UzAuto Motors kompaniyasi IPO o‘tkazishga tayyorgarlikni boshladi. Kompaniya 10 foizgacha miqdorda qo‘shimcha aksiyalarini chiqarishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonda 21 sentyabr kuni 619 kishida koronavirus infeksiyasini aniqlanib, jami holatlar soni 52259 taga yetdi. Vafot etganlar soni esa 438 (+5) nafarni tashkil etmoqda.
Qoraqalpog‘istonda Jo‘qorg‘i Kengesning bo‘shab qolgan o‘rinlarga o‘tkazilgan deputatlar saylovi yakuniga yetdi. Qoraqalpoq parlamentidagi beshta vakant o‘rinni har bir partiyadan bir nafardan nomzod band qildi.
JSStning vaksina uchun Rossiyaga minnatdorchiligi, Belarusda namoyishchilarning hibsga olinishi, Nikola asoschisining kompaniyani tark etishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva emlash mumkin bo‘lmagan holatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, OITS kasalligining turli bosqichlarida, vaksinaning asosiy vositasiga allergiya bo‘lsa va bolalarda ba’zi nevrologik kasalliklarni zo‘rayib borishi davrida emlashga ruxsat berilmaydi.
Rospotrebnadzor O‘zbekiston koronavirusga qarshi «Vektor» markazi ishlab chiqargan vaksinani hamkorlikda sinovdan o‘tkazishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish yoki undan chiqish to‘g‘risida arizalarni onlayn tarzda qabul qilish maqsadida «E-Fuqaro» ma’lumotlar bazasi yaratilgan bo‘lib, u oktyabr oyida to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qildi. Oldinroq, Monopoliyaga qarshi kurashish ko‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan kompaniyaga asossiz oshirilgan narxlarni bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi.
«O‘ktamjon olijanob, zabardast, fidoyi, vatanparvar, o‘rnak olishga arzigulik inson edi». Shavkat Mirziyoyev yaqinda vafot etgan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning xonadoniga tashrif buyurib, uning oilasiga hamdardlik bildirdi.
Chiroqchi tumanida gumondor fuqaroni kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygan sobiq IIB xodimlariga hukm chiqarildi. Unga ko‘ra, N.Ovlayev 9 yilga, A.Janqabilov 8 yil 6 oyga, Sh. Raxmonov 6 yilga, A.Tojinorov 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. B.G‘ayratovga esa 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Hafta oxirigacha O‘zbekiston hududi salqin va quruq havo massasi ta’sirida bo‘ladi, harorat + 22… + 27 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan Gorod Night Club tungi klubida yuzaga kelgan janjalda bir kishi to‘rt kishini pichoqladi. Ularning ikki nafari halok bo‘ldi, ikki nafari esa shifoxonaga yotqizildi.
AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 20 so‘mga qimmatlab, jami 10 315 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi ham bir oz ko‘tarildi, rubl esa pastladi.
O‘zbekiston yanvar-avgust davri davomida 5,8 mlrd dollarga, avgust oyining o‘zida esa 2,5 mlrd dollardan ziyod summaga teng bo‘lgan miqdorda oltin eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,2% ni tashkil etib, 1,8 mlrd dollarga ko‘proq. Oltin eksporti jami eksport ulushining 50% ni tashkil etoqda.
Parkent tumani hokimligi hokimning o‘g‘li tasischi bo‘lgan kompaniyadan Captiva avtomobili xarid qilgan. Toshkent viloyati matbuot xizmatining tushuntirishicha, kompaniya mashina hokimlikka 2019 yilda topshirgan, lekin hokimiyatda yetarli mablag‘ bo‘lmaganligi bois pul o‘tkazmalarini keyinroq amalga oshirishga rozilik bergan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yubordi.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov o‘z lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayev tayinlandi. Jo‘rayev oldinroq ichki ishlar vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
BIZNES AZIYA kompaniyasi savdo sohasida rivojlanish va o‘z mavqeini oshirishga intilayotgan shijoatli va istiqbolli yoshlarni ishga taklif qiladi.
O‘zbekistonda 20 sentyabr kuni 648 ta koronavirus holati aniqlandi (bir kun oldin- 614 ta). Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19−19 statistikasiga so‘nggi haftada Germaniyada davolangan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning o‘limi haqida ma’lumotni ham kiritdi.
«Ibrat» tarixiy badiiy filmi shoir, tarjimon, tarixchi, tilshunos va jadidchi Ishoqxon Ibrat taqdiri haqida so‘zlab beradi.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi. Avvalroq unga koronavirus tashhisi qo‘yilgan edi. Siyosatchi oxirgi vaqtlarda Germaniyada davolanayotgan bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting