Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni xorijiy mamlakatlar elchilarini qabul qilgach, Toshkentdagi bir qator ob’ektlar, jumladan, Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi va Texnoparkdagi yangi korxonalarni borib ko‘rdi. Undan keyin esa Yashnobod tumanidagi Parvoz mahallasi aholisi bilan suhbatlashdi. «Toshkent namuna bo‘lishi kerak», — dedi prezident. «Gazeta.uz» fotoreportaji.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi reklama konstruksiyalari ommaviy ravishda buzib tashlanayotganiga izoh berar ekan, ularning yarmi talablarga javob bermasligini ma’lum qildi. Qo‘mita barcha tomonlarni qonun talablariga rioya qilishga chaqirdi. Tadbirkorlar esa tashqi reklama obyektlari demontaji, hukumat qarorida ko‘rsatilganidek, sud qaroridan so‘ng amalga oshirilishi lozimligini ta’kidlashmoqda.
Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev vazirlik va idoralar bo‘ysinuvidagi tekshiruvchi organlarning mustaqilligini shubha ostiga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Energetika vazirligi qoshidagi inspeksiya ikki yil ichida o‘z tashabbusi bilan biror marta ham tekshiruv o‘tkazmagan, bir so‘mlik ham zararni aniqlamagan. Vaholanki huquqni muhofaza qilish idoralari ikki yil davomida 300 mlrd so‘mlik zararlarni aniqlagan.
Senatorlar o‘simlik yog‘i, kungaboqar, zig‘ir va soya urug‘i importiga QQSni bekor qilishni ma’qulladi. Bundan tashqari, kungaboqar va paxta yog‘i hamda ularning urug‘lariga eksport bojlari joriy etiladi. Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov soliq imtiyozlari sababli byudjetga 267 mlrd so‘mlik tushum bo‘lmasligini hamda yo‘qotish o‘rni qanday qoplanishini ma’lum qildi.
Bekor qilingan Yevropa Superligasi, OCHL o‘yinlarida O‘zbekiston jamoalari ishtiroki, Jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschilar, Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston futzal terma jamoasi va boshqa eng muhim xabarlar — “Gazeta.uz” haftalik sport yangiliklari dayjestida.
«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichidagi 4-tur uchrashuvini «Sharja» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi BAAning «Shabab Al Ahli» klubiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston qahramoni Xasan Normurodov 82 yoshida olamdan ko‘zd yumdi. Yaqinda u shifoxonada davolanayotgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekistonlik talaba Eldor O‘rinboyev cho‘kayotgan yaponiyalik o‘smirni qutqarib qoldi. Yaponiyaning Toshkentdagi elchisi Yoshinori Fujiyama O‘zbekiston xalqiga minnatdorchilik bildirdi.
Zira.uz saharlik va iftorlik uchun to‘yimli va lazzatli taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi yil oxirigacha o‘simlik yog‘i va kungaboqar urug‘i importiga hamda ichki bozorda realizatsiyasiga belgilangan QQSni bekor qilish bo‘yicha Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilib, Senatga yubordi. Hukumat ham o‘z choralarini ishlab chiqmoqda.
Quddusdagi taroveh namozidan so‘ng boshlangan tartibsizliklarda 100 dan ortiq kishining jarohat olgani, Afg‘onistonning AQSH va NATO qurollarini olib qolishni rejalashtirayotgani, Boltiqbo‘yi davlatlarining rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markaziga tashrif buyurib, butun mamlakat bo‘ylab ushbu avtomatlashgan tizimga xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish ko‘rsatma berdi.
Isroil hozirda COVID-19 bilan kasallanish holatlari bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan birini saqlab turibdi. Mamlakat aholisining kasallikka qarshi 50 foizdan ortig‘i emlandi. Ko‘chada niqob taqish sharti bekor qilindi. Karantin cheklovlari yumshatildi. Isroil aholisi ushbu kasallikni qanday yengmoqda?
2021 yilning ilk uch oyida o‘zbekistonliklar «chiroyli» avtoraqamlar sotib olish uchun 62 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflashdi. Bu «chiroyli» avtoraqamlar sotuvga chiqarila boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Shavkat Mirziyoyev Bangladesh, Chexiya, Misr, Iordaniya, Turkiya, Rossiyaning yangi elchilari va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbarining ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga qimmatladi va jami 10 539 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
2020 yilda 2,5 mingdan ziyod byudjet muassasasida 301 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingan. Qurilish sohasida 124 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 41 ta va ta’lim sohasida 81 ta korrupsiyaviy omillar aniqlandi. Karantin muassasalarini qurishda 367 mlrd so‘mdan ziyod moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 23−25 daraja, ba’zi joylarda esa 8−30 darajagachani tashkil etadi.
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’limda davom ettiriladi. Darslar onlayn shaklda davom etadi va hozirda yotoqxonada turadigan talabalarga 24 apreldan uyga ketishga ruxsat beriladi.
O‘zbekistonda 2020 yilda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 49 foizga, qasddan odam o‘ldirish 13,1 foizga, qasddan og‘ir shikast yetkazish 13 foizga, nomusga tegish 27,7 foizga, talonchilik 43,1 foizga, bosqinchilik 18,5 foizga, tovlamachilik 35,5 foizga, o‘g‘rilik 52 foizga ko‘paygan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting