Nurafshonda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda prezident hokimlar saylovi haqida gapirar ekan, «Biz bitta mahalla raisini ham adolatli saylay olmaymiz-ku» — deya ta’kidladi. «Jamiyat tayyor bo‘lmagan muhitga saylovlarni qo‘yish xiyonat emasmi?», — bu xiyonat dedi davlat rahbari.
MTV tomonidan Toshkentdagi 17 ta ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chalariga ortopedik yurish trenajyorlari, rangli to‘p bilan to‘ldirilgan quruq hovuzlar, biziborlar topshirildi.
Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Shavkat Mirziyoyev viloyat yangi rahbarining «harakatchanligi, bilimi va o‘z ustida ishlashini» ta’kidlab o‘tdi. «Bunday kadrlardan har bir viloyatda 4−5 tadan bo‘lganida edi, yana ancha rivojlanib ketardik. Ming afsuski yo‘q», — dedi u.
18 mart kuni O‘zbekiston kubogi musobaqasining saralash hamda guruh bosqichi uchrashuvlariga qur’a tashlandi. O‘zbekiston kubogi-2021 final uchrashuvi Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18−20-mart kunlari kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Fuqarolardan kuchli shamol vaqtida zaruratsiz tashqariga chiqmaslik va mashinalarini daraxtlardan uzoqroqqa qo‘yish so‘raldi.
Prezident raisligida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari viloyatning sobiq hokimi Rustam Xolmatovning ishdan ketish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. «Rustam Xolmatov o‘zi ariza yozdi, hech kim unga ket degani yo‘q», — dedi u. Bundan tashqari, prezident hozirga qadar hech kim shahar yoki tuman hokimi o‘zi ariza yozmaganini qayd etdi.
Prezidentga Chirchiq shahrida IKEA kompaniyasining mebel ishlab chiqarish fabrikasi loyihasi taqdim etilgan edi. Kompaniya O‘zbekistonda fabrika ochish rejada yo‘q ekanligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, 2025 yilga qadar IKEA dunyo bo‘ylab 12 ta do‘qonini ochishni ko‘zda tutgan. Biroq, O‘zbekiston mazkur ro‘yxatda ham mavjud emasligi aytilmoqda.
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov sportdagi faoliyatini rasman yakunladi, deb xabar berdi UFC rahbari Dana Uayt. Nurmagomedov hozirgacha 29 marta jang o‘tkazib, ularning hech birida mag‘lub bo‘lmagan.
Toshkent viloyatining Qibray tumanida payshanba kuni ertalab beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Xabar qilinishicha, yo‘l kechasi yuvilgan, quyuq tuman ham tushgan.
Toshkent metrosining «Olmazor» yer osti metro bekatidan «Sirg‘ali» yo‘nalishi «Choshtepa» yer usti metro bekatiga harakatlanayotgan tarkib to‘xtab qolishi natijasida navbatdagi tarkib bilan to‘qnauv sodir bo‘ldi. Yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi, hodisada jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Shovvozsoy» dam olish maskani O‘zbekiston rahbari uchun qurilgani haqida tahminlar paydo bo‘lgan edi. 18 mart kuni Prezidentning Quyi Chirchiq tumanidagi klasterga tashrifi mobaynida jurnalistlar undan shu haqida so‘radi. «U davlatning joyi. Prezidentning nima aloqasi bor unga?», — deya munosabat bildirdi davlat rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Chirchiqning Iftixor mahallasi aholisi bilan uchrashuvdan Chirchiqqacha «elektrichka» qo‘yilishi, agar u ma’qul kelmasa yerusti metrosi qurilishini ma’lum qildi. «Chirchiq ancha charchab qoldi. Ya’ni, suv quvurlari, elektr energiya ta’minoti charchagan», — dedi davlat rahbari.
Ispaniyaning evtanaziyani qonuniylashtirgani, Avstraliya aholisining 100 yildan beri ilk bor kamaygani, Baydenning so‘zlaridan keyin Rossiyaning o‘z elchisini Moskvaga maslahat uchun chaqirilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi ayrim ishlab chiqarish korxonalarini Chirchiqqa ko‘chirish hamda yangi loyihalarni joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Davlat rahbari shaharda qurilgan 4 ta 16 qavatli uyni ham ko‘zdan kechirdi.
Toshkentda «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ direktori o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i 3 mln so‘m pora olayotganda ushlandi.
Prezident Quyi Chirchiqdagi klasterni borib ko‘rdi. Klasterda 8 ming 750 nafar, sholini qayta ishlash korxonasida 365 nafar aholi mehnat qilmoqda. Davlat rahbari asosiy e’tibor va harakat aholini ish bilan ta’minlashga qaratilganini aytdi. «Toshkent viloyatini ishsizlik minimal darajada bo‘lgan hududga aylantirmoqchimiz», — dedi prezident.
Dollarning rasmi kursi 9 so‘mga arzonladi va jami 10 514 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz pasaydi, yevro esa ko‘tarildi.
Farg‘ona viloyat sudida 22 nafar «So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud jarayoni yakuniga yetib, sud hukmi o‘qildi. Ularning barchasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bo‘yicha aybdor deb topilib, 5, 4 va 2 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.
«O‘zkomnazorat» tomonidan taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini saqlash qoidalarini buzgan ma’lumotlar bazasi egalari yoki operatorlariga jarima solinadi va bunday saytlarning ishi cheklab qo‘yiladi.
AQSH prezidenti Jo Bayden suhbat davomida Rossiya rahbari Vladimir Putinni «qotil» deb hisoblaydimi yoki yo‘qmi degan savolga ijobiy javob berdi va Rossiya rahbariyati Amerika saylovlariga aralashgani uchun «javob beradi» deya va’da berdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini maslahat uchun AQSHdan chaqirib oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting