Arxiv

Qaysi viloyatlardan qancha kishining xorijda ishlayotgani ma’lum qilindi
20 avgust 2020, 15:59

Qaysi viloyatlardan qancha kishining xorijda ishlayotgani ma’lum qilindi

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 2 mln dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi xorijda ishlamoqda. Eng ko‘p mehnat migrantlari Rossiyada — 1,5 mln faoliyat yuritishadi. Viloyatlar hissasi bo‘yicha esa eng ko‘p mehnat migrantlari Samarqanddan — 268 ming va Farg‘onadan — 247 ming ekanligi ma’lum qilindi.

Munir Mamedzade YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi
20 avgust 2020, 14:47

Munir Mamedzade YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi

Munir Mamedzade YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimida ish faoliyatini boshladi. U inson huquqlari, bolalar huquqlari, yoshlar va rivojlanish sohalarida 20 yillik rahbarlik tajribasiga ega.

AQSH Demokratik partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod tasdiqlandi
20 avgust 2020, 14:29

AQSH Demokratik partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod tasdiqlandi

AQSH vitse-prezidentligiga Demokratik partiyasidan Kamala Xarris nomzod sifatida tasdiqlandi. Avvalroq Jo Bayden uni vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanlaganini e’lon qilgan edi. Kamala Xarris 2017 yildan Kaliforniya senatori bo‘lib kelmoqda.

Korrupsiya haqida xabar qilganlarga pul mukofoti beriladi
20 avgust 2020, 14:09

Korrupsiya haqida xabar qilganlarga pul mukofoti beriladi

Bosh prokuratura korrupsiya haqida xabar qilganlarga bir martalik pul mukofoti berilishini ko‘zda tutuvchi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Unga ko‘ra, pul mukofoti miqdori pora, yetkazilgan zarar miqdori yoki o‘g‘irlangan mulk qiymatiga bog‘liq holda — bazaviy hisoblashning 3 baravaridan summaning 10−15 foizigacha beriladi.

O‘zbekistonda yil boshidan 92 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etilgan
20 avgust 2020, 12:47

O‘zbekistonda yil boshidan 92 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etilgan

Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda 92 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi. Eng ko‘p o‘lim iyul oyida kuzatildi.

Aleksey Navalniy og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizilgan
20 avgust 2020, 12:23

Aleksey Navalniy og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizilgan

Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi asoschisi Aleksey Navalniy 20 avgust kuni og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizilgan. Xabar berilishicha, u xushsiz holatda va hozirda sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. U Moskvaga uchayotganida samolyotda hushidan ketgan. Uning zaharlangan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

«Avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytirish imkonsiz» — UzAuto Motors
20 avgust 2020, 11:49

«Avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytirish imkonsiz» — UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganligi bois, avtomobillar narxini pasaytirishi kerakligi to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi. Kompaniya ish bir taraflama ko‘rib chiqilganini, qaror uzil-kesil emasligini va keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib chiqib belgilanishini ta’kidladi. «Avtomobillar narxini hozir pasaytirish imkonsiz», — deyiladi bayonotda.

Xorazmda kadastr bo‘limi boshlig‘i tadbirkordan 20 ming dollar pora talab qildi
20 avgust 2020, 11:27

Xorazmda kadastr bo‘limi boshlig‘i tadbirkordan 20 ming dollar pora talab qildi

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushlandi. U 15 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 20 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilganlikda ayblanmoqda.

Chiroqchida YTH natijasida 3 kishi vafot etdi va 1 kishi jarohatlandi
20 avgust 2020, 10:28

Chiroqchida YTH natijasida 3 kishi vafot etdi va 1 kishi jarohatlandi

Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida Neksiya avtomobili haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzish oqibatida qarshisidan kelayotgan «NOWO» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Natijada Neksiya haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan, ulardan biri 1 yashar bola. Moshinaning yana bir yo‘lovchisi tan jarohati olgan.

Kun davomida 594 ta koronavirus holati aniqlandi
20 avgust 2020, 01:24

Kun davomida 594 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 594 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 37,1 mingdan oshdi.

Bekobod tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi
19 avgust 2020, 19:06

Bekobod tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Bekobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari 5000 dollar pora olayotganida ushlandi.

Oltin-valyuta zahiralari $34,7 mlrd ga yetdi
19 avgust 2020, 18:47

Oltin-valyuta zahiralari $34,7 mlrd ga yetdi

Avgust oyiga qadar O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi yil boshidan beri 5,6 mlrd dollarga ko‘payib, 34,7 mlrd dollarga yetdi.

Ronald Kuman «Barselona» futbol klubining yangi bosh murrabbiyi etib tayinlandi
19 avgust 2020, 18:12

Ronald Kuman «Barselona» futbol klubining yangi bosh murrabbiyi etib tayinlandi

Gollandiyalik Ronald Kuman «Barselona» futbol jamosining yangi bosh murrabbiyi etib tayinlandi. Yangi murabbiy bilan shartnoma 2022 yil iyun oyining oxirigacha imzolandi.

«Yandeks.Taksi» xizmati «Yandeks Go» ga aylandi
19 avgust 2020, 18:03

«Yandeks.Taksi» xizmati «Yandeks Go» ga aylandi

«Yandeks» kompaniyasi «Taksi» bazasi asosida bir nechta xizmatlar uchun yangi dasturni ishga tushirdi. O‘zbekistonda «Yandeks Go» hozirda taksi va yetkazib berish xizmatlarini o‘z ichiga olgan. Boshqa mamlakatlarda esa bularga, shuningdek, restoran va do‘konlardan taomlarni tezkor yetkazib berish, jamoat transportlari jadvali va karshering xizmatlarini ham qo‘shish mumkin.

Nokia Germaniyada Mercedes avtomobillari sotilishini taqiqlashi mumkin
19 avgust 2020, 17:51

Nokia Germaniyada Mercedes avtomobillari sotilishini taqiqlashi mumkin

Mercedes avtomobillarini ishlab chiqaruvchi Daimler Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi texnologiyalaridan litsenziyasiz foydalanlanlikda aybdor deb topildi. Endi Nokia Germaniyada kompaniyaning avtomobillarini sotishni taqiqlash huquqiga ega bo‘ladi.

SpaceX Falcon 9 raketasini oltinchi marotaba ishga tushirdi
19 avgust 2020, 17:38

SpaceX Falcon 9 raketasini oltinchi marotaba ishga tushirdi

SpaceX Falcon 9 raketasini oltinchi marotaba uchirib, orbitaga navbatdagi Starlink internet sun’iy yo‘ldoshlarini yubordi. Starlink interneti tezligi, anonim ma’lumotlarga ko‘ra, soniyasiga 11 megabitdan 60 megabitgacha chiqishi mumkin.

Dilshod Ikromov Uzcard rahbari bo‘ldi
19 avgust 2020, 16:24

Dilshod Ikromov Uzcard rahbari bo‘ldi

Ilgari Markaziy bankning Axborot texnologiyalari departamenti direktori bo‘lib ishlagan Dilshod Ikromov Axror Mahmudov o‘rniga Uzcard kompaniyasining rahbari bo‘ldi.

UzAuto Motors avtomobillarining narxi qanchaga arzonlashadi — ro‘yxat
19 avgust 2020, 15:17 3

UzAuto Motors avtomobillarining narxi qanchaga arzonlashadi — ro‘yxat

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors tomonidan 2020 yil mart oyida avtomobillar uchun tasdiqlangan va iste’molchilarga realizatsiya qilingan, asossiz kiritilgan xarajatlarni chegirishni va ushbu mablag‘larni iste’molchilarga qaytarib berishni so‘radi. Yangi shartnomlar ham ushbu chegirmalar asosida tuziladi. Buning oqibatida Spark 3,5 mlngacha, Cobalt 10,5 mlngacha, Gentra 19,8 mlngacha va Damas 15,7 mln so‘mgacha arzonlashishi kutilmoqda.

OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati e’lon qilindi
19 avgust 2020, 14:04

OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari 65 ta joyda bo‘lib o‘tadi. Toshkentda imtihonlar uchun «Paxtakor» stadioni, Milliy bog‘, Talabalar shaharchasi xiyoboni, «Ashxobod» sayilgohi va Botanika bog‘i tanlandi. Bu yil abituriyentlarning ota-onalari uchun kutish joylari tashkil etilmaydi.

Dunyo bo‘ylab 22 mlndan ortiq COVID-19 bemorlari ro‘yxatga olingan
19 avgust 2020, 13:48

Dunyo bo‘ylab 22 mlndan ortiq COVID-19 bemorlari ro‘yxatga olingan

Dunyoda ro‘yxatga olingan koronavirus holatlari soni 22 mln dan oshdi, 780 mingdan ortiq odam vafot etdi. Eng ko‘p kasallanish holatlari AQSH, Braziliya va Hindistonda kuzatilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting