AQSH 1 maydan boshlab Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqishni boshlaydi va bu jarayonni 11 sentyabrgacha yakunlashni rejalashtirmoqda. ««Abadiy urush»ga yakun yasash vaqti keldi», — dedi AQSH prezidenti Jo Bayden, AQSHning mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etishini va Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan holda.
Toshkent metropoliteni metro stansiyasidagi vaqt ko‘rsatuvchi tablosidagi «nojo‘ya yozuv» elektron soat darchasiga qilingan kiberhujum natijasida paydo bo‘ldi, deya xabar berdi Toshkent metropoliteni.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat parlamentining Xalq maslahati (yuqori) palatasi raisi etib saylandi.
Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekiston 85-o‘rinni egalladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 57 ta davlat hududiga vizasiz sayohat qilishlari mumkin. Birinchi o‘rinda Yaponiya bo‘lib, ushbu mamlakat pasporti fuqarolarga 193 ta davlatga vizasiz sayohat qilish imkonini bermoqda.
O‘zbekistonda Fransiyaning EDF kompaniyasi bilan hamkorlikda ilk gidroakkumulyatsiya elektrostansiyasi (GAES) quriladi. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan Xo‘jakent GAESning loyihaviy quvvati 200 MVt ga teng.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga yo‘l oldi. Safar chog‘ida — shahar va tumanlardagi sanoat korxonalari, turizm majmualari, transport infratuzilmasi, yangi uylarni borib ko‘rish rejalashtirilgan.
«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichida dastlabki uchrashuvni Eronning «Traktor» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 3:3 hisobidagi durang natija qayd etildi. Shuningdek, bugun Olmaliqning AGMK jamoasi Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina bilan 300 mingdan ortiq fuqaro emlandi. 14 aprel kuni 43 ming 896 kishi vaksina oldi.
Hukumat qarori bilan 1 maydan boshlab 5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) bo‘yicha va 2022 yil 1 yanvardan boshlab yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha imtihonlarda yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Adliya vazirligi Xalqaro tadqiqotlar va almashuvlar kengashining O‘zbekistondagi filialini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Tashkilot vakolatxonasi 2006 yilda yopilgan edi.
Shvetsiyada O‘zbekistonning to‘laqonli diplomatik vakolatxonasi ochilishi kutilmoqda. Elchixonaning faoliyati Shvetsiya va boshqa Skandinaviya davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga qaratiladi. Shu o‘rinda, O‘zbekistonning Afinadagi diplomatik vakolatxonasi faoliyati tugatiladi.
O‘zbekiston prezidenti Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazib, ikki davlat o‘rtasida aviaqatnovlarni qayta tiklash, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolash, viza rejimini soddalashtirish, transport-tranzit va boshqa masalalarni muhokama qildi. Pokistonning Serene Air kompaniyasi O‘zbekistonga charter reyslarini boshlashni rejalashtirmoqda.
Aprel oyi boshida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari bir oyda 589,1 mln dollarga kamayib, 32,6 mlrd dollarga tushdi. Oltin hajmi oshganiga qaramasdan, qimmatbaho metall narxining tushishi bunga sabab bo‘ldi.
AQSH va Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi, Qorabog‘dagi fojiada Armanistonning 4 mingga yaqin askari halok bo‘lgani, Daniyaning AstraZeneca vaksinasidan butunlay voz kechgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Andijonda Varshava menejment universiteti filiali tashkil etildi. Universitetda 6 ta fakultet faoliyat olib boradi. Darslar ingliz, rus va o‘zbek tillarida o‘tiladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli farzandlari orasidan grant asosida qabul qilinishi ham ko‘zda tutilgan.
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 102 yoshli Suymaxol Zulimova koronavirusga qarshi emlandi.
14 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasining chorak final uchrashuvlari javob o‘yinlari doirasida «Borussiya Dortmund» — «Manchester Siti», «Liverpul» — «Real Madrid» jamoalari o‘rtasida futbol bahslari bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.
Farg‘ona viloyati tumanlaridan birida 28 nafar bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisi Damas’da uylariga olib ketilayotgani aniqlandi. Haydovchi tegishli guvohnoma va boshqa ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov nima uchun JIDUda ko‘p yillar davomida korrupsiya rivojlanmaganligi, o‘quv jarayoni uchun talabalar beradigan «fidbek»ning muhimligi, zamonaviy mehnat bozorida kerakli ko‘nikmalar va bitiruvchilarning universitet hayotidagi o‘rni haqida. «Gazeta.uz» intervyusi.
Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga qimmatladi va jami 10 497 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz qimmatladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting