Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada Samarqandga tashrifi chog‘ida Paxtachi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslashgan maktab tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov mazkur tumanga borib, mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi. Maktab sobiq Paxtachi avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji o‘rnida tashkil etiladi.
Sportchi Murod Xonto‘rayev prezidentning kuyovi Otabek Umarov haqidagi turli xabarlarga ishonmaslikni va hozirda uning salomatligi yaxshi ekanligini aytdi. «Kayfiyatlari zo‘r. Lecheniye olib, Ramazonni o‘tkazib keladilar», — dedi u.
Angliyaning «Chelsi», «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Tottenxem» klublari Superligada qatnashishdan bosh tortgandan keyin musobaqa rasman to‘xtatildi. Keyinroq loyiha qaytadan ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.
Yakkabog‘da 30 yoshli erkak xotini, qaynonasi va ikki nafar yosh bolani pichoqlab o‘ldirgan edi. Mazkur shaxsga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sobiq politsiyachi Derek Shovin afroamerikalik Jorj Floydni o‘ldirishda aybdor deb topildi. Uning o‘limi AQSHda irqchilikka qarshi noroziliklarni keltirib chiqargan edi. Shovinga 40 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
“Milliy tiklanish” fraksiyasi raisi Alisher Qodirov davlat tili to‘g‘risidagi qonun loyihasi hech qaysi millat vakilini kamsitmasligini, “lekin bu mehribonlik o‘zimizni kamsitish hisobiga bo‘lmasligi kerak"ligini ta’kidladi. Deputat Rasul Kusherbayev masala faqatgina davlat tilida ish yuritish haqida ketayotganligini eslatdi. “Ko‘p millatli mamlakatda davlat tili masalasini faqat qaysidir millat taqdiri bilan bog‘layverish noto‘g‘ri”, — deydi u.
O‘zbekiston futzal terma jamoasi Litvadagi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Jahon chempionati 2021 yil 12 sentyabr — 3 oktyabr kunlari Litva mamlakatida bo‘lib o‘tadi.
«Nomi matbuot bo‘lgani, uning ustiga minib olsa ham bo‘ladi degani emas», — deb yozdi Komil Allamjonov. Davlat idorasi xodimlarining OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga bosim o‘tkazishi noqonuniy, deya ta’kidladi u.
Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari karantin talablariga muvofiq o‘tkaziladi. Toshkentda bayramona salyut bo‘lib o‘tadi. Urushning ehtiyojmand ishtirokchilarining uylari ta’mirlanadi. Ularni parvarish qilish va yordam berish maqsadida patronaj xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichida 3-tur uchrashuvini «Sharja» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 1:4 hisobi qayd etildi va unda sharjaliklar g‘alabaga erishishdi. Shuningdek, bugun Olmaliqning AGMK jamoasi BAAning «Shabab Al Ahli» klubiga qarshi maydonga tushadi.
2020 yilda korrupsion jinoyatlarning asosiy sabablari moddiy manfaatdorlik (30%), byurokratik to‘siqlarning mavjduligi (28%) va ijtimoiy ta’minlanmaganlik yoki adolatli mehnat sharoiti yo‘qligi (12%) kabi omillar bo‘lgan.
Yakshanba kuni bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, unga hokimiyatlar, vazirlik va idoralar xodimlari jalb qilingan. Mehnat vazirligi vaziyatga munosabat bildirdi va idoralarga dam olish kunida ishga jalb qilingani uchun qo‘shimcha ish haqi to‘lash to‘g‘risida ogohlantirish yuborilganini ma’lum qildi.
Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 mln so‘mdan beriladi.
Buyuk Britaniyada pandemiyalarga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro ekspertlar guruhining tashkil etilishi, Ukrainada maxsus xizmatlarning shay holatga keltirilgani, Qirg‘izistonda koronavirus keng tarqalishi sababli maktab imtihonlarining bekor qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Chad prezidenti Idris Debi qo‘zg‘olonchilarga qarshi jang paytida olgan jarohati tufayli vafot etdi. Avvalroq Idris Debi 79 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, oltinchi muddatga prezidentlikka qayta saylangan edi.
UzAuto Motors zavodidagi ishlab chiqarishning yanvar oyidagi keskin to‘xtashidan so‘ng avtomobillarni ishlab chiqarishni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlariga yetkaza olganicha yo‘q. 2021 yil fevral oyida o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 9 873 ta avtomobil kam ishlab chiqarilgan, mart oyida esa 4543 taga kamroq. Eng ko‘p chiqarilgan avtomobil modeli — Cobalt, eng kam ishlab chiqarilgan model Spark.
Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga qimmatladi va jami 10 537 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa biroz pasaydi.
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida o‘tgan yilgiga nisbatan bir pog‘ona pastlab, 157-o‘rinni egalladi. Ushbu reytingda Norvegiya ketma-ket beshinchi yil yetakchiga aylanmoqda. Eng oxirgi, 180-o‘rinda esa Eritreya mamlakati turibdi.
Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi. Universitet IIV, Milliy gvardiya va Qurolli Kuchlarning bir qancha yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlaydi.
Samarqand viloyatida uch oyda 1477 ta holatda ekologiyaga oid qonun hujjatlari talablarini buzish holati aniqlandi. Bu bo‘yicha huquqbuzarlarga nisbatan tegishli bayonnomalar tuzilib, 748,4 mln so‘m jarima va 279,9 mln so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting