Slovakiya, Litva va Germaniya Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasini tan olmasliklarini e’lon qilgan birinchi Yevropa davlatlari bo‘ldi. Inauguratsiya yakunlangach, Minskda va bir qator shaharlarda darhol norozilik namoyishlari boshlandi.
Pandemiya sababli horijliklar va Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun mamlakatda qolish muddati 15 dekabrgacha uzaytirildi. O‘zbekiston elchixonasi RFda noqonuniy yashab kelayotgan fuqarolarni mamlakatda bo‘lib turishlarini qonuniylashtirishga va ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirishga chaqirdi.
Deputat Doniyor G‘aniyev Ichki ishlar vazirligi epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari buzilgan taqdirda avtomobillarni vaqtincha ushlab turishga ruxsat berish taklifi ilgari surilgan qonun loyihasini taqdim etganini ma’lum qildi. Parlament a’zosi IIV bu orqali karantin paytida avtomobillarni jarima maydonchalariga joylashtirish noqonuniy ekanligini tan olganini taxmin qildi. YHXBB ma’lumotlariga ko‘ra, karantin qoidalari buzilgani uchun eng kamida 155,8 mingta avtomobil jarima maydonchalariga joylashtirilgan.
Prezident «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunga imzo chekdi. Mazkur qonun bilan 1997 yilda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida"gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.
23 sentyabr — Xalqaro imo-ishoralar tili kuni. Imo-ishoralar tilining O‘zbekistondagi maqomi qanday va karlarning ma’lumot olish huquqlari qay darajada himoyalangan? Karlar huquqlari faoli Ma’mur Ahliddinov va «Gazeta.uz» kolumnisti Dilmurod Yusupov savollarga oydinlik kiritishga harakat qilishdi.
Qozog‘istonning to‘rtta hududida parranda grippi tarqalayotgani rasman tasdiqlandi. Infeksiya umumiy suv havzalari orqali tarqalgan bo‘lib, fabrikalarda va shaxsiy tomorqalarda hammasi bo‘lib 54 ming parranda nobud bo‘lgan.
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini pulli ro‘yxatga olishdan, hisob-kitoblarga ko‘ra, 135,5 mlrd so‘m to‘plandi. Jami bo‘lib 47 milliondan ziyod kod ro‘yxatga olingan. AKT vazirligi mobil qurilmalarning rasmiy importi hajmi bir necha barobarga o‘sganini ma’lum qildi.
Qashqadaryo viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Azizov 45 yoshida koronavirusdan vafot etdi.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan 2,5 mlndan ortiq avtotransport vositalari mavjud, shulardan 93% yengil avtomobillar. Eng ko‘p avtotransport vositalari Toshkent shahriga, eng kami esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Toshkent metrosining 17 ta bekatida bittadan chiqish vestibyullari «ishlab chiqarish ehtiyojlari sababli» vaqtincha yopiladi. Bu qancha vaqtgacha davom etishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha xalqaro protokolga qo‘shildi. Mamlakatda ushbu jazoni qo‘llash 2003 yildan beri to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi kun davomida 590 ta yangi koronavirus holati qayd etilganini ma’lum qildi. Umumiy ko‘rsatkich 53,4 mingdan oshdi.
Rossiyaning Qozog‘iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to‘planib qolgan fuqarolarni vatanga olib kelish maqsadida maxsus avtobus qatnovi tashkil etildi. 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Samara viloyatiga yo‘lga chiqdi.
ITSV huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi to‘qimachilik sanoati texnologik uskunalari va butlovchi qismlari, shuningdek, yuk avtomobillari, quyultirilgan sut va boshqalar uchun bojxona to‘lovlari stavkalarini kamaytirish masalasini muhokama qildi.
Aleksandr Lukashenkoning e’lon qilinmagan inauguratsiyasi, 2020 yilning eng obro‘li shaxslari (Time), “Yandeks"ning yirik xaridi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zladi. O‘zbekiston prezidenti Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi. Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi muammolarga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlab, mamlakat Afg‘onistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilishini ta’kidladi.
O‘zbekistonda ipoteka kreditini ajratishning soddalashtirilgan tizimi joriy etiladi. Bu boradagi tajriba Andijonning uchta tumanida amalga oshirilmoqda.
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Yerik Utembayevga ikki yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Diplomat ikki yil muqaddam lavozimidan chetlashtirilgan va Toshkentdagi elchixona qurilishida juda katta miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlangan edi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, shuningdek, uning o‘rinbosarlari Botir Parpiyev va Azizbek Ikromov koronavirusga chalindi. Vazirning birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova esa COVID-19 bilan kasallanib, davolangan va hozirda ishga chiqqan.
Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti sifatida o‘z lavozimiga kirishdi. Inauguratsiya marosimi avvaldan e’lon qilinmasdan boshlandi va efirlarda uzatilmadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting