylar 19−24 aprel kulari AQSHning Missisipi shtatida o‘tkazilgan «Ilg‘or jangchi» musobaqasida g‘olib bo‘lishdi.
Bog‘doddagi koronavirus bemorlarini davolashga mo‘ljallangan kasalhonadagi kislorod saqlanadigan omborida portlash ro‘y berib, yong‘in yuzaga kelgan. 80 dan ortiq kishi halok bo‘lib, 110 kishi jarohat oldi.
27 apreldan Samarqand shahridagi barcha bog‘chalar va maktablar 14 kunlik karantinga yopiladi, o‘quvchilarga ta’lim berish tizimi onlayn shaklga o‘tkaziladi.
Hindistondagi kasalxonalar yotoq va kislorod tugaganligi sababli COVID-19 bemorlarini qabul qilishdan bosh tortmoqda. O‘liklar ko‘pligidan, ularning jasadlari ko‘chada yoqilmoqda. Kuniga 360 mingdan ortiq kishida virus aniqlanib, 3 ming kishi vafot etayotgani qayd etilgan.
Peshku tumanida ayol o‘z onasi bilan birga endi dunyoga kelgan farzandini 8 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan. Fuqarolar chaqaloqni o‘zga bir fuqaroga kelishilgan narxda sotayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.
«Oskar-2021» mukofotiga loyiq topilgan nominatsiya g‘oliblari taqdirlandi. «Nomadland» («Ko‘chmanchilar o‘lkasi») filmi eng yaxshi film deb topildi, unda asosiy rolni ijro etgan Frensis MakDormand eng yaxshi aktrisa bo‘ldi, eng yaxshi aktyor esa Entoni Xopkins («Ota» filmi) deb topildi.
«Qishlok kurilish banki» ning Sirdaryo filialida qalbaki 81 ming yevro miqdoridagi pullar aniqlandi.
«Xorijdagi o‘zbekistonlik talabalar» loyihasi doirasida o‘zbekistonlik talabalarning xorijdagi hayoti, u yerdagi ta’lim tizimi, ularning boshidan o‘tgan sinovlar haqida so‘z boradi. Loyihaning dastlabki mehmoni — Moskvadagi Iqtisodiyot oliy maktabi talabasi nukuslik Shahnoza Abdireymova.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting