Arxiv

Toshkentga AstraZeneca vaksinasining ilk partiyasi 17 mart kuni olib kelinadi
16 mart 2021, 18:14

Toshkentga AstraZeneca vaksinasining ilk partiyasi 17 mart kuni olib kelinadi

17 mart tunda O‘zbekistonga Hindistondan umumiy miqdori deyarli 2 mln dollarga teng bo‘lgan 660 ming doza Covishield vaksinasi (litsenziya bo‘yicha Hindistonda ishlab chiqarilgan AstraZeneca vaksinasining mahalliy nomi) yetib keladi. Vaksina O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida bepul yetkazib beriladi.

Toshkent shahar hokimligi o‘z tizimida yig‘ilish va majlislar o‘tkazishni vaqtinchalik chekladi
16 mart 2021, 17:30

Toshkent shahar hokimligi o‘z tizimida yig‘ilish va majlislar o‘tkazishni vaqtinchalik chekladi

Toshkent shahar hokimligi va uning tizimidagi barcha boshqarma va tashkilotlar, tuman hokimliklarida yig‘ilish va majlislar tashkil etish hamda o‘tkazish vaqtinchalik taqiqlandi.

1 apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtalishi mumkin
16 mart 2021, 17:18

1 apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtalishi mumkin

Toshkentda ommaviy madaniy tadbirlar va to‘ylarda karantin talablariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi. Agar vaziyat 1 apreldan yomonlashsa, ular vaqtincha taqiqlanishi ham mumkin.

Toshkentda sun’iy nafas olish uskunalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
16 mart 2021, 17:09

Toshkentda sun’iy nafas olish uskunalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

16 mart kuni Rossiyaning Shimco Group va Slovakiyaning Chirana kompaniyalari O‘zbekistonda o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatlarini ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi.

Toshkent shahridagi taksi va qurilishlarda karantin choralari kuchaytiriladi
16 mart 2021, 16:30

Toshkent shahridagi taksi va qurilishlarda karantin choralari kuchaytiriladi

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha poytaxt shtabining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qurilish ob’ektlarida va taksilarda karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda
16 mart 2021, 16:28

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

Dollarning rasmi kursi 7 so‘mga qimmatladi va jami 10 536 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

Niqobsiz yurganlik uchun jarima bekor qilingani yo‘q — Adliya vazirligi
16 mart 2021, 15:55

Niqobsiz yurganlik uchun jarima bekor qilingani yo‘q — Adliya vazirligi

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan niqobli tartib bekor qilinmagan. Karantinli sharoitda niqobsiz bo‘lganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 mln 225 ming so‘m) miqdorda jarima solinadi, deb ogohlantirdi Adliya vazirligi matbuot kotibi.

O‘zbekistonda har 100 nafar aholiga 8 ta yengil avtomobil to‘g‘ri keladi
16 mart 2021, 15:48

O‘zbekistonda har 100 nafar aholiga 8 ta yengil avtomobil to‘g‘ri keladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 2,7 mln ni tashkil etmoqda. 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, har 100 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 8 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.

Markaziy bank Alisher Navoiy xotirasiga bag‘ishlangan oltin esdalik tangalarinini taqdim etdi
16 mart 2021, 15:42

Markaziy bank Alisher Navoiy xotirasiga bag‘ishlangan oltin esdalik tangalarinini taqdim etdi

Markaziy bank Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan 50 ming so‘mlik va 100 ming so‘mlik oltin esdalik tangalari va suvenirlar to‘plamlarini chiqardi.

«Turon» klubi prezidenti jarimaga tortildi, bosh murabbiy esa 2 ta o‘yinga chetlatildi
16 mart 2021, 14:35

«Turon» klubi prezidenti jarimaga tortildi, bosh murabbiy esa 2 ta o‘yinga chetlatildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi. Jumladan, «Turon» bosh jamoasi bosh murabbiyi hamda klub prezidenti jazolandi.

Toshkentlik ayol qarzi evaziga 23 yoshli qizni Turkiyaga sotib yubordi
16 mart 2021, 14:11

Toshkentlik ayol qarzi evaziga 23 yoshli qizni Turkiyaga sotib yubordi

Toshkentlik ayol Navoiy viloyatida tug‘ilgan 23 yoshli qizni avvaliga, poytaxtga ishga olib kelib, keyinchalik Turkiyaga olib ketgani aniqlandi. Navoiy viloyati IIB xodimlari o‘tkazgan surishtiruv natijasida ayol o‘z qarzini to‘lash uchun qizni Turkiyada yashovchi shaxsga sotib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

«Ekologik audit to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi
16 mart 2021, 12:55

«Ekologik audit to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi

Prezident «Ekologik audit to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, atrof-muhitga ta’siri kam bo‘lgan sub’ektlar ixtiyoriy, ta’sir ko‘rsatish xavfi o‘rta yoki ko‘plari esa har yili auditdan o‘tkaziladi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha audit xulosasi tuziladi.

Nursultonda 18 martdan boshlab karantin e’lon qilindi
16 mart 2021, 12:37

Nursultonda 18 martdan boshlab karantin e’lon qilindi

18 martdan boshlab Qozog‘iston poytaxtida karantin e’lon qilindi. Karantin qoidalariga ko‘ra, shaharda ommaviy tadbirlar o‘tkazish va ularda qatnashish taqiqlanadi.

AQSH ekspertlari O‘zbekistondagi suv omborlari xavfsizligini baholaydilar
16 mart 2021, 12:29

AQSH ekspertlari O‘zbekistondagi suv omborlari xavfsizligini baholaydilar

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi Gissarak va To‘polon to‘g‘onlari xavfsizligini baholash uchun AQSHdan harbiy muhandislar korpusining ekspertlar guruhi O‘zbekistonga keldi.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari AstraZeneca vaksinasini qo‘llashni to‘xtatmoqda
16 mart 2021, 10:53

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari AstraZeneca vaksinasini qo‘llashni to‘xtatmoqda

Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniya AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatdi. Bundan tashqari, mazkur vaksinaning qo‘llanilishi Indoneziya, Kongo Demokratik Respublikasi, Tailand, Janubiy Afrika tomonidan ham to‘xtatildi. JSST preparatning xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

«Sotqinlarni yetishtirib chiqarayotganga o‘xshab qolayapti» — Rasul Kusherbayev qoidabuzarlikni suratga olish haqida
16 mart 2021, 09:34

«Sotqinlarni yetishtirib chiqarayotganga o‘xshab qolayapti» — Rasul Kusherbayev qoidabuzarlikni suratga olish haqida

Quyi palata deputati ko‘chalarda odamlarning qoidabuzarliklarni telefonga suratga olishi va buning evaziga rag‘batlantirilishi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. «Ularga 10−15 ming so‘m berayaptimi, ertaga 100 ming so‘m berib, vataningni sot, desa ham sotvorishga tayyorlar ko‘p ekan. Bu juda yomon», — dedi u. Kusherbayev qoidabuzarlarni aniqlashdan oldin infratuzilmani yaxshilab qo‘yishga kerakligini qo‘shimcha qildi.

Samarqandda 500 gramm «opiy» giyohvandlik vositasini 5 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
16 mart 2021, 08:17

Samarqandda 500 gramm «opiy» giyohvandlik vositasini 5 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati IIB xodimlari 500 gramm «opiy» giyohvandlik vositasini 5 ming dollarga sotayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Nishon tumanida 713 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi
16 mart 2021, 07:51 1

Nishon tumanida 713 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi

Nishon tumanida 4ta MCHJ tomonidan 713 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi. Ular 64 nafar fuqaroga jami 80,1 sotix yer maydonida issiqxonalar qurib berishi lozim bo‘lgan. Gumondorlarga nisbatan JKning 167-, 184-, 189-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qashqadaryo viloyatida 11,3 trln so‘mlik 1125 ta loyiha amalga oshiriladi
16 mart 2021, 00:28

Qashqadaryo viloyatida 11,3 trln so‘mlik 1125 ta loyiha amalga oshiriladi

Prezident Qashqadaryo viloyatida shakllantirilgan 11,3 trln so‘mlik 1 125 ta hududiy loyiha bilan tanishdi. Xususan, sanoat sohasida 296 ta, xizmat ko‘rsatishda 449 ta, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida 380 ta korxona tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Natijada 19 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi.

2021-yilda magistral elektr tarmoqlari bo‘yicha $140 mlnlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi
16 mart 2021, 00:11

2021-yilda magistral elektr tarmoqlari bo‘yicha $140 mlnlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi

2021-yilda magistral elektr tarmoqlari bo‘yicha $140 mlnlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi. Shu bilan birga, 15 ming km elektr uzatish tarmoqlari va 4 mingta transformator yangilanadi. Natijada 5 ming 377 ta mahallaning elektr ta’minoti yaxshilanadi. Prezident loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting