Shanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligi 17−22 m / s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +10… +15 darajagacha pasayadi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammiti 31 mart kuni Turkistonda bo‘lib o‘tadi. Unda kengashga a’zo barcha davlatlar rahbarlari, jumladan, O‘zbekiston prezidenti ishtirok etadi.
Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi Los-Anjelesda (AQSH) Xalqaro Osiyo kinofestivali mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Nurmat Otabekov so‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni ortgani xaqidagi ko‘rsatkichlar «vaksinatsiyaga undash ekani» haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi. «Emlashga jalb qilish uchun atayin kasallik bo‘rttirib ko‘rsatilyapti, degan gaplarda mantiq yo‘q», — dedi u. Bundan tashqari, Bahodir Yusupaliyev vaksinatsiya paytida nojo‘ya ta’sirlardan sug‘urtalanish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
Andijon tumanida tibbiyot birlashmasiga qarashli binoda yong‘in chiqdi. 100 kv. m maydon, tom va shift yongan, 20 bemor evakuatsiya qilingan.
JSST AstraZeneca vaksinasini qo‘llashga ruxsat bergani, Bayden muhojirlarni AQSHga noqonuniy kirishga urinmaslikka chaqirgani, Qozog‘istonda aholining 60 foizi «Sputnik V» va mahalliy vaksina bilan emlanishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Nurmat Otabekov 5 mart kuni Zangiotadagi shifoxonaga koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan yetkazilgan va 7 mart kuni vafot etgan bemor to‘g‘risidagi xabarga izoh berar ekan, SVV ushbu o‘lim holati chindan ham koronavirus bilan bog‘liq yoki yo‘q ekanligi natijasini kutayotganini ma’lum qildi. «O‘limlar sonining 622 ta yoki 623 ta bo‘lishi, bu — jiddiy ob-havo yaratmaydi», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev 17 mart kuni diplomatik missiyasini yakunlayotgan Rossiya Federatsiyasi elchisi Vladimir Tyurdenevni qabul qildi. Prezident uni ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashdagi faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirladi.
SES rahbari Bahodir Yusupaliyev fuqarolar biror vaksinani olishga majbur emasligini ma’lum qildi. «Biz fuqarolarimizni biror vaksinani olishga majburlamaymiz. Ular istagan vaksinasi bilan emlanishi mumkin», — deydi u.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov 20 maydan boshlab yig‘in o‘tkazilishini ma’lum qildi. O‘zbekiston Professional ligasi rahbari chempionatning 10 va 11 turlari 20−31 may oralig‘iga belgilangani, lekin taqvim o‘zgarishi haqida O‘zPFL rasmiy ma’lumot olmaganini qayd etdi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva xorijdagi migrant ayollar bilan ishlashni o‘z holiga tashlab qo‘yish kerak emasligini ta’kidladi. Uning fikricha, xorijdagi ayollarni oilasiga qaytarish hamda ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rishi kerak. «Rossiya, Qozog‘iston, Koreyada, bilmayman yana qayerda yuribdi ayollar», — dedi rais. Bundan tashqari, u mamlakatdagi mardikor ayollar haqida: «ular ko‘chada o‘z ishchi kuchini taklif qilib turishi juda xunuk holat», dedi u.
Dollarning rasmi kursi 12 so‘mga arzonladi va jami 10 523 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
Koronavirusga chalinish holatlari soni oshgani munosabati bilan karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzayotgani uchun jarimaga tortilayotganlar soni oshdi. Shu vaqtgacha kunlik 200−300 kishiga chora ko‘rilgan bo‘lsa, 16 mart kuni ular soni 400 nafarga yetdi. Karantin choralari joriy etilgan vaqtdan buyon esa qariyb 900 ming kishiga chora ko‘rildi.
Toshkentda 660 ming dozali AstraZeneca vaksinasini O‘zbekistonga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ommaviy emlash Navro‘zdan keyin boshlanadi. JSST vakili AstraZeneca’ning COVID-19 ni oldini olishdagi afzalligi uni nojo‘ya ta’sirlaridan ko‘proq ekanligini ma’lum qildi.
AQSHning Moderna kompaniyasi 6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda koronavirusga qarshi vaksina sinovlarini boshlagani haqida e’lon qildi. Sinovlarda AQSH va Kanada bo‘ylab 6750 nafar bolalar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari — “Yoshlik” shaharchasi hokimi lavozimiga Ziyodullo Sa’dullayev tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqida bir qator lavozimlarda ishlagan.
Navoiyda fuqaro boshqa bir tadbirkorga tegishli yerni $150 mingga sotishga urindi. U kelishilgan puldan 70 ming dollarini olganida ushlandi. Unga nisbatan JKning firibgarlikka oid moddasi bilan jinoyat ishi ochildi.
Avaz O‘rinboyev Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi. Bundan avval u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasida faoliyat yuritgan.
Toshkentda katta hajmli suv quvurlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan 29 martdan 8 iyungacha bosqichma-bosqich ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ o‘chirilish vaqtlari va joylar ro‘yxatini e’lon qildi.
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori lavozimida ishlagan Shoxruh Shoahmedov Shoraximovich Parkent tumaniga hokim etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting