Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanganlarning 22−26 foizini 60 yosh va undan kattalar tashkil etmoqda. Shuningdek, 30−39 yoshdagilar 17−20 foizni, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtacha 13−15 foizni tashkil qilmoqda.
O‘zbek olimlari tomonidan yaratilayotgan ikki vaksina — Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda FA Genomika va bioinformatika markazi vaksinalari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining nomzod vaksinalar ro‘yxatiga kiritildi. Mazkur ikki vaksina hozirda klinik oldi sinovlaridan o‘tmoqda.
O‘zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning Kun.uz'ga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, rasman yopilgani e’lon qilingan Jasliq qamoqxonasi faoliyat yuritishda davom etmoqda. Uning aytishicha, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash uchun zamonaviy qamoqxona qurilmoqda. «Shu qamoqxona bitsa, hozir Jasliqda olib qolingan mahkumlar u yerga ko‘chirilarkan», — deydi u.
Toshkent metropoliteni rahbari Oybek Xudoyqulov Sergeli yo‘nalishida texnik muammo tufayli poyezdlar harakati to‘xtab qolgani kutilgan voqea bo‘lganligini aytdi. «Havo harorati oshganda relslarning uzayishini biz biluvdik, faqat havo 19−20 gradus bo‘lgani uchun, bu holat bir oydan keyin bo‘ladi deb o‘ylagandik», — dedi u.
Qurilish vaziri aksionerlari orasida o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i ham bo‘lgan «12-trest»ning davlat xaridlarini tendersiz qo‘lga kiritgani haqidagi xabarlarga izoh berdi. «51 foiz davlat ulushi bo‘lgandan keyin menga uning sovug‘i ham, issig‘i ham yo‘q», — dedi vazir.
Adliya vazirligi O‘zbekiston tekbol federatsiyasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Mazkur sport turi futbol va stol tennisi qorishmasidan iborat.
Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov karantin cheklovlari kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Kerak bo‘lsa to‘ylarni ham to‘xtatamiz», — dedi u. Bundan tashqari, 200−300 kishilik to‘ylar o‘tkazilayotgani va ularda ayrim rahbarlar ham qatnashayotgani tanqid qilindi. Qolaversa, prezidentning yig‘ilishlarni 45 daqiqadan oshirmaslik bo‘yicha bergan topshirig‘iga amal qilmayotgan rahbarlar ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.
Aviachiptalar narxining haddan ziyod yuqoriligi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisiga senator so‘rovi yuborildi. Senat ma’lumotlariga ko‘ra, narx belgilashda fuqarolar tushib qolgan tanlovsiz, murakkab vaziyatdan insofsizlarcha foydalanilmoqda.
Bosh vazir aprel oxirigacha O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasi olib kelinishini ma’lum qildi. Shuningdek, oy oxirida yana bir million donadan ziyod Xitoy vaksinasi keltiriladi.
Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekistonga koronavirusning Janubiy Afrikada aniqlangan shtammi ham kirib kelganini ma’lum qildi. Hukumat rahbari bolalar orasida kasallikning ko‘payyotganiga alohida e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holatlari keskin oshayotganligi sababli, 18 apreldan karantin nazorati kuchaytiriladi, umumiy ovqatlanish muassasalarida va avtobuslarda o‘rinlar 50 foizgacha cheklanadi. Shuningdek, 1 maydan konsert va tomoshalar kabi ommaviy tadbirlarni yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish cheklanadi.
Zira.uz saharlik va iftorlik uchun mazali va to‘yimli taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Angela Merkelning AstraZeneca bilan emlangani, Isroilning G‘azodagi XAMAS ob’ektlariga zarba bergani, Avstraliyada ilk bor emlanishdan so‘ng o‘lim holati qayd etilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev transafg‘on temir yo‘lining qurilishi O‘zbekiston uchun qo‘shimcha bozorlar paydo bo‘lishi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlar tannarxining 60−70 foizga kamayishiga imkon yaratishini ma’lum qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, loyihaga Rossiya va qo‘shni davlatlar ham qiziqish bildirmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yig‘ilishda shahar kelajagini yanada obod qilish va yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish vazifasini e’lon qildi. U Samarqand viloyatini rivojlantirishning beshta yo‘nalishini, shu jumladan sanoat, transport logistikasi va turizm sohalarini belgilab berdi.
Bolalar mehnat bozorida muvaffaqiyatli raqobatlashishi uchun qanday ko‘nikmalar ularning sifatli o‘qishiga yordam beradi? Ota-onalar farzandlarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun qanday usullardan foydalanishlari mumkin? Bola o‘qish vaqtini behuda o‘tkazmasligi uchun qanday qilib uni o‘qishga o‘rgatish mumkin? Bu va boshqa savollarga javoblar Leader School tomonidan tashkil etilgan xalqaro ta’lim mutaxassisi Liliya Muxametshinaning seminarida ko‘tarildi.
Rossiya ichki ishlar vazirligi 15 iyunga qadar MDH davlatlariga Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan muhojirlarni olib chiqib ketishni talab qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondan 332 ming nafar muhojir Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turibdi.
Toshkent shahrining ba’zi ko‘chalarida 18 aprel kuni soat 07:30 dan 12:30 ga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi.
Yaponiya O‘zbekistonga elektr energiyasi sohasidagi siyosiy masalalarni hal qilish uchun 195 mln dollar miqdorida kredit ajratdi.
Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga qimmatladi va jami 10 512 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting